Materiallari


Download 1.61 Mb.
bet57/107
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#222511
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   107
Bog'liq
Xujjatlar ekspertizasi

Texnologik tadbirlar:

  • ishlab chiqarishni tayyorlash va o`zlashtirish muddatlarini qisqartirish;

  • yuqori unumdorlikka ega bo`lgan zamonaviy jarayonlardan foydalanish;

  • materiallar sarfini qisqartirish;

  • nazoratning rasional uslublarini qo`llash;

- yig`ish birliklari va maxsulotni tayyorlash aniqligini, ularni yig`ish va tayyorlash, sinovlardan o`tkazish va nazorat qilishni rasional tashkil qilishni ta`minlash;

- maxsus jixozlar nomenklaturasini qisqartirish.



Ekspluatasion tadbirlar:

  • maxsulotning ishonchliligi va uzoq muddat ishlashini ta`minlash;

  • xizmat ko`rsatish va ta`mirlashning soddaligini ta`minlash;

  • extiyot qismlar sarfini qisqartirish;

Texnologik nazorat umumiy ko`rinishda uchta bo`lim: shakl, o`lchamlar va yo`l qo`yilishlar bo`yicha o`tkaziladi. Tabiiyki, bo`limlarning xar biri bir qator parametrlar bilan bog`langan bo`ladi. Masalan, detal shakli, xuddi qoidada ko`rsatilganday, uni tayyorlashning afzal bo`lgan texnologiyasini belgilaydi. Bunda uni tayyorlash usulidan qat`iy nazar detal shaklining sodda bo`lishiga intilish lozim. .o`lchamlarni qo`yishda barcha xollarda shunday qoidaga tayanish lozimki, unga ko`ra chizmalardagi o`lchamlar konstruktor va texnologni to`liq qanoatlantiradigan konstruktorlik va texnologik bazalardan qo`yiladi, detal, yig`ish birligi va maxsulotni yig`ishga va ularning ishlashiga nisbatan qo`yiladigan talablar berilganda mumkin bo`lgan maksimal yo`l qo`yilishlar ko`rsatiladi.

Aniqlikning oshirilishi yanada aniqroq ishlaydigan asbob-uskunalarni, murakkab, qiimmatbaxo jixozlarni va yuqori malakali xodimlarni talab qilishi sababli ishlab chiqarish tannarxini qimmatlashtiradi. Bundan tashqari detallarning tayyorlanish aniqligiga asoslanmagan yo`l qo`yilishlarning belgilanishi yig`ish paytida moslashtirish ishlarini bajarish zaruratini keltirib chiqaradi, vaxolanki, moslashtirish ishlari minimumga keltirilishi, katta seriyali va ommaviy ishlab chiqarish jarayonlarida esa butunlay istisno qilinishi lozim.




Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling