Dasturiy kompleksning Analysis menyusini ko’rib chiqaylik. Undagi
birinchi uchta komandalar (Activate, Pause va Stop)
va
knopkalarga
o’xshash.
DC Operating Point — rejimlarni o’zgarmas tok bo’yicha hisoblash.
Ushbu rejimda modellanayotgan sxemadan hamma kondensatorlar olib
tashlanadi va hamma induktivliklar qisqa tutashtiriladi.
AC Frequency… —chastotaviy xarakteristikalarni hisoblash. Komanda
bajarilishidan oldin dialog oynasida (2.5-rasm) quyidagi parametrlarni o’rnatish
kerak:
• FSTART, FSTOP —chastotaviy diapazonning chegaralari;
• Sweep type — gorizontal bo’yicha masshtab (dekadaviy, chiziqli yoki
oktavali);
• Number of point — hisoblanadigan nuqtalar soni;
• Vertical scale —vertikal bo’yicha masshtab (chiziqli, logarifmik yoki
detsibellarda);
• Nodes in circuit — zanjir tugunlarining (nazorat nuqtalari) ro’yxati;
• Nodes for analysis — xarakteristikalari hisoblanadigan nuqtalarning tartib
raqamlari.
24
2.5-rasm. CHastotaviy xarakteristikalarni hisoblash oynasi
Do'stlaringiz bilan baham: |