O’zgaruvchan kuchlanish va tok manbalari elektron sxemalarning
kirish signallari sifatida ishlatiladi (2.10-rasm).
2.10-rasm. O’zgaruvchan kuchlanish va tok manbalari
O’zgaruvchan kuchlanish manbasida (2.10-rasm, a) kuchlanishning effektiv
qiymati, fazasi va chastotasi beriladi. O’zgaruvchan tok manbasida (2.10- rasm, b)
tokning effektiv qiymati,fazasi va chastotasi o’rnatiladi. To’g`ri burchakli
impulslar manbasida (2.10-rasm, v) impulsning amplitudasi, chastotasi va
to’ldirish koeffitsienti ko’rsatiladi. To’ldirish koeffitsienti
%
100
T
i
ga teng, bu
yerda
i
- kirish impulsining
davomiyligi, T – tebranishlar davri. To’ldirish
koeffitsienti element xossalar oynasining Duty Cycle satrida ko’rsatiladi.
Funktsional generator (2.10-rasm, g) Instruments panelida joylashgan, ikkita
qarama-qarshi fazali chiqishga ega va sinusoidal,uch burchak, to’g`ri burchak
shakldagi signallarni hosil qilishi mumkin.
Electronics Workbench Multisim dasturida qator o’lchov asboblari mavjud.
Voltmetr DC rejimida o’zgarmas va AS rejimida o’zgaruvchan
kuchlanishni o’lchaydi. CHiqishidagi qalinroq chiziq manfiy potentsialga mos.
Ampermetr ham AC va DC rejimlariga ega.
Raqamli indikator o’nli-ikkili hisoblagichning chiqishlariga ulanadi. CHap
tomondagi chiqishi yuqori razryadga mos keladi.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |