Materiya agregat holatlaridan biri boʻlib, unda hajm saqlanadi, biroq


Download 93.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana07.02.2023
Hajmi93.88 Kb.
#1172860
  1   2
Bog'liq
Suyuqlik - Vikipediya



Suyuqlik
Suyuqlik materiya agregat holatlaridan
biri boʻlib, unda hajm saqlanadi, biroq
shakl oʻzgaradi. Suyuqlik bir-biri bilan
kimyoviy bogʻlangan atom va
molekulalardan iborat. Yerda eng keng
tarqalgan suyuqlik suvdir. Suyuqlik gaz
kabi oquvchan va idish shaklini oladi.
Baʼzi suyuqliklar bosimga chidamli,
boshqalari esa siqiladi. Gazdan farqli
oʻlaroq suyuqlik kengayib butun idishni
Bu maqolada ichki havolalar juda kam.
Ko‘proq o‘rganish


toʻldirmaydi, sobit zichlikni saqlaydi.
Suyuqlikning farqli xossasi sirt
tarangligidir, u namlanish hodisasiga
sabab boʻladi. Suyuqlik zichligi qattiq
moddanikiga yaqin, gaznikidan esa ancha
yuqori.
Suyuqlik — moddaning qattiq va
gazeimon holatlari oʻrtasidagi agregat
holat. Suyuqlikning baʼzi xossalari
Suyuqliklardagi 
sirt tarangligi
 tufayli 
yuza
 torayishga intiladi, natijada erkin tushayotgan suyuq suv sharsimon 
tomchiga
aylanadi.


gaznikiga, baʼzi xossalari qattiq
jismnikiga oʻxshab ketadi. U qattiq jismga
oʻxshab maʼlum hajmni egallaydi, idishga
quyganda esa, gaz singari, idish shaklini
oladi. Kimyoviy tarkibiga koʻra suyuqlik 1
komponentli (sof), 2 komponentli (binar),
3 komponentli va koʻp komponentli (4 va
undan ortiq komponentli) suyuq
aralashmalar (eritmalar)ga boʻlinadi. Fizik
tabiatiga koʻra suyuqlik normal
(odatdagi), suyuq kristallar va kvant
suyukliklar (suyuq 4Ne, 3Ne va ularning
eritmalari)ga boʻlinadi. Odatdagi
suyuqliklar faqat bitta fazaga ega. Geliy
„Ne ikki suyuq fazada — normal va oʻta
oquvchan fazalarda, suyuk, kristall
moddalar esa normal va bir yoki hatto bir


necha anizotrop fazalarda boʻlishi
mumkin. Normal suyuqlik tashqi taʼsir
boʻlmaganida makroskopik bir jinsli va
izotrop boʻladi. Xuddi shu xossalari bilan
suyuqlik gazga oʻxshaydi, ammo
anizotrop kristall qagtiq jismlardan
keskin farq qiladi. Amorf qattiq jismlar
(mas, shisha) oʻta sovitilgan suyuqlik
boʻlib, odatdagi Sdan kinetik
harakteristikalari son qiymatlari bilan farq
qiladi. Agar suyuqlik qizdirila boshlansa,
uning issiqlik oʻtkazuvchanlik,
yopishqoqlik, diffuziya kabi xossalari
gazlarning shunday xossalariga
yakinlashib boradi. Kristallanish
temperaturasiga yaqinlashganda esa,
kupchilik odatdagi suyuqliklarning zichligi,


siqiluvchanligi, issiqlik sigʻimi, elektr
oʻtkazuvchanligi kabi xossalari mos
ravishdagi qattiq jismlarning shunday
xossalariga yaqinlashadi.
Suyuqliklarda molekulalar birbiriga yaqin
turadi. Shuning uchun har bir molekula
oʻzining atrofidagi qoʻshni molekulalar
bilan oʻzaro taʼsirlashib turadi. Suyuqlik
molekulalari gaz molekulalari kabi erkin
harakat qilmasdan, qandaydir vaqt
oraligʻida oʻtroq holat deb ataluvchi
holatdagi muvozanat vaziyat atrofida
tebranib turadi. Vaqtvakti bilan S
molekulasi oldingi muvozanat vaziyatdan
oʻz oʻlchamlariga yaqin boʻlgan
masofacha uzoqlikka oʻtib, yangi


muvozanat vaziyatni egallab boradi. Shu
tarzda S molekulalari suyuqlik hajmi
boʻyicha betartib ravishda sekinlik bilan
koʻcha boshlaydi. S aniq hajmga ega
boʻlishiga qaramay, maʼlum shaklni
saklab qola olmaydi va idishning oʻzi
egallagan qismining shaklini oladi.
Moddalarning faza holati, asosan,
temperatura T va bosim R ga bogʻliq.
Molekulalarning oʻzaro taʼsiri oʻrtacha
potensial energiyasining ularning oʻrtacha
kinetik energiyasiga nisbatan faza
holatini aniklaydigan kattalik ye(T, R)
hisoblanadi. Qattiq jismlar uchun ye(G,
R)“gʻ; bu molekulalarning oʻzaro taʼsir
kuchining katta ekanligini va u


molekulalarni muvozanat holat yaqinida
ushlab turishini koʻrsatadi. Gazlar uchun
ye(T, R)"gʻ; bu molekulalarning tortishish
kuchi ularni birbiriga yaqin holatda ushlab
tura olmasligini ifodalaydi. S uchun g(T,
R)~gʻ. Bu esa suyuqlikni tashkil etuvchi
molekulalarning uzluksiz betartib harakati
va molekulalar orasidagi oʻzaro taʼsir
kuchlarining qoʻshgan hissalari deyarli bir
xil ekanligini koʻrsatadi.
Suyuqlikning makroskopik xossalari
mexanika, fizika, fizikkimyo uslublaridan
foydalanib oʻrganiladi. Masalan,
muvozanat holatdagi suyuqlikning
mexanik va issiklik xossalari
termodinamika uslublari; muvozanat


holatdan chiqarilgan Slarda sodir
boʻluvchi jarayonlar qaytmas jarayonlar
termodinamikasi; yaxlit muhit deb
qaraluvchi suyuqlik harakati
gidrodinamika; suyuq metallarning oʻziga
xos oqimi magnit gidrodinamika uslublari
orqali oʻrganiladi.
Gaz
Qattiq

Download 93.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling