Mathcad dasturini ishga tushirish


Download 151.72 Kb.
bet1/8
Sana03.12.2023
Hajmi151.72 Kb.
#1800974
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Rayxon kurs ishi



So’z boshi

Bugungi kunda Davlat ta’lim standarti asosida ishlab chiqilgan malaka talablariga binoan bilimlarni mustaqil ravishda o’rganish ko’nikmasini shakllantirish hozirda o’qitishning kun tartibida turgan eng dolzarb vazifalaridan biridir. Shu sababli fanlarning nazariy asoslarini amaliy ko’nikma darajasida o’zlashtirib olishda mustaqil ta’limning roli kattadir. Ushbu uslubiy ko’rsatma Oliy va o‟rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Elektronikada kompyuterli modellash” fani dasturi asosida yaratilgan bo’lib, uning maqsadi talabalarga dastur bo’yicha berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarishlariga erishishdir. Bu orqali nazariy va amaliy mashg’ulotlarda olingan bilimlarni mustahkamlash, mustaqil ishlash malakalari va ko‟nikmalari hosil qilishga qaratilgan. Kurs ishi topshiriqlarini bajarishdan maqsad – biz talabalar mustaqil ishlash qobiliyatimizni rivojlantirish, elektronikada ishlatiladigan modellashtirish dasturi asosiy qonun va qoidalarini o‟rganish, elektron sxemalarni loyihalash, ular orqali yaratiladigan elektron qurilmalarni hamda ularni ishlab chiqarishning turli sohalarida qo’llanilishi to’g’risida tasavvurga ega bo’lishdir. Ushbu uslubiy ko’rsatma Oliy o’quv yurtlarining Elektronika va asbobsozlik ta’lim yo’nalishlari bakalavrlari uchun muljallangan bo’lib, Kurs ishi fan mavzulariga ta’luqli masalalar yuzasidan talabalarga yakka ishlash malakasini oshirish uchun mo’ljallangan .


1. Mathcad dasturini ishga tushirish. Dasturda fayllar yaratish, hisoblashlarni bajarish.
1) Mathcad dasturini “Programs” menyusidan ishga tushirish. Pusk belgisida sichqoncha chap tugmasini bosiladi va programm bo’limidan MathSoft Apps bo’limiga o’tib Mathcad - 2000 Professional bolimi tanlanadi.
2) Mathcadda yaratilgan ixtiyoriy fayl orqali Mathcad dasturini ishga tushirish mumkin.
3) “Moy kompyuter”dan ishga tushirish: -moy kompyuter; -C yoki D: diskni tanlang; -program Files katalogini tanlang; -mathSoft katalogidan; -mathcad.exe fayliga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosing.
4).Yangi fayl yaratib ishga tushirish: -sichqonchaning o’ng tugmasi bosiladi; -sozdat; -Mathcad Document. Yuqorida keltirilgan usullardan birortasi bajarilsa natijada ekranda Mathcad dasturi quyidagi ko’rinishda hosil bo’ladi (1.1rasm).



1.1rasmda Mathcadning umumiy ko’rinish
Mathcad dasturida ishni tugatish: -Alt+F4 –tugmalarini birgalikda bosib dasturni yopish mumkin;
- dan X tugmasini bosib dasturni yopish mumkin; -Fayl – Exit - orqali dasturni yopish mumkin; Mathcadda yaratilgan hujjatni xotiraga saqlash: -Fayl – Save ; -Fayl – Save As... . ketma-ketliklar orqali hujjat xotiraga saqlanadi. Yaratilgan hujjatni Mathcad dasturida ochish: Fayl menyusidan Open buyrug’ini talash lozim. Mathcad dasturining ishchi doirasi – bu ishchi kitob bo’lib, u bir yoki bir necha sahifalardan iborat bo’ladi. Mathcad dasturida faylni ochib, yopib yoki saqlab qo’yish orqali, siz ishchi kitobda ushbu faylni ochasiz, yopasiz yoki saqlab qo’yasiz. Har qanday fayl ustida uzoqroq ishlaganda, uni tez-tez qayta saqlab turish zarur. Aks holda elektr energiyaning tasodifiy o’chib qolishi yoki biror bir boshqa sababga binoan ishlayotgan faylingiz yo’qolib qolsa, uni eng oxirgi yozilgan nuqtasidan qayta tiklash osonroq bo’ladi. Shunday qilib biz yuqorida Mathcad dasturida qanday qilib yangi fayl ochish, xotiraga saqlash, xotiradan chaqirish va ishni yakunlashni qarab chiqdik. Mathcad dasturida kerakli panellarni qanday qilib o’rnatish va uni sozlash quyida keltirilgan.1.2-rasm




Download 151.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling