4. Konstruktorlik xujjatlarining metrologik nazorati
Konstruktorlik xujjatlarining metrologik nazorati nazorat qilinadigan parametrlarni tanlashning to`g`riligini, xujjatlarga kiritilgan aniqlik me`yorlari va nazorat uslublarining asoslanganligini tekshirishdan iborat.
Aniqlik me`yorlarining metrologik nazoratida quyidagilar tekshiriladi:
■ yuzalarning shakl va joylashishdan chetlashishining o`lchamlariga va yuzalarning g`adir-budurliklariga ruxsat beriladigan yo`l qo`yilishlarning o`zaro muvofiqligi;
belgilangan aniqlik me`yorlarining etarliligi, ya`ni maxsulot yoki detalning chiqish parametrlarini belgilovchi barcha elementlar uchun aniqlik me`yorlarining borligi;
aniqlik me`yorlarining maxsulotni tayyorlovchida mavjud bo`lgan o`lchash vositalariga mos keluvchi nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligi.
Detallar chizmalarining metrologik nazoratida quyidagilar tekshiriladi:
texnologik va metrologik bazalarning konstruktorlik bazasidan chetlashishining ruxsat beriladigan yo`l qo`yilishlarining o`zaro muvofiqligi;
belgilangan aniqlik me`yorlarining etarliligi;
aniqlik me`yorlarining nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligi.
Yig`ish chizmasining metrologik nazoratida maxsulotning nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligi tekshiriladi.
Montaj chizmasining metrologik nazoratida quyidagilar tekshiriladi:
belgilangan aniqlik me`yorlarining etarliligi;
maxsulotning, buyumning montaj qilishda nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |