Materiallari


Oziq-ovqat mahsulotlariga hamda texnologik instruksiyalarga texnik shartlarni ishlab chiqish


Download 1.61 Mb.
bet92/107
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#222511
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   107
Bog'liq
Xujjatlar ekspertizasi

Oziq-ovqat mahsulotlariga hamda texnologik instruksiyalarga texnik shartlarni ishlab chiqish

Reja:


  • Texnik shartlaming tuzulishiga qo‘yiladigan talablar.

  • Oziq-ovqat mahsulotlarining nomlanishiga qo‘yiladigan talablar.

  • Oziq-ovqat mahsulotlarining belgilanishiga qo‘yiladigan talablar.

  • Texnik ko‘rsatmalarni tuzish qoidalari.

1.Texnik shartlaming tuzulishiga qo‘yiladigan talablar

Texnik shartlar quyidagituzulish elementlarini o‘z ichiga oladi:

Titul varag‘i;

Asosiy qism;

Majburiy, tavsiya qilinadigan va ma’lumot ilovalari (zarur bo‘lganda); 0‘lchashlami qayd qilish varag‘i.

Titul varag‘ida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi Mahsulot nomi;

Hujjat nomi;

Hujjatning belgilanishi;

Hujjatning yangiligi haqidagi yoki amaldagi boshqa hujjatning u bilan almashtirilganligi to‘g‘risida ma’lumot;

Mahsulotni tavsiflovchi kodlar;

Texnik shartlaming asl nusxasini saqlovchining nomi;

Tasdiqlovchi va muvofiqlashtiruvchi imzolar;

Texnik shartlar asl nusxasini saqlovchining manzili haqidagi ma’lumotlar;

Texnik shartlarni ishlab chiquvchi haqidagi ma’lumotlar (asl nusxani ushlab turuvchining qaroriga ko‘ra);

Hujjat tasdiqlagan yil;

Texnik shartlaming asosiy qismi quyidagi bo‘limlardan tarkib topadi:

“qoilash sohasi”;

“sifat va xavfsizlikka qo‘yiladigan talablar”;

“markirovka”;

“qadoqlash”;

“qabul qilish qoidalari”;

“nazorat usullari”.

“tashish va saqlash qoidalari”.

Zarur bo‘lgan hollarda texnik shartlarga “qo‘llash qoidalari” boiimi kiritilishi mumkin. Bu bo‘lim “tashish va saqlash qoidalari” boiimidan keyin joylashtiriladi. Ushbu bo‘limni kiritish zaruratini texnik shartlarini ishlab chiqaruvchi aniqlaydi.

Texnik shartlar majburiy, tavsiyaviy va ma’lumot ilovalari bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Tavsiyaviy va ma’lumot ilovalari majburiy ilovalardan keyin joylashtiriladi. Uovalar talablarga muvofiq bajariladi. Texnik shartlarda bitta sahifaning o‘zida 2 (yoki undan ortiq ) ketma-ket joylashgan ilovalarning, agar ularni bitta sohada to‘lig‘ida ifodalash mumkin boisa, joylashtirilishiga yo‘l qo‘yiladi. Agar texnik shartlarda sarlavha bitta so‘zdan iborat bo‘lsa, uni yozma harflarda bosiladi.


  • Oziq-ovqat mahsulotlarining nomlanishiga qo‘yiladigan talablar

Texnik shartlarda foydalaniladigan oziq-ovqat mahsulotlarining nomi aniq va bir qiymatda uni tavsiflash lozim. Bunda nom qisqa bo‘lishi, lekin iste’molchilarga belgilanishi, tarkibi (xomashyo), holati, tayyorlanish usuli va (yoki) boshqa omillar umumiyligi bilan tavsiflangan oziq-ovqat guruhlarining qaysi biriga tegishli ekanligini adashmasdan “tanib olish ” imkoniyatini berishi zarur. Misol: muzlatilgan “Oktyabrskiy” chuchvaralari .

Oziq-ovqat mahsulotlari nomlanishi shakllantirishida tur darajasida, u bo‘lmagan taqdirda esa guruh yoki turkum darajasida OK 005 dagi OKP klassifikasion guruhlashtirishga muvofiq nomlanishini hisobga olish lozim. Agar muayyan oziq- ovqat mahsulotiga davlat standard qo‘llanilsa, unda oziq-ovqat mahsulotlarining texnik shartdagi nomlanishi shu standart nomlanishining sarlavhasini hisobga olish bilan shakllanadi. Oziq-ovqat mahsulotini nomlashda davlat standartlarida belgilab qo‘yilgan standartlashtirilgan atamalardan foydalanish talab qilinadi.

Mahsulotning texnik shartlar titul varaqchada keltirilgan nomlanishda birinchi so‘z uning asosiy alomatini tavsiflovchi ot bo‘lishi, keyingi so‘zlar esa oziv-ovqat mahsulotlarining qo‘shimcha alomatlarini tavsiflaydigan sifatdosh (aniqlovchi) bo‘lishi lozim.


  • Oziq-ovqat mahsulotlarining belgilanishiga qo‘yiladigan talablar

Texnik shartlarda oziq-ovqat mahsulotlariga belgilarni texnik shartlaming asl nusxasini ushlab turuvchi texnik shartlar muvofiqlashtirilishidan oldin beradi, bunda ular quyidagi ma’lumotlardan shakllantiriladi:

“texnik shartlar” indeksidan;

Undan bo‘lib olingan OKP (Umumdavlat mahsulot klassifikatori) bo‘yicha mahsulot kodining birinchi 4 belgisi muammolaridan;

Ulardan bo‘lib olingan 3 razryadli qayd qilish nomeridan;

Ulardan bo‘lib olingan OK 007 bo‘yicha korxona va tashkilotlaming klassifikatori (OKP) bo‘yicha texnik shartlar asl nusxasini ushlab turuvchining kodidan;

Undan bo‘lib olingan texnik shartlar tasdiqlangan yilning oxirgi 2 sifridan.

Masalan: ushlab turuvchisi Sharqiy Sibir davlat texnika universiteti boigan oblepixa yog‘iga texnik shart quyidagicha belgilanadi: TU 9141-13-02059473-2004. Bunda 13-Sharqiy Sibir davlat texnika universitetiga berilgan texnik shartini qayd qilish nomeri; 02069473 - Sharqiy Sibir davlat texnika universitetining korxona va tashkilotlar klassifikatori bo‘yicha kodi;

04 - texnik shart tasdiqlangan yilning oxirgi 2 ta raqami (2004).



  • Texnik ko‘rsatmalarni tuzish qoidalari

Texnik ko‘rsatmalar quyidagi ketma-ketlikda tuzilishi lozim:

- Assortiment (yoki turlar);

Xomashyo,materiallar va yarim fabrikatlar tavsifi;

Reseptura (mavjud boiganda) yoki xomashyo,materiallar va idishlar sarfi me’yorlari;

Tayyorlanadigan mahsulot tavsifi;

Texnologik jarayon;

Qadoqlash, markirovka;

Ishlab chiqarishni nazorat qilish;

Ishlab chiqarishning xavfsizligi talablari.

Texnik ko‘rsatmalarga quyidagilar ilova qilinishi lozim:

Texnalogik jarayonning grafik -sxemasi;

Texnik (texnologik) jurnal;

Texnalogik jarayonni bajarish uchun zarur boigan, har tomonlama avtomatlashtirish talablariga javob beradigan, tavsiya qilinayotgan asbob-uskunalar va jihozlar ro‘yxati;

Metrologik ta’minot kartasi.

“Assortiment (yoki turlar) “ boiimi ushbu texnologik ko‘rsatma bo‘yicha ishlab chiqariladigan mahsulot turlari ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.

“Reseptura (yoki xomashyo,materiallar va idishlar sarfi me’yorlari)” bo‘limi mahsulotning berilgan turi uchun ishlab chiqarish sarfi me’yorlarini yoki avval tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga yoilanmalardan tarkib topgan bo‘lishi lozim.

“Xomashyo, materiallar va yarim fabrikatlar tavsifi” bo‘limi berilgan mahsulot turini ishlab chiqarishda qoilaniladigan xomashyo, materiallar va yarim fabrikatlar ro‘yxatidan tarkib topadi. Bunda standart va texnik shartlar albatta ko‘rsatib o‘tiladi, zarur boigan xollarda qoilaniladigan xomashyoga tavsif beriladi.

“Xomashyo, materiallar va yarim fabrikatlar tavsifi” boiimi xususiyatlarini bevosita tavsiflovchi mahsulot shakli, oichamlari hamda ular bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarilayotgan standart va texnik shartlarga yoilanmalardan tarkib topadi.

“Texnik jarayon” boiimi ishlab chiqarish texnalogik jarayonlarni ketma-ketlikda tasvirlash buning uchun zarur boigan asbob-uskunalar, jihozlar, parametrlar va texnologik rejimlar (temperatura, namlik, bosim, jarayonining davomiyligi)dan tarkib topgan boiishi lozim.

“Qadoqlash va markirovka” va “saqlash va tashish” boiimlari porsiya massasidan yoi qo‘yiladigan chetlanishlar, qadoqlash materiali va idishning turi. Standart yoki texnik shartlar, saqlanish muddatlari, saqlash sharoitlariga nisbatan talablar, tashish sharoitlariga nisbatan talablar, tashish sharoitlariga nisbatan talablar ko‘rsatilgan markirovkani kiritish o‘rni keltirilgan holda mahsulotni joylash bo‘yicha ko‘rsatmalardan tarkib topgan boiishi lozim.

“Ishlab chiqarishni nazorat qilish boiimi” xomashyo va tayyor mahsulot sifatini nazorat qilish uslublari (texnik-kimyoviy, mikrobiologik va boshqalar) va texnologik jarayon parametrlaridan tarkib topgan boiishi lozim.

Namunalar olishning muayyan punktlari, nazorat qilinishi lozim boigan bosqichlar, parametrlar va koi'satkichlar, sifat ko‘rsatkichlarining me’yoriy qiymatlari, ularni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar, ko‘rsatkichlar, parametrlarni oichash vositalari va ularning metrologik tavsiflari, texnik va laboratoriya nazorati

uchun o‘lchashlarni bajarishning standartlashtirilgan uslublari metrologik ta’minot kartalarida ifodalangan bo‘lishi lozim.

“Ishlab chiqarish xavfsizligi shart-sharoitlari” boiimida ishlab chiqarish alohida sharoitlar bilan bog‘liq boigan (konsentrlashtirilgan kislotalar, ammiak va boshqalar) hollarda asbob-uskunalarga xavfsiz xizmat ko‘rsatish, texnologik jarayonni olib borish, ishlovchilaming jamoaviy va individual himoya vositalari ko‘rsatib o‘tiladi yoki texnika xavfsizligi bo‘yicha mos ravishda tarmoq standartlari va ko‘rsatmalarga qo‘llanmalar beriladi.

Nazorat savollari


  • Texnik shartlar qanday tuzilish elementlarini o‘z ichiga oladi?

  • Texnik shartlaming asosiy qismi qanday boiimlardan tarkib topadi?

  • Texnik shartlar nomlanishiga qanday talablar qo‘yiladi?

  • Texnik shartlar belgilanishiga qanday talablar qo‘yiladi?

  • Texnik ko‘rsatmalar qanday ketma-ketlikda tuziladi?



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling