Materiallari
Metrologik ekspertizani rejalashtirish
Download 1.61 Mb.
|
Xujjatlar ekspertizasi
2. Metrologik ekspertizani rejalashtirish.
Korxonada metrologik ekspertizani o`tkazish rejalashtirilishi lozim. Rejani tuzishning quyidagi tartibi taklif qilinishi mumkin: texnik xujjatlarni ishlab chiqish bo`linmasi metrologiya xizmatiga metrologik ekspertizani o`tkazish bo`yicha o`zining takliflarini kiritadi, metrologiya xizmati bu takliflarni umumlashtiradi, metrologik ekspertizani o`tkazish rejasining loyixasini tuzadi, uni bo`linmalar bilan muvofiqlashtiradi va raxbariyatga tasdiqlatadi. So`ngra reja ularni korxonada xujjatlarni metrologik ekspertizadan o`tkazishda ishtiroq etish to`g`risidagi taklif bilan birgalikda metrologiya xizmatining bazaviy yoki bosh tashkilotiga yuboriladi. Bazaviy yoki bosh tashkilot korxonalarda xujjatlarni metrologik ekspertizadan o`tkazishda ishtirok etish bo`yicha o`zining rejasini tuzadi. Metrologik ekspertizani o`tkazish reja-grafigi bir yillik yoki choraklik qilib tuziladi. Unga yangidan ishlab chiqilgan xujjatlar xam, amalda bo`lgan, biroq xali metrologik ekspertizadan o`tkazilmagan xujjatlar xam kiritiladi. Yil davomida reja-grafikka belgilangan tartibda o`zgartirishlar kiritilishi mumkin. Hujjatlarni o`z vaqtida metrologik ekspnrtizaga taqdim qilish bo`yicha javobgarlik xujjatlarni taqdim qilishi lozim bo`lgan bo`linma raxbarining zimmasida bo`ladi. Konstruktorlik va texnologik xujjatlar metrologik nazoratga me`yoriy nazoratdan oldin keladigan muvofiqlashtirishlar va barcha tekshirishlardan o`tgan asl nusxalarda, jamlangan xolda taqdim qilinadi. Ba`zi bir korxonalarda kiritilgan tanbexlvar va takliflarni xisobga olishni osonlashtirish maqsadida yangidan ishlab chiqilgan xujjatlarning metrologik ekspertizasi ikki bosqichda o`tkaziladi: tanbexlar va takliflar ro`yxatini tuzish bilan birlamchi xujjatlarni tekshirish va xujjatlarga viza qo`yish bilan asl nusxalarni tekshirish. Ekspert (metrologik ekspertizani o`tkazish uchun mas`ul bo`lgan shaxs) tomonidan xujjatlarni tekshirish paytida qalam bilan qo`yilgan belgilar yangidan ishllab chiqilgan xujjatlar uchun xujjatlarga viza qo`yilgunga qadar yoki amaldagi xujjatlar uchun o`zgartirishlar to`g`risidagi xabarnomalar rasmiylashtirilgunga qadar saqlanadi. Metrologik ekspertizadan kamchiliklarsiz o`tgan xujjatlar, shuningdek metrologik ekspertiza natijalari bo`yicha tuzatilgan xujjatlarga viza qo`yiladi: viza asosiy konstruktorlik xujjatining birincha betiga, xujjatlarni tikish uchun mo`ljallangan xoshiyaga, texnologik xujjatning esa titul varag`iga, xujjatlar jamlanmasining asosiy imzolar grafasiga qo`yiladi. Standartda yoki korxonaning boshqa me`yoriy-texnik xujjatlarida metrologik ekspertizaga tortiladigan texnik xujjatlar me`yoriy nazoratga faqatgina uni ishlab chiqqan shaxsning vizasi bo`lgan taqdirda taqdim qilinishini ko`zda tutish lozim bo`ladi. Boshqa korxonalardan kelgan xujjatlarni metrologik ekspertizadan o`tkazish natijalari bo`yicha, shuningdek metrologik ekspertiza ekspertlar komissiyasi tomonidan o`tkazilgan bo`lsa, texnik xujjatlardagi o`zgarishlarni rasmiylashtirish talab qilingan yoki metrologik ta`minotning samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish talab qilingan xollarda ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling