Matmusaning qudug’i
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Matmusaning qudugi
Matmusaning qudug’i Donishqishloqda bu yil yog’ingarchilk kam bo’ldi. Matmusa quduq qazish tashvishiga tushib qoldi. O’z -o’zidan bir necha mummo paydo bo’ldi. Dastlab quduqni qayerdan qazishni hal qilish kerak edi. Quduqni yer osti suvi bor joydan qazish lozim ekanligi hammaga ma’lum, ammo asosiy muammo suv bor joyni aniqlashda edi. Matmusa darhol qo’shnilarini maslahatga chaqirdi. Donishqishloqliklar dono emasmi, bir necha ajoyib fikrlar tug’ildi: 1.Quduqni qamish o’sgan yerdan qazigan ma’qul. 2.Yer osti suvini aniqlash uchun shisha bankani to’ntarib o’g’zini erga qo’yib quloq solish kerak, shunda suvning shaldirashi eshitiladi. 3.Bir necha bankani turli joylarga qo’yib bir kecha kutish kerak. Ertalab bankalarning ichidagi shudringga qarab yer osti suvi bor yoki yo’qligini aniqlasa bo’ladi. Birinchi maslahat befoyda ekani oldindan aniq edi. Shuning uchun qolgan ikki maslahatdan birini tanlashga to’g’ri keldi. Matmisa bir qarorga kelib quduq qazishni boshlab yubordi. Tezda quduq ham bitdi.
1-savol. Matmusa nima uchun darhol birinchi maslahatdan voz kechdi? 2-savol. Matmusa qaysi maslahatni tanlagan deb o’ylaysiz? 3-savol. Agar quduqning eni 0,5m, bo’yi 1m va suvining chuqurligi 5m bo’lsa quduqda necha litr suv bor? 4.Matmusa chig’iriq yasab, qudug’iga o’rnatdi. Ammo shu bilan uning muammosi hal bo’lmadi. Oynisa xola quduqdan suv tortmoqchi bo’lgan edi, chig’iriqni aylantirishga kuchi yetmadi.
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling