Funksiya Belgilanishi (sintaksisi)
Teng = = (х = = у)
Teng emas ~ = (х ~ = у)
Kichik < (х < у)
Katta > (х > у)
Kichik yoki teng < = (х < = у)
Katta yoki teng > = (х > = у)
Elementar funksiyalar
MATLABda elementar funksiyalarni quyidagicha tasvirlash mumkin. Bu yerda shuni ta’kidlash kerakki trigonometrik funksiyalarning burchaklari radian o’lchovida bo’ladi.
4-jadval
Shuni esda tutish lozimki, elementar funksiyalar dasturda kichik harflar bilan yozilishi kerak.
Nazorat savollari.
1. MATLAB dasturlash tilinig alifbosiga nimalar kiradi?
2. Standart funksiyalarni sanab o’ting?
3. MATLABda arifmetik amallarni sanab o’ting?
4. MATLABda mantiqiy amallarni sanab o’ting?
I.3. MATLAB tizimi dasturlash tilining operatorlari
O’zlashtirish operatori
Dasturlash MATLAB tizimida uning imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin. Uning foydalanish imkoniyatlarini yanada oshiradi. Yuqorida dasturlashning ma’lum elementlari bilan tanishdik. Bu yerda MATLAB tilining to’ldiruvchi qoidalarini ko’rib o’tamiz. Dasturlash tilida konstantalar va o’zgaruvchilar ishlatiladi. O’zgaruvchi bu ob’ekt nomlariga ega bo’lib, o’zida turli ma’lumot qiymatlarini saqlash xususiyatiga ega. O’zgaruvchining bu ma’lumot qiymatlari sonlar yoki simvollar, vektorlar yoki matritsalar bo’lishi mumkin.
O’zgaruvchining aniq bir qiymatini berish uchun o’zlashtirish operatori ishlatiladi: Uning umumiy ko’rinishi quyidagicha:
O’zgaruvchi_nomi = ifoda;
O’zgaruvchining tipi oldindan e’lon qilinmasligi mumkin. Ular o’zgaruvchining o’zlashtirayotgan ifoda qiymatiga qarab aniqlanadi. O’zgaruvchining nomi bir nechta simvollardan tashkil topishi mumkin, lekin boshlang’ich 31 ta simvol identifikatsiya qilinadi. O’zgaruvchining nomi harf bilan boshlanadi. Bundan tashqari harf, raqam, simvol va ostiga chiziqlar bo’lishi mumkin. Nomda probel va maxsus belgilar ishlatish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |