Materiallari
Download 1.61 Mb.
|
Xujjatlar ekspertizasi
zTexnologik jarayon deganda boshlang‘ich materiallar, xomashyo va yarim fabrikatlaming holatlari, xususiyatlari, shakli va oichamlarini o‘zgartirish yo‘li bilan mahsulot tayyorlash usullarining jamlanmasi tushuniladi. Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi jarayonida ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalash va avtomatlashtirish usullari ishlab chiqiladi, shuningdek ishlab chiqarishni tashkilelementlarga ishlov berish usullarini belgilash (bajarilishi lozim bo‘lgan texnologik operatsiyalar).
Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi, shuningdek, yangi (modemizasiyalashtirilgan) mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan maxsus texnologik asbob-uskunalar, texnologik jihozlar loyihalarini ishlab chiqish, tayyorlash va o‘matishni ham ko‘zda tutadi. Bu juda mehnat talab va qimmat turadigan ishdir, chunki bir qator yangi modellami o‘zlashtirishda (masalan, avtomobillar va boshqa mashinalar) bir necha minglab qoliplar, moslamalar, modellar, o‘nlab avtomatik liniyalar tayyorlanadi. Shu sababli, texnologik murakkab profilli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik seriali va ommaviy ishlab chiqarishlarda yangi mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish korxonani rekonstruktsiya qilish va texnik qayta jihozlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi bo‘yicha ishlami amalga oshirish paytida shuni ham hisobga olish lozim-ki, yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish, mahsulot va ishlab chiqarish jarayonlami modemizatsiya qilish moddiy va tashkiliy jihatdan tayyorgarlikni talab qiladi. Ishlab chiqarishning moddiy tayyorgarligi yangi asbob-uskunalar sotib olish, o‘matish va ishga tushurish, zarur jihozlar va moslamalami sotib olish yoki tayyorlash, xomashyo va materiallar sotib olish, ya’ni ishlab chiqarishni barcha material-texnik manbalar bilan ta’minlashni ko‘zda tutadi. Ishlab chiqarishning tashkiliy tayyorgarligi ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish, ulami yangi mahsulot ishlab chiqarishga, yangi texnika va texnologiyalarga moslashtirishni o‘z ichiga oladi. Bunga, shuningdek, ishlab chiqarishning yangi xarakteriga muvofiq ravishda kadrlami tanlash va joy-joyiga qo‘yish, boshqaruv apparati tuzulishiga, mehnatning vazifaviy va shajaraviy taqsimlanishiga tuzatishlar kiritish ham kiradi. 6. Texnologik tayyorgarlikni tashkil qilish Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligini bosh texnolog bo‘limi amalga oshiradi. Bunda hal qilinishi lozim boigan bosh masalalar quyidagi vazifalar bo‘yicha guruxlashtiriladi: Buyum tuzulishining texnologikligini ta’minlash; Texnologik jarayonlami ishlab chiqish; Texnologik jihozlash vositalarini loyihalash va tayyorlash; Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi jarayonini tashkil qilish va boshqarish. Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligida jo‘nash nuqtasi bolib chiqish hujjatlarini ishlab chiqishga olish va yangi mahsulot ishlab chiqarishni boshlab hisoblanadi. Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligini tashkil qilish bo‘yicha hujjatlarini ishlab chiqish 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ularning mazmuni 1- jadvalda keltirilgan. Umuman olganda butun ishlab chiqarish jarayoni quyidagilami nazarda tutadi: Korxonada amalda bo‘lgan ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarlik tizimini tadqiq qilish va tahlil qilish; Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi tizimining texnik loyihasini ishlab chiqish. Bu texnik loyihada tizimning baholanishi va yahlit tizim hamda lining elementlari qanoatlantirilishi lozim boigan talablar shakllanadi; Masalalami hal qilishning informasion modellarini ishlab chiqish, standartlashtirish va turkumlash asosidagi texnologik jarayonlar majmui, standartlashtirilgan va turkumlangan texnologik jarayonlar asosida asosiy va yordamchi ishlab chiqarishda ish o‘rinlarini va uchastkalami tashkil qilish bo‘yicha hujjatlami o‘z ichiga olgan ishchi loyihani yaratish. Texnologik tayyorgarlikni tashkil qilish bo‘yicha hujjatlar 1.1-jadval
Buyum tizimining texnologikligini ta’minlash bo‘yicha qoidalaming ishlab chiqilishi ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi bo‘yicha ishlaming natijasi hisoblanadi. Nazorat savollari Ishlab chiqarishning loyihaviy va texnologik tayyorgarligining mazmuni nimada, ularning maqsad va vazifalari qanday? Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi qanday hajmdagi ishlami o‘z ichiga oladi? Ishlab chiqarishning loyihaviy va texnologik tayyorgarligiga qanday talab va me’yorlar qo‘yiladi? Loyihalash va texnologik hujjatlaming yagona tizimi, ishlab chiqarishning texnik tayyorgarligi qanday masalalami hal qiladi? Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling