Materiyavauningharakati. Materia L a t modda mánisin ańlatıwshı abektiw borliq


Download 32.02 Kb.
bet1/6
Sana28.12.2022
Hajmi32.02 Kb.
#1018359
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
M a t e r i y a v a u n i n g h a r a k a t i


M a t e r i y a v a u n i n g h a r a k a t i . ( M a t e r i a — l a t . modda mánisin ańlatıwshı abektiw borliq.) Materiya tevarakatrofimizni o'rab turadi, moddalar turli ko'rinishda mavjud
obyekt va sistemalar holida, xususiyat, aloqa, munosabat hamda harakat shakllarining asosi sifatida mavjud. Materiya tabiatda bevosita ko‘z bilan ko'radigan narsa va jismlargina emas, balki ilmiy-texnika taraqqiyotining o'sishi natijasida kelajakda aniqlanishi mumkin bo'lgan narsalami ham o'z ichiga oladi. Butun olamdagi n a rsa la r harakatdagi materiyaning ko'rinishidir. Materiyaning abadiyligi, uning yo'qdan bor bo'lmasligi va izsiz yo'qolib ketmasligi minglab yillar davomida isbotlandi.
Materiya qator universal xususiyatlarga ega. Dunyoning moddiy birligi ham uning ana shu xususiyatlarida o'z aksini topadi. Materiyaning vaqtda abadiy mavjudligi hamda fazoda cheksizligi, strukturalarining bitmas-tuganmasligi uning universal xususiyatlari qatoriga kiradi.
Materiya harakatining shakllari turli-tumandir. Jismlami isitish va sovitish, nurlanish, qoming erib suvga aylanishi, suvning muzga o'tishi, kimyoviy energiyaning elektr energiyasiga va ba’zi jarayonlarda ajraluvchi issiqlik eneigiyasining kimyoviy energiyaga aylanishi, kosmik hodisalar, biologik jarayonlar shular jumlasidandir. Bunday aylanish va o'zgarishlar materiya harakati ko'rinishlarining birligi va uzluksiz bog'liqligidan dalolat beradi. Materiya harakatining bir ko'rinishdan ikkinchi ko'rinishga o'tishi tabiatning asosiy qonuni — materiya va uning harakati abadiyligi qonunidan kelib chiqadi.
Har bir fan materiya harakatining asosiy ko'rinishini: kimyo — moddalar, ulaming tarkibi, xossalari, tuzilishi va ularda sodir bo'ladigan o'zgarishlarni o'rganuvchi fan hisoblanadi.
Materiyaning ma’lum fizik xossalarga ega bo'lgan har bir ko'rinishi, masalan, kimyo fanida suv, temir, tosh, qum, kislorod, azot va boshqalar modda deyiladi. Alyuminiy kumushrang yengil metall bo'lib, zichligi 2,7 g /sm \ yoqlari markazlashgan kub panjarada kristallanadi, 658,6°C da eriydi, 2447°C da qaynaydi. Bularning hammasi alyuminiyga xos fizik xossalardir.
Moddaning fazoda chegaralangan qismi jism deb ataladi. Bu moddaga nisbatan nisbiy tushuncha bo'lib, aniq bir narsani anglatadi. Alyuminiydan yasalgan qoshiq, idish-tovoqlar, samolyot qismlari sim yoki qurilish materiali jismga misol bo'la oladi. Modda iborasi jism tushunchasiga nisbatan umumiydir.
Hozirgi vaqtda moddalar to'rt guruhga: elementar zarrachalar, oddiy moddalar, murakkab moddalar (kimyoviy
birikmalar) hamda aralashmalarga bo'lib o'rganiladi. Elektron, proton, neytron, pozitron, neytrino, mezon,
myuon va boshqalar elementar zarrachalarni tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda ulaming soni 100 dan ortadi. Oddiy moddalar kimyoviy elementning erkin holda mavjud bo'la oladigan bir turidir. Murakkab moddalar (kimyoviy birikmalar) ma’lum nisbatlarda ikki yoki undan ortiq elementning o'zaro birikishi natijasida vujudga keladi. Bunday moddalar tabiatda ko'p uchraydi. Aralashmalar ham tabiatda ko'p tarqalgan, biroq ular o'z xossalari bilan kimyoviy birikmalardan farq qiladi.
Ba’zi aralashmalardagi alohida modda miqdorini optic mikroskoplarda ham aniqlab bo'lmaydi. Aralashmalarga tog' jinslari, loyqa va mineral qazilma boyliklari misol bo'la oladi.



Download 32.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling