Matlab tizimida dasturlash elementlari matlab tizimida massivlar bilan ishlash
Download 18.25 Kb.
|
MATLAB DASTURINING OPERATORLARI1
MATLAB DASTURINING OPERATORLARI REJA : MATLAB tizimida dasturlash elementlariMATLAB tizimida massivlar bilan ishlash.Tilning boshqaruvchi konstruksiyalariTanlash operatori.Parametrli takrorlash operatori.MATLAB tizimining integrallashgan muhiti(interfeysi) universal interfaol rejimda ishlaydi va unda mexanika, matematika, fizika, muhandislik va boshqaruv masalalarini yechish, turli xil mexanik, energetik va dinamik sistemalarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish imkoniyatlari mavjud. Bir tomondan, MATLAB tizimidan dasturlash tili sifatida foydalanib, tizimda mavjud(yoki foydalanuvchi o‘zi tuzgan) funksiyalar, hisoblash algoritmlari asosida turli xil masalalar ustida har xil hisoblashlarni o‘ta tez va yuqori aniqlikda olish mumkin bo‘lsa, ikkinchi tomondan, virtual laboratoriya sifatida yuqoridagi tizimlarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish mumkin. MATLAB dasturlash tilida boshqa dasturlash tillari kabi lotin alifbosining A dan Z gacha barcha katta va kichik harflari, 0 dan 9 gacha arab raqamlaridan foydalaniladi. Katta va kichik harflar, xuddi C++ dasturlash tilidagidek, ham o‘zgaruvchi sifatida, ham o‘zgarmas sifatida bir-biridan farq qiladi. Lotin alifbosi harflaridan tashqari, arifmetik, mantiqiqy va taqqoslash amallari hamda klaviaturadagi maxsus belgilardan foydalaniladi. MATLAB ning ishchi varag‘i tom ma’noda uch qismga bo‘linadi[16]: 1. Buyruqlarni kiritish maydoni – buyruqlar satridan tashkil topgan. Har bir buyruq satri >> simvoli(bu simvol avtomatik tarzda buyruqlar sartining boshida bo‘ladi va uni yozish shart emas) bilan boshlanadi; 2. Natijani chiqarish maydoni – kiritilgan buyruqlarniqayta ishlangandan so‘ng hosil bo‘lgan ma’lumotlar(analitik ifodalar, natijalar va xabarlar) ni o‘z ichiga oladi; 3. Matnli izohlar maydoni – ro‘y bergan xatoliklar yoki bajarilgan buyruqlarga izohlar, turli xarakterdagi xabarlar. Buyruqlar Enter tugmasini bosish(bir marta) orqali amalga oshiriladi. O‘zgaruvchi nomi nechta va qanaqa belgilardan iborat bo‘lishidan qat’iy nazar, lotin harflaridan boshlanib, 63 ta belgidan oshmasligi shart. Agar buyruq o‘zgaruvchi nomi yozilmay bajarilsa, buyruq natijasi maxsus ans(inglizcha «answer» - «javob» ) o‘zgaruvchisi orqali beriladi.
Ishchi sohasidagi o‘zgaruvchilar haqidagi ma’lumotlarni who yoki whos buyruqlari orqali ko‘rish mumkin. >>whos Name Size Bytes Class a 1x1 8 double array ans 1x1 8 double array b 1x1 8 double array c 1x1 8 double array d 1x1 8 double array g 1x1 8 double array h 1x1 8 double array j 1x1 8 double array k 1x1 8 double array s 1x1 8 double array Grand total is 10 elements using 80 bytes MATLAB da barcha ma’lumotlar matritsa yoki massiv ko‘rinishida tasvirlanadi. Yuqoridagi whos buyrug‘I natijasidan ko‘rinib turibdiki, hattoki, skalyar o‘zgaruvchilarni umumiy holda 1x1 o‘lchovli massiv(matritsa) deb qaralar ekan. Download 18.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling