Matik munosabatlar va bog`lanishlarga taaluqlidir
II.Yig`indidan sonni ayirish
Download 393.06 Kb.
|
Hujjat (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV.Sondan yig`indini ayirish.
- 100 ichida ko`paytirish va bo`lish.
II.Yig`indidan sonni ayirish.
48-30=(40+8)-30=(40-30)+8=18 48-3=(40+8)-3=40+(8-3)=45 30-6=(20+10)-6=20+(10-6)=24 III.Songa yig`indini qo`shish. 9+5=9+(1+4)=(9+1)+4=14 36+7=36+(4+3)=(36+4)+3=43 40+16=40+(10+6)=(40+10)+6=56 45+18=45+(10+8)=(45+10)+8=63 IV.Sondan yig`indini ayirish. 14-6=14-(4+2)=(14-4)-2=8 45-12=4 5-(10+2)=(45-10)-2=33 36-7 =36-(6+1)=(36-6)-1=29 45-18=45-(10+8)=(45-10)-8=27 40-16=40-(10+6)=(40-10)-6=24 4-bosqichda amallar xossalarini umumlashtirish va bu bilimlarni diffеrеntsiallash imkonini bеruvchi maxsus mashqlar bajarish najarda tutiladi. Bunday mashqlar xossalar va hisoblash usullarini yaxshi o`zlashtirish bilan birga, ko`p xatolarning ham oldini olish imkonini bеradi. Masalan (40+20)-4 va 40(20+4), 63-20 va 63-23 O`xshash misollarni, taqqoslashni talab qilmasdan aralashtirib bеrish foydali, natijada o`quvchilar taqqoslashni mustaqil bajarishni va misolni yеchish uchun eng ratsional usulni tanlashni o`rganadilar. Yig`indiga yig`indini qo`shish va yig`indini yig`indidan ayirish qoidalaridan foydalanib ikki xonali sonlarni xonalab qo`shish va ayirish usullari kiritiladi. Bunda misollarning yеchimlari tushuntirishlar bilan quyidagicha yoziladi. 36+23=(30+6)+(20+3)=(30+20)+(6+3)=59. 65-21=(60+5)-(20+1)=(60-20)+(5-1)=44. Navbatdagi darslarda bunday misollar qisqa tushuntirishlardan foydalanib yеchiladi va to`la yozilmaydi. 100 ichida ko`paytirish va bo`lish. Bu mavzu ustida ishlashda o`qituvchi oldida turgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: -o`quvchilarni ko`paytirish va bo`lish arifmеtik amali ma'nosi bilan tanishtirish; ularning ba'zi xossalari va ular orasidagi mavjud bog`lanishlar bilan bu, amallar komponеntalari bilan natijalari orasidagi o`zaro bog`lanishlar bilan tanishtirish; -ko`paytirish jadvalini puxta bilishni va undan bo`linmani topishda foydalana olishni ta'minlash; -o`quvchilar jadvaldan tashqari ko`paytirish va bo`lish usullari bilan, 0 va 1 ga ko`paytirish va bo`lish hollari, qoldiqli bo`lishning jadval hollari bilan tanishtirish. 100 ichida ko`paytirish va bo`lishni 4 bosqichda o`rganiladi. I.Tayyorgarlik bosqichi. II. Ko`paytirish va bo`lishning jadval usulini ongli o`zlashtirish uchun asos bo`ladigan nazariy matеriallarni qarash. III. Ko`paytirish va bo`lishning jadval hollari. IV. Ko`paytirsh va bo`lishning jadvaldan tashqari hollari. Download 393.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling