Materialshunoslik indd


-rasm. Nanotexnologiyani tushuntiruvchi rasm


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171
Bog'liq
Materialshunoslik

13.1-rasm. Nanotexnologiyani tushuntiruvchi rasm.
Doimiy harakatdagi nanodunyo rivojida yuz bergan quyidagi ik-
kita voqea muhim ahamiyatga ega bo‘ldi: 
1. Skanerlovchi tunnelli mikroskopning yaratilishi(G. Bennig, 
G. Rohrer,1982­y.) va skanerlovchi kuchli–atom mikroskop 
(G. Bennig, K. Kuatt, K. Gerber,1986­y. Nobel mukofoti, 1992­y.).
2. Uglerodning tabiatdagi yangi formasining kashf etilishi-
fullerenlar (H. Kroto, J. Health, S. O‘Brien, R. Curl, R. Smalley, 
1985­y., Nobel mukofoti, 1996­y.).
Yangi mikroskoplar nanometrik o‘lchamda monokrisstallar yu-
zasi atom-molekular tuzilishini o‘rganish imkoniyatini yaratdi. 
Qurilma nanometrning yuzdan bir qismini ko‘rsatadi. Skanerlovchi 
tunel mikroskopi ishlashi, vakuum to‘siqlari orqali elektronlar tunel-
lashuviga asoslangan. Atom o‘lchami kattaligida to‘siq kengligi 


265
o‘zgarganda tunel toki miqdori 3 barobarga o‘zgaradi, bu esa uning 
yuqori aniqligini ta’minlaydi.Tunellovchi kvant nazariyasi 1928­yil-
da G.A.Gamov tomonidan alfa­parchalanish ishida asos solingan.
Hozirga vaqtda biologik obyektlar, organik molekulalar, baland 
haroratda ishlaydigan yuqori o‘tkazuvchilar, yarimo‘tkazgichlar, 
metallar monokristallari yuzasi atom strukturalari skanerlovchi mik-
roskoplar yordamida o‘rganilmoqda.
Yangi mikroskoplar nafaqat moddalarning atom­molekular tuz-
ilishini o‘rganishda foydali bo‘lmoqda. Ular yordamida nanostruk-
turalar hosil qilinmoqda. Mikroskop aniq o‘tkir harakatlari natijasida 
atom strukturalari yaratilmoqda.
Fulleren–oldindan ma’lum bo‘lgan olmos va grafit singari 
uglerodning bu shakli 1985­yilda astofiziklar tomonidan yulduzlararo 
chang spektrini tushuntirish vaqtida aniqlangan.Uglerod atomi yuqori 
simmetrik C
60
molekulasini hosil qilishi mumkin. Bunday molekula 
60 uglerod atomlaridan tuzilgan bo‘lib ular o‘zaro 1 nm diametrga 
teng sharda joylashgan va futbol koptogiga o‘xshaydi. L. Eyler teo-
remasiga ko‘ra uglerod atomlari 12 ta to‘g‘ri beshburchak va 20 ta 
noto‘g‘ri oltiburchaklar paydo qiladi. Uglerod molekulasi olti va besh 
burchakli uy qurgan arxitektor R.Filler sharafiga qo‘yilgan. Dastlab 
fulleren kam miqdorda, 1990-yildan esa katta masshtabda ishlab 
chiqarish texnologiyasi yaratildi.
Fulleretlar. C
60
molekulari o‘z navbatida yoqlari markazlashgan 
kub panjaraga ega va yetarlicha kuchsiz molekulalararo bog‘lanishga 
ega fullerit kristallarini hosil qilishi mumkin. Bu kristallda oktaedrik 
va tetroedrik bo‘shliqlar mavjud va ularda boshqa atomlar bo‘lishi 
mumkin. Agar oktaedrik bo‘shliq ishqoriy metallar ((¨=(kaliy), Rb 
(rubidiy), Cs (seziy)) bilan to‘ldirilsa xona haroratidan past harorat-
da bu moddalar strukturasini o‘zgartiradi va yangi polimer material 
¨
1
C
60
paydo bo‘ladi. Agar tetroedrik bo‘shliq ham to‘ldirilsa kritik 20–
40 K haroratga ega yuqori o‘tkazuvchan ¨
3
C
60 
material paydo bo‘ladi.
Yuqori o‘tkazuvchan fulleritlarni Shtutgartda joylashgan Maks Plank 
nomidagi institutda o‘rganiladi. Materiallarga noyob xossalar beradi-
gan boshqa qo‘shimchali fulleritlar ham mavjud. Misol uchun ¨
1
C
60
-
etilen ferromagnit xossaga ega. Kimyo sohasida olib borilgan tinim-


266
siz mehnat, 1997­yilga kelib 9000 ga yaqin fulleren birikmalar­
ning aniqlanishiga olib keldi.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling