Materiallari


Download 1.61 Mb.
bet81/107
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#222511
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   107
Bog'liq
Xujjatlar ekspertizasi

Texnik taklif - bu loyihani kelgusida ishlab chiqish maqsadga muvofiqligini texnik va texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab beruvchi loyiha hujjatlarining to‘plamidir.

Texnik taklif belgilangan tartibda kelishilib, tasdiqlangandan keyin xomaki (texnik) loyihani ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.

Xomaki loyiha - buyumning tuzilishi va ishlash printsipi haqida umumiy tasavvurlarni beruvchi printsipial qurilmaviy yechimlar shuningdek, ishlab chiqilayotgan buyumning belgilanishi, asosiy parametrlari va gabarit o‘lchamlarini beruvchi loyiha hujjatlari to‘plamidir. Xomaki loyihani ishlab chiqishni yangi buyumning printsipial tavsiflari aniqlanadi, uning texnik, texnologik, ekspluatasion parametrlari va nisbatan samarali yechimlar tanlab olinadi.

Xomaki loyiha har doim keyinchalik ulardan birini tanlab olish uchun bir necha variantda tuziladi. Xomaki loyiha belgilangan tartibda kelishilib, tasdiqlangandan keyin texnik loyiha yoki ishchi loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Texnik loyiha - ishlab chiqilayotgan buyumning tuzilishi haqida toTiq tasavvur beruvchi va ishchi hujjatlarini ishlab chiqish uchun boshlang‘ich ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan loyiha hujjatlari to‘plamidir.

Texnik loyiha materiallar va yarim fabrikatlarni tanlashni amalga oshirish, mahsulot tayyorlashning asosiy prinsiplarini aniqlash va loyihani iqtisodiy jihatdan asoslab berish imkoniyatini beradi. Texnik loyiha belgilangan tartibda kelishilib, tasdiqlangandan keyin ishchi loyihaviy hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos boiib xizmat qiladi. Ilgari ishlab chiqilgan loyihaviy hujjatlar yangi loyihalami ishlab chiqishda yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni modemizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqishda qoTlaniladi, bu esa loyihalash muddatlarini qisqartirishga olib keladi.

Ishlab chiqarishning loyihaviy tayyorgarligida texnik hujjatlar (chizmalar, yo‘riqnomalar va hokazo) va texnik shartlarni ishlab chiqish yakuniy bosqich hisoblanadi.

Texnik shartlar (TSh) mahsulot (buyum, material, modda va hokazo) texnik hujjatlari jamlanmasining ajralmas qismidir. Texnik shartlar mahsulotni ishlab chiqish, nazorat, qabul qilish va yetkazib berish bo‘yicha barcha talablarni o‘z ichiga olishi lozim. Bu talablarni loyihaviy yoki boshqa texnik hujjatlarda ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Berilgan mahsulotga loyihaviy yoki boshqa texnik hujjatlar boimagan taqdirda texnik shartlar mahsulotga nisbatan uni ishlab chiqarish, nazorat, qabul qilish va yetkazib berish bo‘yicha to‘liq talablar majmuini o‘z ichiga olish lozim. Texnik shartlar bitta buyum, material, moddaga shuningdek, bir nechta muayyan buyumlar, materiallar, moddalarga (guruhiy texnik shartlar) ishlab chiqiladi. Texnik shartlar tarkibi va boiimlar mazmuni mahsulotning o‘ziga xosligiga mos ravishda aniqlanadi.

Sinovlar va tajriba partiyasi me’yoriga yetkazilgandan so‘ng tugallangan ko‘rinishda ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligiga beriladigan ishchi loyiha aniqlashtirib olinadi. Loyihalashning barcha bosqichlarida buyumning barcha texnik _ va iqtisodiy tavsiflari aniqlashtiriladi, muayyanlashtiriladi va nihoyasiga yetkaziladi,

mahsulotni takomillashtirishning dastlabki tanlangan yoiidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi aniqlab olinadi va uni ishlab chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

Buyum loyihaviy tayyorgarligining yuqorida ko‘rib chiqilgan va belgilangan tartibi faqatgina to‘liq hajmda ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishlar, murakkab profilli mahsulotlar (avtomobillar, traktorlar, stanoklar va hokazo) uchun xosdir. Kichik seriali va bittalik ishlab chiqarish uchun, buyumning texnik murakkabligidan qat’iy nazar, ulardan har biri bo‘yicha bosqichlar soni va ish hajmi kamayadi.

Metallurgiya va kimyo sanoati tarmoqlarida, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, shuningdek, qazib chiqaruvchi tarmoqlarda mahsulotni loyihalash asosan amaliy tadqiqotlar, izlanishlar va ishlab chiqarishlar, shuningdek, ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi yordamida bajariladi. Ishlab chiqarishning loyihaviy tayyorgarligi uchun o‘tkazish, rasmiylashtirish va loyiha hujjatlari bilan ishlash bo‘yicha o‘zaro bogiangan yagona qoidalar va nizomlami o‘matuvchi, mos ravishda loyiha hujjatlarining yagona tizimi (LHYaT) nomini olgan sanoat, ilmiy- tadqiqot, loyiha-konstruktorlik tashilotlari va korxonalari tomonidan ishlab chiqiluvchi va qoilaniluvchi Davlat standartlari majmuiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.

Loyiha hujjatlarining yagona tizimini qo‘llash ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshliligini kafolatlaydigan, loyihalash vaqtini qisqartiruvchi, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi turli xil korxonalarda bu jarayonning zarur bo‘lgan bir xilligini ta’minlaydigan, ishlab chiqarishning ilmiy- texnik tayyorgarligini yuqori darajada ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlami yaratish imkonini beradi.

4. Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi

Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi mahsulotni loyihalashtirish ishlarining davomi hisoblanadi. Bu bosqichda qaysi tnxnik usullar va vositalar, ishlab chiqarishni tashkil qilish uslublari yordamida berilgan mahsulotni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozimligi belgilab olinadi, uning tannarhi va ishlab chiqarish samaradorligi uzil-kesil aniqlanadi. Bunday texnologiya har bir yangi turdagi mahsulot uchun ham, texnik darajani oshirish va ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish, ish sharoitlari va atrof-muhit muhofazasini yaxshilash maqsadida ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi texnologik jarayonlami loyihalashtirishni o‘z ichiga oladi va bu jarayon aynan quyidagilardan iborat bo‘ladi:

Asbob-uskunalami tanlash va sex maydoni bo‘ylab joylashtirish;

Maxsus texnologik jihozlami aniqlash va loyihalashtirish;

Mehnat, materiallar, yoqilg‘i va energiya sarfini me’yorlashtirish.




Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling