Materiallari
Metrologik ekspertizani rejalashtirish
Download 1.61 Mb.
|
Xujjatlar ekspertizasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Texnologik xujjatlarning metrologik ekspertizasi.
Metrologik ekspertizani rejalashtirish.
Ekspertlarning xuquq va majburiyatlari. Adabiyotlar: 1. Yakovlev M.I. «Metrologicheskaya ekspertiza texnicheskoy dokumentasii» 2. Abduvaliev A.A. «o`snovi obespecheniya edinstva izmereniy» Tashkent. Uzstandart 2005. 3.www.standart.uz 4. Krilova A. «Metrologiya, standartizasiya i sertifikasiya» 1998 g., M. «Prosveshenie». 1. Texnologik xujjatlarning metrologik ekspertizasi. Hujjatlarga kiritilgan aniqlik me`yorlarini nazorat qalish imkoniyatini aniqlash, shuningdek xujjatlarga kiritilgan nazorat uslublarining etarliligi, ishonchliligi va iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiqligini tekshirish ekspertizaning asosiy maqsadi bo`lib xisoblanadi. Metrologik ekspertizaga texnologik xujjatlarning quyidagi turlari tortilishi mumkin: marshrut kartasi va operasion karta, eskizlar kartasi, texnologik yo`riqnoma, texnologik jarayon kartasi, texnologik xujjatlar vedomosti.
Hujjatda grafik qism bo`lganda shakldan chetlashish va yuzalarning joylashishidan chetlashish o`lchamlariga ruxsat beriladigan yo`l qo`yilishlar va yuzalarning g`adir-budurliklariga nisbatan qo`yiladishgan talablar o`rtasidagi o`zaro muvofiqlik aniqlanadi. Belgilangan aniqlik me`yorlarining nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligini tekshiriladi. Nazorat uslublarining etarliligi va to`g`riligini tekshirishda detallarni stanokdan ajratib olmasdan turib o`lchashlarni bajarish imkoniyatini, detalni o`lchashdan oldin doimiy xarooratda (temperaturada) saqlash imkoniyatini xisobga olish lozim. Agar nazorat qilishning bilvosita uslublari ko`zda tutilgan bo`lsa, u xolda bu uslubning etarliligi va ishonchliligini tasdiqlaydigan xisob-kitoblarning borligi va to`g`riligi tekshiriladi. Nazoratning tanlangan uslublari unumdorlik bo`yicha texnologik jarayonning unumdorligiga mos kelishi lozim. Nazoratning tasvirlanish aniqligiga va to`liqligiga aloxida e`tibor qaratiladi. Agar teznologik xujjatning xarakteriga ko`ra nazorat qilishning qandaydir bir operasiyasining tasvirlanishini to`liq berish imkoniyati bo`lmasa, u xolda bu operasiyaga texnik nazoratning operasion kartasi yoki texnologik yo`riqnoma tuziladi, bu xujjatlar texnologik xujjatlar vedomostiga albatta kiritilishi lozim. Texnologik xujjatlarni tekshirishda o`lchash shart-sharoitlariga nisbatan qo`yiladigan talablarning borligi va etarliligiga e`tibor qaratiladi. Aksariyat xollarda o`lchash shart-sharoitlariga nisbatan qo`yiladigan talablar uchastka (laboratoriya yoki o`lchashlar bajariladigan boshqa xonalar) nomerini ko`rsatish bilan beriladi. Hujjatlarda uchastkaga nisbatan qo`yiladigan talablar bo`lmaganda, ular bevosita texnologik xujjatlarda berilgan bo`lishi lozim. Barcha yoki bir nechta parametrlar uchun umumiy bo`lgan talablarni umumiy qismga olib chiqishga yo`l qo`yiladi. Qoidaga ko`ra xujjatlarda ayni paytda sanoatda ishlab chiqarilayotgan o`lchash vositalari ko`rsatilishi zarur. Ekspert buni tayyorlovchi zavodlarning kataloglari, tarmoq yoki korxona doirasida amal qiladigan cheklashlar ro`yxatlaridan foydalanish bilan tekshiradi. .o`lchash vositalari qo`llanilishining ishchi shart-sharoitlari o`lchash shart-sharoitlariga mos kelishi lozim. .o`lchashlar unumdorligining texnologik asbob-uskunalar unumdorligiga mos kelishi tekshiriladi. Uslubning unumdorligi etarli bo`lmagan taqdirda tanlanma statistik nazoratni qo`llash, avtomatlashtirilgan yoki yarim avtomatlashtirilgan o`lchash vositalarini qo`llash, texnik xujjatlarda ko`zda tutilgan nazorat uslublaridan foydalanish bilan parallel ravishdagi nazorat qilish operasiyalarini qo`llash imkoniyatlari ko`rib chiqilishi lozim. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling