Materialshunoslik va konstruksion materiallar


Konstruksion materiallar va ularni mashinasozlikdagi o’rni


Download 23.82 Kb.
bet3/3
Sana17.02.2023
Hajmi23.82 Kb.
#1208007
1   2   3
Bog'liq
1 mavzu sirtqi

Konstruksion materiallar va ularni mashinasozlikdagi o’rni
Konstruksion materiallar texnologiyasi fani boshqa matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika, nazariy mexanika), umumkasbiy (mashinasozlik texnologiyasi, mashina detallari; mashina va mexanizmlar nazariyasi) ixtisoslik (tarmoq mashinalarini ta’mirlash, mashinasozlik texnologiyasi va loyihalash asoslari va h.k.) fanlari bilan mustahkam bog’liqdir.


Fanning vazifalari. Paxta tozalash, to’qimachilik va engil sanoat korxonalarining rivojlanishida «Konstruksion materiallar texnologiyasi» fanining tutgan o’rni.
Mashina detallarini, asbob uskunalarni, muxandisliklik inshoatlarni; (mexanik kuchlarga duchor bo’ladiganlari,) yasash uchun ishlatiladigan materiallarga Konstruksion materiallar deyiladi.
Mashinalar va asbob-uskuna detallari xar-xil formaga, o’lchamga va ishlash sharoitlariga ega.
Ular statik, dinamik, issiqlik, zarbiy kuchlanishlarda ishlaydilar; past va yuqori xaroratlarda, xar-hil muxitda bo’lib ishlaydilar. Ana shu omillar Konstruksion materiallarga qo’yilgan talablarni keltirib chiqaradi. Talablarni asosiylari: ekspluotatsion (foydalanishli), texnologik, iqtisodiy.
ekspluotatsion – foydalanishli talablar birinchi darajali ahamiyatga ega. Mashina va priborlarni ishlash qobiliyatini ta’minlash kerak; buning uchun material yuqori mustaxkamlikka ega bo’lishi lozim.
Konstruksion mustaxkamlik – bu mexanik xossalarning yig’indisidir; bu xossalar materialni ishonchli va uzoq vaqt ishlashini (ekspluotatsion sharoitda) ta’minlaydi.
Materiallarni tanlashda mexanik xossalarga qo’yilgan talablardan tashqari (kuch faktorlaridan tashqari) tashqi ish muxitini va xaroratini hisobga olish kerak.
Material ishlayotgan tashqi muxit (suyuq, gaz, ionlashgan, radiotsiyali) materialni mexanik xossalariga jiddiy va boshqalardan ko’proq ta’sir qiladi. Muxitni mexanik xossalarga ta’siri ko’pincha salbiy, ishlash qobiliyatini pasaytiradi. Xususan, yuzani buzishi mumkin, natijada zanglab darz ketishi mumkin, kuyundi xosil qilishi mumkin, yuzani ximiyaviy tarkibini o’zgartirishi mumkin, yuza qatlamini nomaqul elementlar bilan to’yintirishi mumkin (masalan, vodorod bilan; bu mo’rtlashtiradi). Ionlashgan va radiatsiyali nurlanish natijasida ishib buziladi, ma’lum erlari emirilib buziladi. Material xar-xil muxitda mexanik kuchlarga bardosh berish bilan birga ma’lum fizik-ximik xossalarga xam ega bo’lishi lozim: elektro-ximik zanglashga turg’unlik, olovbardoshlik, radiatsion turg’unlik, namga chidamlik, vakuum sharoitida ishlashlik va x.k.
Materialni ishlash xarorati intervali juda keng: -269-10000S, ba’zan 25000S. Demak, material Lozim xolda, materiallarning magnit, elektrik, issiqlik xossalariga talablar qo’yiladi. Yqori aniqlikdagi priborlar uchun o’lchamlarini (xar-xil sharoitda: issiqlik, bosim, yorug’lik va x.k) turg’unligi talab qilinadi.olovbardosh va sovuqqa chidamli bo’lishi kerak.
Fanning vazifasi - texnologik mashinalar va jihozlarni ishlab chiqarishda qo’llaniladigan Konstruksion materiallar, asosiy ekspluatatsion xususiyatlari va ularni olishda ishlatiladigan usullar, qo’llaniladigan vositalar kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Fan paxta tozalash, to’qimachilik va engil sanoat korxonalarida qo’llaniladigan turli Konstruksion materiallar turlari, olinish usullari, strukturaviy tuzilishi, termik ishlov berish usullari, tayyorlash texnologiyasi, metallarni ishlatish ko’lami, hisoblash asoslari va ularni muayyan sharoitlarga mos holda tanlash usullari bo’yicha yo’nalishga mos bilimlar darajasi bilan ta’minlashdir.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Konstruksion materiallar fani nimani o’rganadi?
2. Konstruksion materiallarga nimalar kiradi
3. Sanoat tarmoqlarida qora metallarni tutgan o’rni?


Adabiyotlar:

  1. 2. William D. Callister, Jr., David G. Rethwisch. Materials science and engineering /Wiley and Sons. UK, 2014. – 896b

  2. V.A. Mirboboev «Konstruksion materiallar texnologiyasi», Darslik, T.:O’zbekiston. 2004 -532 bet.

Download 23.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling