Matlab asoslari fanidan


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1159589
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MATLAB лаб 2022-2023 1 lab ishi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI 
5310800 “Elektronika va asbobsozlik” 
yo‘nalishi uchun 
 
 
 
 
MATLAB asoslari 
fanidan 
 
 
1-laboratoriya ishi 
 
Farg‘ona - 2022 y. 






1-laboratoriya ishi. MATLABni ishga tushirish va dialog rejimida ishlash 
Ishni bajarishdan maqsad: MATLABni ishga tushirish va dialog rejimda ishlash bilan 
tanishish. 
 
Boshlang‘ich ma'lumotlar 
MATLABni ishga tushirish uchun ishchi stolning pastki chap burchagida joylashgan 
Pusk (Start) tugmasi bosiladi va MATLABning o‘rnatilgan versiyasi tanlanadi (1-rasm).
1-rasm. MATLABni ishga tushirish 
MATLAB ishga tushgandan keyin ekranda uning asosiy oynasi paydo bo‘ladi (2-rasm) 
va u komandalar (buyruqlar) rejimida ishlashga tayyor holga keladi. Odatda bu oyna to‘liq 
ochilmaydi va ekranning faqat bir qismini egallaydi. Ustki o‘ng burchagida joylashgan uchta 
tugmadan o‘rtadagisini bosish yo‘li bilan oynani to‘liq ochish mumkin. CHapdagi tugma 
bosilganda oyna yopiladi, o‘ngdagi tugma bosilganda esa MATLABning ishlashi to‘xtatiladi.



 
2-rasm. MATLAB oynasining ishga tushurilgandan va oddiy hisoblar bajarilgandan 
keyingi ko‘rinishi 
MATLAB bilan ishlash seansini sessiya (session) deb atash qabul qilingan. Sessiya, 
mohiyati jihatidan, foydalanuvchining MATLAB tizimi bilan ishlashini aks ettiruvchi joriy 
hujjat bo‘lib hisoblanadi. Unda kiritish, chiqarish satrlari va xatolar to‘g‘risida axborot 
bo‘ladi. Xotiraning ishchi sohasida joylashgan sessiyaga kiruvchi o‘zgaruvchilar va 
funksiyalarning tavsiflarini (sessiyani emas) .mat formatli fayl shaklida diskka Save 
(Saqlash) buyrug‘i yordamida yozib olish mumkin. Load (YUklash) buyrug‘i yordamida 
ma'lumotlar diskdan ishchi sohaga yuklanadi. Sessiyaning fragmentlarini Diary (Kundalik) 
buyrug‘i yordamida kundalik shaklida rasmiylashtirish mumkin.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling