Materiallari


Buyumlar konstruktsiyasining texnologik ko‘rinishlari. Buyumlar konstruksiyasining


Download 1.61 Mb.
bet83/107
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#222511
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   107
Bog'liq
Xujjatlar ekspertizasi

Buyumlar konstruktsiyasining texnologik ko‘rinishlari. Buyumlar konstruksiyasining

texnologik baholashning ko‘rsatkichlari va uslublari

Reja:


Buyum konstruktsiyasining texnologikligi.

Buyum konstruktsiyasi texnologik turlari.

1. Buyum konstruktsiyasining texnologikligi

Buyum konstruksiyasining texnologikligini ta’minlash tushunchasi mehnat unumdorligini oshirish, eng maqbul mehnat va materiallar sarfiga erishish, buyumni ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga ketadigan vaqtni qisqartirishga yo‘naltirilgan loyihaviy va texnologik masalalami o‘zaro bog‘langan holda hal qilishni ko‘zda tutuvchi ishlab chiqarish tayyorgarlikni qamrab oladi.

Konstruktsiyasining texnologikligini darajali haqidagi ma’lumotlar loyihalashtirish hujjatlarni ishlab chiqish bosqichda konstruktiv yechimlarni maqbullashtirish jarayonida, buyumni ishlab chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish paytida, ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarliklarini taxlil qilishda, buyum konstruktsiyasining texnologik darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda va uni ishlab chiqarish hamda foydalanish samaradorligini oshirishda foydalaniladi.

Buyum konstruktsiyasining texnologikligini ta’minlash bu qurilmani ishlatish bilan birgalikda uning miqdoriy bahosini o‘z ichiga oladi. Bu ko‘rsatkich bazaviy (boshlang‘ich) ta’limotlar yordamida hisoblanadi. Buyum konstruktsiyasining texnologikligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar qatoriga buyumni tayyorlashning sermehnatligi, uning solishtirish material sarflanish hajmi, texnologik tannarhi, mehnattalabligi, texnik xizmat ko‘rsatish narhi va davomiyligi, qurilmani birxillashtirish darajasini kiritish mumkin.

Buyum konstruktsiyasining texnologikligini baholash paytida ko‘rstkichlarning eng kam, yetarli boimagan sonidan foydalanish lozim. Buyum konstruktsiyasi texnologikligini miqdoriy bahosining aniqligi, shuningdek, ko‘rsatkichlar ro‘yxati va ularni aniqlash uslublari mahsulot turi va uning qurilmasining ishlatish darajasi hamda ishlab chiqarish tipiga qarab o‘rnatiladi.

Buyum qurilmasini ishlatish paytida shuni nazarda tutish lozim-ki, bunda mahsulot turi uning yangiligi va murakkablik darajasi, tayyorlanish shart-sharoitlari, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash shartlari, istiqbolliligi va ishlab chiqarish hajmi muhim rol o‘ynaydi.

Mahsulot (buyum) konstruksiyasi texnologiklikka sinovdan o‘tkazish quyidagi asosiy masalalarining yechimini ta’minlash lozim:

Mehnattalablik va buyumni tayyorlash tannarhinining pasayishi;

Buyumga texnik xizmat ko‘rsatishning mehnattalabligi va bahosining pasayishi;

Buyum umumiy material sarfi muhim tarkibiy qismlari sarfming kamayishi - buyumni ishlab chiqaruvchi korxonadan tashqarida tayyorlash, yig‘ish va ta’mirlashda metall, yoqilg‘i-energetika manbalari sarfi.

Mehnattalablikni, buyumni tayyorlash va yig‘ish tannarhini pasaytirish bo‘yicha ishlar standartlashtirish va birxillashtirish vositasida buyum ishlab chiqarish seriasining oshirilishi, foydalaniladigan materiallar va konstruktsiya elementlarining tarkibiy qismlari nomenklaturasini cheklash, yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan va chiqindini kam chiqaruvchi texnologik yechimlarni qo‘llash, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishning maqbul darajasini ta’minlaydigan texnologik jihozlash standart vositalaridan foydalanish bilan birga olib boriladi. Texnik xizmat ko‘rsatish mehnattalabligi narhi va davomiyligini pasaytirish buyumni foydalanishga tayyorlash, shuningdek, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va tashish shart-sharoitlari yengillashtirish va soddalashtirish yo‘li bilan harajatlarni kamaytirish imkonini beruvchi konstruktiv yechimlardan foydalanishni nazarda tutadi.

0‘z navbatida material sarfini kamaytirish bo‘yicha ishlar majmui quyidagilami o‘z ichiga oladi:

Maqbul sort va markadagi materiallar, maqbul yarim fabrikat mahsulotlar olish usullari, detallarni mustahkamlashning maqbul uslub va rejimlarini qo‘llash;

Buyumning imkoniyatlarini oshirish, chiqindini kam chiqaruvchi va chiqindisiz texnologik jarayonlardan foydalanishga imkon beruvchi ilg‘or konstruktiv yechimlarni ishlab chiqish va qoilash;

Buyumning materiallar sarfini qisqartirishni ta’minlovchi maqbul konstruksiyasini ishlab chiqish.

2. Buyum konstruktsiyasi texnologikligi turlari

Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi bo‘yicha ishlami bajarish paytida buyum konstruktsiyasi texnologikligining 2 turi farqlanadi - ishlab chiqarish texnologikligi va foydalanish texnologikligi.

Konstruktsiyaning ishlab chiqarish texnologikligi, ishlab chiqarishning loyihaviy va texnologik tayyorgarligiga sarflanadigan mablag‘ va vaqtning qisqarishida, shuningdek, ishlab chiqarish siklining uzunligida namoyon bo‘ladi.

Buyum konstruktsiyasining foydalanish texnologikligi buyumga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga sarf bo‘ladigan mablag4 va vaqtning qisqarishida namoyon boiadi.

Konstruktsiya texnologikligining bahosi 2 turda bo‘lishi mumkin: sifat va miqdoriy.



Sifat bo‘yicha baholash konstruktsiyasining texnologikligini umumlashgan holda bajaruvchining tajribasiga asoslanib tavsiflaydi. Konstruktsiya variantlarini sifat bo‘yicha solishtirma baholashga eng yaxshi konstruktiv yechimni tanlash amalga oshirilganda solishtirilayotgan variantlar texnologikligi farqlari darajasini aniqlash talab qilinmasa, loyihalashtirishning barcha bosqichlarida yoi qo‘yiladi.

Buyumni loyihalashtirish jarayonida konstruktsiya variantlarini solishtirishda sifat bo‘yicha baholash miqdoriy baholashdan oldin keladi va uning maqsadga muvofiqligini aniqlaydi.




Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling