2. Metrologik ekspertizani tashkil qilish va o`tkazish tartibi
Metrologik ekspertizani o`tkazishda o`lchanadigan parametrlar nomenklaturasini obdon taxlil qilish, ular o`rtasidagi mumkin bo`lgan korrelyasion bog`lanishlarni aniqlash, shuningdek ularni o`lchamasa xam bo`ladigan parametrlarni aniqlash zarur.
Barcha tekshiriladigan xujjatlarda o`lchanadigan parametrlarni yozishning to`g`ri shakli belgilanadi. Har bir me`yorlashtiriladigan parametr yoki yo`l qo`yiladigan chetlashishlar bilan minimal qiymatda, yoki eng chekka qiymatlarda, yoki maksimal, yoki minimal qiymatlarda berilgan bo`lishi mumkin. Bularning ichida birinchisi ko`proq afzal xisoblanadi.
.o`lchash vositalariga va o`lchashlarni bajarish uslubiyotlariga nisbatan qo`yiladigan talablarning to`g`riligi va to`liqligi xam metrologik ekspertizaning muximlikda boshqalaridan qolishmaydigan masalalaridan xisoblanadi, bu talablarni o`lchashlar xatoliklarini xisobga olgan xolda o`rnatish lozim.
Tanlangan o`lchash vositalarining standartlashtirilganligini, bir xillashtirilganligini va avtomatlashtirilganligini, ular nazorat-o`lchash operasiyalarining zaruriy unumdorligini ta`minlay olish-olmasligini tekshirish metrologik ekspertiza tomonidan yuqorida ko`rsatilgan vazifani xal qilishning muxim jixatlaridan biri xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |