Materiallari
Texnologik xujjatlarning turlari va ularning nazorati
Download 1.61 Mb.
|
Xujjatlar ekspertizasi
2. Texnologik xujjatlarning turlari va ularning nazorati
Quyidagi texnologik xujjatlar metrologik nazoratga tortiladi: eskizlarning kartalari, marshrut kartasi, operasion karta, texnologik jarayon kartasi, tiplashgan texnologik jarayon kartasi, tiplashgan operasiya kartasi; texnologik yo`riqnoma; jixozlar vedomosti; texnologik xujjatlarning spesifikasiyasi. Loyixa va ishchi xujjatlarini nazorat qilish ularga kiritilgan aniqlik me`yorlari va nazorat uslublarini tekshirishdan iborat bo`ladi. Aniqlik me`yorlarining metrologik nazoratida quyidagilar tekshirilishi lozim: yuzalarning shakl va joylashishdan chetlashishining o`lchamlariga va yuzalarning g`adir-budurliklariga ruxsat beriladigan yo`l qo`yilishlarning o`zaro muvofiqligi; ularning nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligi (detalni stanokdan ajratib olish yoki ajratib olmasdan tekshirish sharoitlarini xisobga olish lozim bo`ladi). Nazorat uslublarining metrologik nazoratida ularning to`g`riligi va etarliligi, bu uslublar unumdorligining texnologik jarayon unumdorligiga mos kelishi tekshiriladi. Bunda birinchi navbatda o`lchash vositalarining ularning aniqligi bo`yicha to`g`riligi, shuningdek maxsulotda o`lchash bazalarining mavjudligi va nazorat qilinuvchi yuzalarga erkin etib borish mumkinligi tekshiriladi. Nazorat jarayonida shuningdek tanlangan nazorat uslubining tejamkorligi aniqlanadi. .o`lchash vositalari to`g`ri tanlanganligini nazorat qilishda nazoratning mos keluvchi tashkiliy-texnik formalari (xammasi yoki tanlanma, qo`lda yoki mexanizasiyalashgan), ishlab chiqarish ko`lamlari (yagona, seriyali), o`lchash detallarining konstruktiv xarakteristikalari (gabarit o`lchamlar, og`irlik), detallarning tayyorlanish aniqligi xisobga olinadi. Zaruriy aniqlikni ta`minlaydigan o`lchash vositalari va o`lchash shart-sharoitlarini tanlash tayyorlangan detal o`lchamlari va boshqa parametrlarining chizma talablariga muvofiqligini aniqlashda juda muximdir. .o`lchash vositasini tanlash uchun standart bo`yicha yo`l quyiladigan xatolik va ko`rib chiqilayotgan o`lchash vositasi o`lchashlarining yo`l qo`yiladigan eng chekka xatoligi (u ruxsat beriladigan yo`l qo`yilishdan oshiq bo`lmasligi lozim) taqqoslanadi.
- marshrut kartasida – aniqlik me`yorlarining nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligi, ularning to`g`riligi va etarliligi, tanlangan nazorat uslubi ifodalanishining to`liqligi va tejamkorligi, atamalarning, fizikaviy kattaliklarning nomlanishi va ularning belgilanishining to`g`riligi; eskizlar kartasida (detallarni tayyorlashning texnologik jarayonini yoki jarayonni bajarish uchun zarur bo`ladigan eskizlarni, sxemalarni va jadvallarni o`z ichiga oladigan) -o`lchamlar, maxsulotga yo`l qo`yiladigan eng chekka chetlashishlar, yo`l qo`yilishlarning o`zaro muvofiqligi; jixozlar vedomostlarida (mazkur texnologik jarayonni bajarish uchun zarur bo`ladigan texnologik jixozlar ro`yxatini o`z ichiga oladigan) – o`lchash vositalarini belgilashlarning to`g`riligi, ular mos keluvchi me`yoriy-texnik xujjatlarda aniq ko`rsatilgan bo`lishi lozim; texnologik xujjatlarning spesifikasiyasida (texnologik xujjatlarning tarkibini belgilovchi) – eksperimental jarayonlarga texnologik yo`riqnomalarning borligi, tasvirlanishning to`liqligi, ular marshrut kartalaridan boshqa texnologik xujjatlarda nazorat uslublari tasvirlanishining to`liqligiga mos kelmasligi mumkin; - texnologik jarayonning, tiplpshgan texnologik jarayonning kartalarida (operasiyalar va o`tishlarni ko`rsatish bilan texnologik ketma-ketlikda detallar guruxining tayyorlanishining tiplashgan texnologik jarayonining tasvirlanishini va texnologik jixozlar vositalari to`g`risidagi ma`lumotlarni o`z ichiga oladigan) – yo`l qo`yilishlarning o`zaro bog`lanishi va aniqlik me`yorlarining nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligi, tasvirlanishning to`g`riligi, etarliligi, to`liqligi va aniqligi, tanlangan nazorat uslubining tejamkorligi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling