Materiallarni o’rtacha tortilgan (Aveco) va fifo usulidagi hisobi Ish haqidan ushlanmalarning turlari va ularni hisobi. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari


Download 18.44 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi18.44 Kb.
#1747595

28-variant



  1. Materiallarni o’rtacha tortilgan (Aveco) va fifo usulidagi hisobi

  2. Ish haqidan ushlanmalarning turlari va ularni hisobi.

  3. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari

  4. Kassirning qo‘liga tegadigan ish haqi miqdori 800 000 so‘mni tashkil etadi. Kassir kassadan 4 000 000 so‘m o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi. Kassir bilan to‘liq moddiy javobgarlik shartnomasi tuzilgan. Ko‘rilgan zararni kassirning ish haqidan ushlab qolish yo‘li bilan undirishga qaror qilindi. Kassir necha oyda qarzidan uziladi. Muomalalarni provodkalarda aks ettiring.

1.Materiallarni o’rtacha tortilgan (Aveco) va fifo usulidagi hisobi
O’rtacha tortilgan qiymat (AVECO) usulining mohiyati shundaki, bunda tovar-moddiy zahiralari har bir birligining qiymati hisobot davri boshida bir turli tovar-moddiy zahiralari birliklar va hisobot davri davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan bir turli birliklarning o’rtacha tortilgan qiymati bo’yicha aniqlanadi. Тovar-moddiy zahiralari birliklarining o’rtacha tortilgan qiymati (t) quyidagicha aniqlanadi:


T
t = ---;
Q

T -Тovar-moddiy zahiralari umumiy qiymati;

Q -Тovar moddiy zahiralarining birliklari soni.
Ushbu formula yordamida hisoblangan ТMZ birligining o’rtacha qiymati ular tannarxini hisoblash uchun qo’llanadi, ya’ni sotilgan birliklar miqdoriga ushbu qiymatni ko’paytirib sotilgan birliklar tannarxini aniqlansa, sotilmay qolgan (ombordagi) birliklarga ko’paytirib esa qoldiq birliklar tannarxi aniqlanadi.
Yuqorida keltirilgan misol va formuladan foydalananib tovarlarning o’rtacha tortilgan qiymatini hisoblaymiz:

6710
t = ------ = 13,42 so’m,

500
Demak, o’rtacha tortilgan qiymat usuliga muvofiq 1 may holatiga ТMZ qiymati 1342 so’m (100 dona x 13,42 so’m) ni tashkil qilgan. Shu davrda sotilgan tovarlar tannarxi esa 5368 so’m (400 dona x 13,42 so’m) ni tashkil qilgan.
Birinchi xarid narxlari bo’yicha baholash (FIFO - birinchi kirim, birinchi chiqim) usulining mohiyatiga ko’ra, birinchi navbatda sotib olingan tovarlarning tannarxi birinchi navbatda sotib yuborilgan tovarlarga olib borilishi kerak degan fikrga asoslanadi. Demak, bu usulda sotilgan tovarlar (chiqarilgan mah-sulotlar) tannarxini dastavval birinchi sotib olingan tovarlar tannarxi hi-sobiga, keyin esa navbatdagi sotib olingan tovarlar hisobiga shakillanib boradi va xokozo. Bunda sotilmay qolgan tovarlar qiymatini oxirgi harid narxlari tash-kil qiladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib FIFO yordamida qoldiq va sotilgan tovarlarning tannarxini aniqlaymiz. Sotilgan (400 dona) tovarlar qiymati 5310 so’mni tashkil qiladi, ya’ni:
Qoldiq tovarlar qiymati 50 dona x 10 so’m = 500 so’m
Birinchi xarid 120 dona x 12 so’m = 1440 so’m
Ikkinchi xarid 150 dona x 15 so’m = 2250 so’m
Uchinchi xariddan 80 dona x 14 so’m = 1120 so’m
_________________________________________________________
Jami: 400 dona 5310 so’m

Demak, mavjud ТMZlardan 400 donasi sotilgan bo’lsa sotilmay qolganlari 100 dona bo’lib, ularning qiymati oxirgi harid narxlari bo’yicha hisoblanadi va uning hajmi 1400 so’m (100 dona x 14 so’m)ni tashkil qiladi.


FIFO
FIFO qisqartmasi "Birinchi kirish, birinchi chiqish" degan ma'noni anglatadi, ya'ni inventarizatsiyaga birinchi bo'lib qo'shilgan narsalar, eng qadimgi, sotish uchun inventarizatsiyadan olib tashlangan birinchi narsalar. Bu shuni anglatadiki, eng qadimiy jismoniy buyum birinchi bo'lib kuzatilishi va sotilishi kerak. Dastlab sotib olingan inventarizatsiya bilan bog'liq xarajatlar birinchi bo'lib sotish uchun joylashtiriladigan xarajatlardir. Shu tarzda, FIFO usuli bilan balansda ko'rsatilgan zaxira qiymati eng yaqinda sotib olingan ob'ektlarning zaxira narxini aks ettiradi. IFO so'nggi xaridlarning narxini ifodalaganligi sababli, u odatda zaxiralarni almashtirish xarajatlarini aniqroq aks ettiradi. Inflyatsiya va deflyatsiya Agar xarajatlar ko'payib borayotgan bo'lsa, inventarizatsiyaga kiritilgan birinchi buyumlar eng arzon bo'lgan birinchi sotilganda, sotilgan mahsulot tannarxi kamayadi, shuning uchun ko'proq foyda haqida hisobot beriladi va shuning uchun daromad solig'ining yuqori miqdorini to'laydi qisqa muddat. Agar xarajatlar kamayib borayotgan bo'lsa, inventarizatsiyaga birinchi bo'lib kirgan va eng qimmat bo'lgan buyumlarni sotish orqali sotilgan mahsulot tannarxi oshadi, shuning uchun foyda kamroq hisobot qilinadi va shuning uchun daromad solig'ining kam miqdori to'lanadi. qisqa muddatda. Inventarizatsiya qatlamlari FIFO usulida kuzatiladigan inventarizatsiyaning qatlamlari umuman kamroq, chunki eski qatlamlar doimiy ravishda tugaydi. Bu tarixiy yozuvlarning saqlanishini kamaytiradi. Inventarizatsiya qatlamlari kam bo'lganligi sababli va bu qatlamlar yangi narxlarni ko'proq aks ettiradi, tovar-moddiy zaxiralarning qadimgi qatlamlariga kirish natijasida yuzaga keladigan noodatiy qulashlar yoki tovar narxining ko'tarilishi kamdan-kam uchraydi.
Download 18.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling