Materiallari


Texnik topshiriqni metrologik nazoratdan


Download 1.61 Mb.
bet34/107
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#222511
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107
Bog'liq
Xujjatlar ekspertizasi

2. Texnik topshiriqni metrologik nazoratdan

o`tkazishni tashkil qilish

Texnik topshiriqning metrologik nazoratida:

  1. nazoratga taqdim qilingan xujjatlar jamlanmasining to`liqligi tekshiriladi;

  1. texnik topshiriqda nazoratdan o`tkazishda ko`rib chiqiladigan ma`lumotlarni o`z ichiga olgan bo`limlarning: nomlanishi va qo`llanilish soxasi, ishlab chiqish manbalari, texnik talablar, ish davrlari va bosqichlari, shuningdek maxsulotning ilovalar ko`rinishidagi xarakteristikalari, mazkur texnik topshiriq bo`yicha maxsulotni ishlab chiqish munosabati bilan ishlab chiqilishi lozim bo`lgan o`lchash, nazorat qilish va sinovdan o`tkazish vositalari ro`yxatining borligi tekshiriladi;

  2. texnik talablar ifodalanishining to`liqligi va aniqligi baxolanadi, maxsulotning texnik topshiriqda ko`rsatilgan xar bir parametri uchun texnik talablar ifodalanishining muayyanligi (konkretligi) – ulardan kelib chiqqan xolda o`lchashlarning aniqligiga nisbatan qo`yiladigan talablarni asoslab berish mumkin bo`lgan boshqa talablarning borligi tekshiriladi;

4. maxsulot parametrlarini talab qilinadigan aniqlikda amalda bo`lgan yoki yangidan ishlab chiqilgan o`lchash vositalari bilan o`lchashning prinsipial imkoniyatlari baxolanadi;

  1. ishlab chiqilayotgan maxsulotni ekspluatasiya qilish sharoitlariga nisbatan qo`yiladigan talablarning bo`lishi va to`liqligi tekshiriladi;

  2. metrologik atamalarning, fizikaviy kattaliklar va ularning birliklarining nomlanishi va belgilanishining to`g`riligi tekshiriladi;

  3. maxsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, sinovdan o`tkazish va ekspluatasiya qilishning metrologik ta`minoti bo`yicha talablarning etarliligi baxolanadi.

Quyidagilar metrologik ta`minot bo`yicha texnik topshiriqlarga kiritilishi zarur bo`lgan tipik talablar xisoblanadi:

■ ishlab chiqarish, sinovdan o`tkazish va ekspluatasiya qilishda o`lchashga tortiladigan parametrlar nomenklaturasining asoslanganligi;



  • nazorat qilinadigan parametrlarni o`lchash aniqligi me`yorlarining asoslanganligi;

  • ekspluatasiya qilish jarayonida maxsulotning texnik xolatini nazorat qilish tizimini yaratish variantlarini taxlil qilish va tanlash;

  • maxsulotlarni nazorat qilish uchun zarur bo`ladigan, kiritiladigan yoki tashqi maxsus o`lchash vositalarini ishlab chiqish ;

  • maxsus o`lchash vositalarini tekshiruvdvn o`tkazish uslubiyotini, zarur bo`lgan xollarda esa ularni tekshiruvdan o`tkazish vositalarini ishlab chiqish;

  • maxsulot parametrlarini o`lchashlarni o`tkazish uslubiyotlarini ishlab chiqish va attestasiyadan o`tkazish.



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling