Materiallari


Ekspertlarning xuquq va majburiyatlari


Download 1.61 Mb.
bet76/107
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#222511
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   107
Bog'liq
Xujjatlar ekspertizasi

3.Ekspertlarning xuquq va majburiyatlari
Metrologik ekspertizani o`tkazish bo`yicha tarmoq va korxona standartlarida, xuddi qoidada ko`rsatilganday, “Ekspertlarning xuquq va majburiyatlari” bo`limi bo`ladi. Bu bo`limlarga kiritilgan talablar, tarmoq va korxonaga taalluqli spesifik (o`ziga xos) talablar bilan bir qatorda, ko`pgina umumiyliklarga xam egadir. Masalan, ekspertning majburiyatlariga, qoidaga ko`ra, aniq va asoslangan tanbexlarni taqdim qilish, ekspertiza natijalarinii o`z vaqtida rasimylashtirish, metrologik ekspertizani takomillashtirish bo`yicha takliflar kiritish, xujjatlarni ishlab chiqish uchun ularni metrologik ishlab chiqish masalalari bo`yicha konsul`tasiyalar o`tkazish, kelgusida taxlil o`tkazish, xatolar klassifikatorini tuzish va xatolar kelib chiqishining oldini olish bo`yicha ishlab chiquvchilarga tavsiyalarni ishlab chiqish uchun tanbexlar va takliflarni xisobga olib borishni yuritish, tekshiriladigan xujjatlar va ularni tekshirish natijalarini qayd qilish va qat`iy xisobga olishni yuritish, metrologik ekspertizadan o`tgan xujjatlarga vizalar qo`yish, metrologik ekspertiza natijalarini amalga oshirshga xamkorlik qilish kiradi.

Ekspert quyidagi xuquqlarga ega:

-metrologik ekspertiza o`tkazish paytida aniqlangan xatolarni tuzatish va to`g`irlashlarni albatta tegishli xujjatlarga kiritishni ishlab chiquvchidan talab qilish;



  • zarur bo`lgan muvofiqlashtiruvchi imzolar bo`lmagan, xujjatlar to`liq jamlanmagan yoki ishlab chiquvchi yo`llanma berayotgan xujjatlar bo`lmagan, shuningdek xujjatlar pala-partish rasmiylashtirilgan xollarda ularni ko`rib chiqmasdan turib ishlab chiquvchiga qaytarish:

  • tanbexlar soni katta bo`lganda kamchiliklarning to`liq xajmini aniqlamasdan turib xujjatlarni qayta ishlashga yuborish;

- ishlab chiquvchidan asosiy texnik echimlar bo`yicha qo`shimcha xujjatlar va tushuntirishlarni talab qilish.

Ekspert ishlab chiquvchilar bilan bir qatorda texnik xujjatlarda metrologik ta`minot bo`yicha amaldagi standartlar va boshqa me`yoriy-texnik xujjatlarning talablariga rioya qilinishi uchun mas`uldir. Ekspert ishlab chiquvchilardan ESKD va ESTD xamda korxonada amalda bo`lgan boshqa me`yoriy-texnik xujjatlarda ko`zda tutilmagan maxsus tuzilgan xujjatlarni talab qilishga xaqli emas.

Korxonada ekspluatasiyada bo`lgan standartlashtirilmagan o`lchash vositalari attestasiyadan o`tkazilgan va o`z vaqtida qiyoslangan bo`lishi lozim.

Konstruksiya maxsulotni ishlab chiqarish, ekspluatasiya qilish va ta`mirlash jarayonida zaruriy parametrlarni nazorat qilish imkonini berish-bermasligini baxolash ekspertizaning navbatdagi vazifasi bo`lib xisoblanadi. Bu chizmalarni metrologik ekspertizadan o`tkazishning asosiy vazifasidir. Bu vazifani xal qilishda ekspert faqatgina nazoratga yaroqsiz bo`lgan o`lchamlarni (etib borish qiyin bo`lgan ichki diametrlar, ariqchalar, bo`rtiklar) aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, ularni o`lchash standartlashtirilmagan o`lchash vositalarini qo`llashni talab qiladigan o`lchamlarni xam aniqlashi zarur.

Fizikaviy kattaliklar va ularning birliklarining nomlanishi va belgilanishining to`g`riligini aniqlash va mexnat xavfsizligini ta`minlash mvaqsadida o`lchashlar o`tkazish bo`yicha ko`rsatmalarning to`g`riligini tekshirish xam ekspertning vazifalari qatoriga kiradi.



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling