Materiallari


Metrologik ekspertizani rejalashtirish


Download 1.61 Mb.
bet74/107
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#222511
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   107
Bog'liq
Xujjatlar ekspertizasi

Metrologik ekspertizani rejalashtirish.

  • Ekspertlarning xuquq va majburiyatlari.


    Adabiyotlar:

    1. Yakovlev M.I. «Metrologicheskaya ekspertiza texnicheskoy dokumentasii»

    2. Abduvaliev A.A. «o`snovi obespecheniya edinstva izmereniy» Tashkent. Uzstandart 2005.

    3.www.standart.uz 4. Krilova A. «Metrologiya, standartizasiya i sertifikasiya» 1998 g., M. «Prosveshenie».


    1. Texnologik xujjatlarning metrologik ekspertizasi.

    Hujjatlarga kiritilgan aniqlik me`yorlarini nazorat qalish imkoniyatini aniqlash, shuningdek xujjatlarga kiritilgan nazorat uslublarining etarliligi, ishonchliligi va iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiqligini tekshirish ekspertizaning asosiy maqsadi bo`lib xisoblanadi.

    Metrologik ekspertizaga texnologik xujjatlarning quyidagi turlari tortilishi mumkin: marshrut kartasi va operasion karta, eskizlar kartasi, texnologik yo`riqnoma, texnologik jarayon kartasi, texnologik xujjatlar vedomosti.

    Yuqorida sanab o`tilgan barcha xujjatlarda atamalarning, shuningdek fizikaviy kattaliklar va ularning birliklarining nomlanishi va belgilanishining to`g`riligi tekshiriladi.

    Hujjatda grafik qism bo`lganda shakldan chetlashish va yuzalarning joylashishidan chetlashish o`lchamlariga ruxsat beriladigan yo`l qo`yilishlar va yuzalarning g`adir-budurliklariga nisbatan qo`yiladishgan talablar o`rtasidagi o`zaro muvofiqlik aniqlanadi. Belgilangan aniqlik me`yorlarining nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligini tekshiriladi.

    Nazorat uslublarining etarliligi va to`g`riligini tekshirishda detallarni stanokdan ajratib olmasdan turib o`lchashlarni bajarish imkoniyatini, detalni o`lchashdan oldin doimiy xarooratda (temperaturada) saqlash imkoniyatini xisobga olish lozim.

    Agar nazorat qilishning bilvosita uslublari ko`zda tutilgan bo`lsa, u xolda bu uslubning etarliligi va ishonchliligini tasdiqlaydigan xisob-kitoblarning borligi va to`g`riligi tekshiriladi.

    Nazoratning tanlangan uslublari unumdorlik bo`yicha texnologik jarayonning unumdorligiga mos kelishi lozim.

    Nazoratning tasvirlanish aniqligiga va to`liqligiga aloxida e`tibor qaratiladi. Agar teznologik xujjatning xarakteriga ko`ra nazorat qilishning qandaydir bir operasiyasining tasvirlanishini to`liq berish imkoniyati bo`lmasa, u xolda bu operasiyaga texnik nazoratning operasion kartasi yoki texnologik yo`riqnoma tuziladi, bu xujjatlar texnologik xujjatlar vedomostiga albatta kiritilishi lozim.

    Texnologik xujjatlarni tekshirishda o`lchash shart-sharoitlariga nisbatan qo`yiladigan talablarning borligi va etarliligiga e`tibor qaratiladi. Aksariyat xollarda o`lchash shart-sharoitlariga nisbatan qo`yiladigan talablar uchastka (laboratoriya yoki o`lchashlar bajariladigan boshqa xonalar) nomerini ko`rsatish bilan beriladi. Hujjatlarda uchastkaga nisbatan qo`yiladigan talablar bo`lmaganda, ular bevosita texnologik xujjatlarda berilgan bo`lishi lozim. Barcha yoki bir nechta parametrlar uchun umumiy bo`lgan talablarni umumiy qismga olib chiqishga yo`l qo`yiladi. Qoidaga ko`ra xujjatlarda ayni paytda sanoatda ishlab chiqarilayotgan o`lchash vositalari ko`rsatilishi zarur. Ekspert buni tayyorlovchi zavodlarning kataloglari, tarmoq yoki korxona doirasida amal qiladigan cheklashlar ro`yxatlaridan foydalanish bilan tekshiradi. .o`lchash vositalari qo`llanilishining ishchi shart-sharoitlari o`lchash shart-sharoitlariga mos kelishi lozim.

    .o`lchashlar unumdorligining texnologik asbob-uskunalar unumdorligiga mos kelishi tekshiriladi. Uslubning unumdorligi etarli bo`lmagan taqdirda tanlanma statistik nazoratni qo`llash, avtomatlashtirilgan yoki yarim avtomatlashtirilgan o`lchash vositalarini qo`llash, texnik xujjatlarda ko`zda tutilgan nazorat uslublaridan foydalanish bilan parallel ravishdagi nazorat qilish operasiyalarini qo`llash imkoniyatlari ko`rib chiqilishi lozim.




    Download 1.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   107




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling