Matlab dasturidan muhandislik masalalarida foydalanish. Reja
Download 117.24 Kb.
|
Matlab dasturidan muhandislik masalalarida foydalanish. Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘g‘rilash va kiritish.
- Amallar yoki prioritet tartibining shajarasini boshqarish.
- Matlab tizimida massivlar bilan ishlash.
Xatolik haqida xabarAgar biz tenglamani noto‘g‘ri kiritilsa, MATLAB xatolik xabarini chiqaradi. Misol uchun, quyidagida, biz ko‘paytirish belgisini tushirib qoldiramiz, *, quyidagi tenglamada >> x = 10; >> 5x ??? 5x Error: Unexpected MATLAB expression. To‘g‘rilash va kiritish. To‘g‘rilash kiritish uchun, albatta teglamani qaytadan kiritishimiz mumkin. Lekin agar tenglama uzun bo‘lsa, biz yana ikkinchi marta kiritganimizdan keyin ham yanada ko‘proq xatolik qilishimiz mumkin. Oldingi kiritilgan tenglama yoki buyruq yuqoriga o‘tish tugmasi ↑ orqali chaqirilishi mumkin. Amallar yoki prioritet tartibining shajarasini boshqarish.Oldinda ko‘rsatilgan arifmetik masalalarni yechaylik, endi tenglamani kiritishda dumaloq qavs ishlatamiz. Misol uchun 1+2*3 ni (1+2)*3 ga o‘zgartirib yozamiz >> (1+2)*3 ans = 9 va oldingi masala uchun >> 1+2*3 ans = 7 Qavs qo‘llanilishi bizga xar xil natija berdi: 9 va 7 Barcha amallarning ishlashi o‘rta maktab kursidan tanish algebra qoidalari asosida ishlaydi. Darajaga ko‘tarish birinchi tartibda bajariladi, birga undan keyin bo‘lish va ko‘paytirish. Oxirida esa qo‘shish va ayirish amallari bajariladi. Bu prioritet tartibini o‘zgartirish uchu qavs ishlatiladi. Misol uchun 1+2*3 ni qavs qo‘yish orqali qavs ichidagi birinchi bajariladi, shunda qavs qo‘ysak (1+2)*3, natija 7 va 9 bo‘ladi. Dumaloq qavslar har doim prioritetlarni o‘zgartirish uchun qo‘llanilishi mumkin va qavslarni murakkab sonlar bilan ishlaganda ham qo‘llanilish talab etiladi, shu orqali xatoliklar yo‘qotiladi. Matlab tizimida massivlar bilan ishlash. Massiv – bir turdagi ma’lumotlarning raqamlangan va tartiblangan to‘plami. Massivning nomi bo‘lishi shart. Massivlar o‘lchovi yoki o‘lchami bilan bir-biridan farq qiladi:bir o‘lchovli, ikki o‘lchovli, ko‘p o‘lchovli. Massiv elementlariga murojaat qilish indekslar orqali amalgam oshriladi. MATLAB dasturida massiv elementlarini raqamlash bir(1)dan boshlangani uchun indekslari birga teng yoki katta bo‘ladi. MATLAB dasturida massivlarning ustun-vektor, qator-vektor va matritsa ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Massivlar kvadrat qavslarga olinib yoziladi. Ustun- vektorning har bir elementi, ya’ni har bir qatori nuqtali vergul bilan ajratiladi. Qator- vektorning har bir elementi, ya’ni har bir ustuni vergul yoki bo‘sh joy(probel) bilan ajratiladi. Demak, massivlarni kiritishda qatorlar vergul yoki bo‘sh joy(probel) bilan ustunlar esa nuqtali vergul bilan ajratilar ekan. MATLAB dasturida massivlarning ustun-vektor, qator-vektor va matritsa ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Massivlar kvadrat qavslarga olinib yoziladi. Ustun- vektorning har bir elementi, ya’ni har bir qatori nuqtali vergul bilan ajratiladi. >> a=[1; 3; 8] a = 1 3 8 Qator-vektorning har bir elementi, ya’ni har bir ustuni vergul yoki bo‘sh joy (probel) bilan ajratiladi. >> b=[2 5 9] b = 2 5 9 A matrisaning a1,2 elementiga murojaat qilish: >>A(1,2) ans = -2 B matrisani 6 ga skalyar ko‘paytirish: >>H=6*B H= 6.0000 -12.0000 18.0000 30.0000 12.0000 30.0000 -54.0000 42.0000 0 44.4000 3.3600 24.0000 -48.0000 54.0000 270.0000 384.0000 >>F=[1 -2 3; 2 5 -9; 2 5 8] F=
F matrisani 3-darajaga ko‘paytirish, ya’ni F*F*F: >>F^3 ans=
F matrisani elementlari bo‘yicha 3-darajaga ko‘paytirish, ya’ni har bir elementini: >> F.^3 ans= 1 -8 27 8 125 -729 8 125 512
Download 117.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling