Materilashunoslik


Download 1.69 Mb.
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1523178
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nanotexnologiya VA NOTO\'QIMA

Sarja o’rilish. Sarja o’rilishli gazlamalarning o’ziga xosligi, ularni sirtida diagonal yo’lli naqshlar hosil bo`lgan bo’ladi. Sarja gazlamalarning o’ngida, odatda, yo’llar chapdan o’ngga qarab pastdan yuqoriga, ba’zi hollarda esa o’ngdan chapga qarab ketadi.
Sarja o’rilishini hosil qilish shartlari:
1.Rapportda eng kam iplar soni uchta bo’ladi (RMIN=3);
2. Har doim siljish bir ipga suriladi (S=1);
3. Sarja o’rilishlar kasr bilan belgilanib, (2/1, 3/1, 4/1, 1/2, 1/3, 1/4) suratdagi son tanda, maxrajdagi son arqoq qoplanishlar sonini bildiradi.
Sarja o`rilishning rapporti tanda va arqoq bo’yicha qoplanishlar soniga teng (R=RA+RT).


SARJA O’RILISHI SXEMASI



Satin o’rilishi. Satin o’rilishli gazlamalarning o’ngida cho’ziq yopilishlar mavjud bo’lib, shu sababli gazlamaning o’ngi, odatda silliq va tovlanuvchi bo’ladi. Satinning o’ng tomonida gazlama sirtida arqoq iplari ko’p joylashgan bo`ladi.
Satin o’rilishini hosil qilish shartlari:
1.Rapportda eng kam iplar soni beshta bo’ladi (RMIN=5);
2.Har doim siljish birdan katta yoki birdan kichik bo`ladi (S≠1);
3.Rapport va siljishni ko`rsatuvchi sonlar bir-biriga bo`linmaydi.
4.Satin o`rilishlari ham kasr bilan belgilanib, (5/2, 5/3, 8/3, 10/7) suratdagi son o`rilish rapportini, maxrajdagi son esa siljish miqdorini bildiradi.


SATIN O’RILISHI SXEMASI



Satin 7/3
Rt=Ra=7; S=3



Atlas o’rilish. Atlas o’rilishli gazlamalarning o’ngida cho’ziq yopilishlar mavjud bo’lib, shu sababli gazlamaning o’ngi, odatda silliq va tovlanuvchi bo’ladi. Atlasning o’ng tomonida gazlama sirtida tanda iplari ko’p joylashgan bo`ladi. Atlas o’rilish satin o’rilishda o’xshaydi, ammo besh ipli atlas o’rilishda rapportdagi har qaysi tanda ip to’rtta arqoq ipni yopadi va bitta arqoq ip tagidan o’tadi.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling