Materiallarni chiqim qilish paytida qanday baholash usullari qoʻllaniladi va ularni tavsiflang? №4 «Tovar-moddiy zaxiralar»


Download 192.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana21.06.2023
Hajmi192.8 Kb.
#1644491
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2 5226659626509938865



121-savol
Materiallarni chiqim qilish paytida qanday baholash usullari 
qoʻllaniladi va ularni tavsiflang? 

№4 «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMSning 7-bandiga


 
muvofiq, zaxiralar hisobdan chiqarilish paytida quyidagi 3ta usuldan biri 
bo‘yicha baholanadi (yangi tahriri, O‘zR MV 52-sonli buyrug‘i bilan 
15.06.2006-y. tasdiqlangan, O‘zR AV 1595 raqam bilan 17.07.2006-y.
ro‘yxatga olingan) 
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda tovar-moddiy zaxiralarni
baholashning quyidagi usullari ham qo‘llaniladi: keying partiya kirimga – 
birinchisi chiqimga (NIFO), bazisli va boshqa. Korxona tomonidan maxsus
tartibda foydalaniladigan (qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va h.k.)
va bir-birining o‘rnini bosmaydigan (ya’ni ular oddiy tarzda bir-birini o‘rnini 
bosmaydi) hamda maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va mo‘ljallangan
(foydalaniladigan) tovar-moddiy zaxiralar tegishli birligining identi-
fikatsiyalangan tannarxi bo‘yicha baholanadi. 
Ushbu usulda maxsus xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning 
alohida turlariga olib boriladi. Ushbu usul maxsus loyihalarga mo‘ljalgan
buyumlar uchun, ular sotib olingan yoki ishlab chiqarilganidan 
qat’i nazar, mos keladi. 
AVECO usuli bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar har birligining 
qiymati shunga o‘xshash zaxiraning davr boshida o‘rtacha o‘lchangan 
qiymatidan va davr davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan 
o‘xshash zaxira birligining qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tovar-moddiy zaxiralar birligining qiymatini AVECO usuli 
bo‘yicha aniqlash shunga o‘xshash zaxiralar umumiy tannarxini ularning 
umumiy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda umumiy 
tannarx mos ravishda davr boshiga bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar 
tannarxi va miqdori va davr davomida olingan zaxiralarni tannarxi bilan 
miqdoridan tashkil topadi. O‘rtacha miqdor korxona tomonidan 
tanlangan usulga qarab, vaqti-vaqti bilan yoki zaxiralarning har bir yangi 

Download 192.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling