Materiallari


Konstruktorlik xujjatlarining metrologik ekspertizasini mazmuni


Download 1.61 Mb.
bet72/107
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#222511
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   107
Bog'liq
Xujjatlar ekspertizasi

2. Konstruktorlik xujjatlarining metrologik ekspertizasini mazmuni.

Konstruktorlik xujjatlaridagi ba`zi bir xujjatlarning metrologik ekspertizasining mazmunini ko`rib chiqamiz:



Texnik topshiriqning metrologik ekspertizasi. Ishlab chiqish uchun mo`ljallanayotgan maxsulotning ularga nisbatan aniqlik talablari qo`yiladigan parametrlarini o`lchash imkoniyatini aniqlash, maxsulotni ishlab chiqish bilan bog`liq bo`lgan eksperimental tadqiqotlarni metrologik ta`minlash imkoniyatini aniqlash, shuningdek ishlab chiqishga mo`ljallangan maxsulotni tayyorlash va ekspluatasiya qilishning metrologik ta`minotini oldindan baxolash texnik topshiriqni metrologik ekspertizadan o`tkazishning asosiy maqsadlari bo`lib xisoblanadi.

Metrologik ekspertiza o`tkazishda quyidagi bo`limlarga aloxida e`tibor qaratiladi: texnik talablar, nazorat va qabul qilish tartibi.

Maxsulotning chiqish parametrlarining borligi, ularning yozilish shaklining to`g`riligi tekshiriladi. Aniqlikning berilgan me`yorlarida kotrxonada mavjud bo`lgan o`lchash vositalari bilan parametrlarni nazorat qilish imkoniyati baxolanadi. Yangi maxsus o`lchash vositalari va o`lchashlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqishga bo`lgan extiyojlar, maxsulotni ishlab chiqish va keyinchalik ekspluatasiya qilish bilan bog`liq bo`lgan maxsus metrologik tadqiqotlarni o`tkazish zarurati aniqlanadi.

Xorijiy o`lchash vositalarini sotib olish zarurati aniqlashtiriladi.

Shuningdek metrologik atamalarning, fizikaviy kattaliklar va ularning birliklarining nomlanishi va belgilanishining to`g`riligi baxolanadi. Nazorat qilishning zaruriy vositalari va uslublari bilan mexnat xavfsizligi talablarining bajarilishini ta`minlash imkoniyati tekshiriladi.

Texnik shartlarning metrologik ekspertizasi. Texnik shartlar to`liq va chuqur metrologik ekspertizaga tortilishi lozim bo`lgan xujjatlardan biri xisoblanadi Texnik shartlarning metrologik ekspertizasini o`tkazishda texnik shartlarning quyidagi bo`limlariga aloxida e`tibor qaratiladi.: texnik talablar, qabul qilish qoidalari, nazorat uslublari, ekspluatasiya qilish shart-sharoitlari. .

Maxsulot parametrlari texnik topshiriq talablarigav mos kelishi lozim, ularning soni optimal bo`lishi, yozilish shakli esa to`g`ri bo`lishi lozim. Belgilangan aniqlik me`yorlarining nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligi tekshiriladi. Nazoratni o`tkazish murakkab va qimmatbaxo o`lchash vositalarini qo`llash bilan bog`liq bo`lgan, yuqori malakali operatorlarning xizmat ko`rsatishiga extiyoj tug`ilgan xollarda belgilangan aniqlik me`yorlarining asoslanganligiga aloxida e`tibor qaratiladi.

Nazorat uslublarining ekspertizasida ularning etarliligi va to`g`riligi aniqlanadi. Nazorat operasiyalari tasvirlanishining aniqligi xam tekshiriladi.

Nazoratning tanlangan uslublari tejamkor bo`lishi, ya`ni aniqlikning berilgan me`yorlarida nazorat operasiyalarining mexnattalabligi va tannarxi minimal bo`lishi lozim.

Mumkin qadar standartlashtirilgan, nisbatan arzon va sodda o`lchash vositalari tanlangan bo`lishi lozim, chunki ular qo`llanilganda o`lchashlarning shart-sharoitlariga nisbatan minimal talablar qo`yiladi. .o`lchash jarayonlarining katta xajmida va yuqori mexnattalabligida avtomatlashtirilgan o`lchash vositalaridan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalasini ko`rib chiqish lozim bo`ladi.

Maxsulotni uni ekspluatasiya qilish joyida o`rnatish, montaj qilish va qo`llash bo`yicha talablarning to`g`riligi, mexnat xavfsizligini ta`minlash maqsadida o`lchashlarni tashkil qilish va o`tkazish bo`yicha talablarning to`g`riligi teshiriladi.



Dasturlar va uslubiyotlarning metrologik ekspertizasi. Sinovlvrdan o`tkazish uslubiyotining to`liqligini, shuningdek dasturda ko`zda tutilgan nazorat uslublarini tekshirish dasturlar va uslubiyotlarni ekspertizadan o`tkazishning asosiy maqsadi xisoblanadi. Me`yorlashtirilgan diapazonda maxsulotlarning barcha chiqish parametrlarini tekshirish kiritilgan xollarda dastur etarlicha to`liq deb xisoblanadi. Nazorat uslublari, ularning etarliligi, ishonchliligi va iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiqligi tekshiriladi. Agar ishlab chiqilayotgan maxsulot o`lchash vositasi xisoblansa, u xolda o`lchash vositasini Davlat qabul sinovlvridan o`tkazish uchun tiplashgan dastur bo`lmaganda, tuzilishi va mazmuni bo`yicha tiplashgan dasturlar talablariga mos keladigan sinovlar dasturi tuzilishi lozim. Bunday xollarda dasturning barcha bo`limlari metrologik ekspertizaga tortiladi. Tekshirish uslublarini ifodalashning sifatiga, texnik shartlar bilan priborning ekspluatasion xujjatlarda berilgan xususiyatlari o`rtasida qarama-qarshiliklar bo`lmasligiga aloxida e`tibor qaratish lozim.

Detallarning chizmalarining, yig`ish, montaj qilish va gabarit chizmalarining metrologik ekspertizasi.

Yuqorida ko`rsatilgan xujjatlarning metrologik ekspertizasining asosiy maqsadi – bu nazorat qilish uchun zaruriy bo`lgan o`lchamlarning, yo`l qo`yiladigan eng chekka chetlashishlarning va maxsulotning sifatini tekshirish uchun zarur bo`ladigan boshqa talablarning borligini, ularning nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligini tekshirishdan iborat.

Texnologik va o`lchash bazalarini konstruktiv bazalar bilan maksimal darajada birlashtirishni ta`minlash, ya`ni bazalarning birligi prinsipining (tamoyilining) bajarilishi, shuningdek o`lchash bazalarini tanlashga bog`liq ravishda o`lchamlarni qo`yishning to`g`riligi baxolanadi.

Aniqlik me`yorlarining nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligini tekshirish chizmalarin ekspertizadan o`tkazishning asosiy vazifalaridan biri bo`lib xisoblanadi.

Shakldan chetlashish va yuzalarning joylashishidan chetlashish o`lchamlariga ruxsat beriladigan yo`l qo`yilishlar va yuzalarning g`adir-budurliklariga nisbatan qo`yiladishgan talablarning o`zaro muvofiqligi tekshiriladi. Yuzaning g`adir-budurligi shakldan chetlashish o`lchamlari va yuzalarning joylashishidan chetlashish o`lchamlaridan aloxida me`yorlashtiriladi va nazorat qilinadi. Shu bilan bir paytning o`zida yuzaning g`adir-budurligini makrogeometrik chetlashishga ruxsat beriladigan yo`l qo`yilishlar bilan birgalikda ko`rsatish tavsiya qilinadi, chunki maxsulotni yig`ish va ekspluatasiya qilish jarayonida yuzaning g`adir-budurligi eyilish yoki yuklama ta`siri ostida ezilish oqibatida qo`shimcha makrogeometrik chetlashishlarga olib keladi.

Ekspertizani o`tkazishda shuni xisobga olish lozimki, zarur bo`lgan xollarda yuzaning g`adir-budurligini qat`iyroq bo`lgan talablar bilan cheklashga yo`l qo`yiladi.



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling