Matn: Баҳор Хидирова


Download 18 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi18 Kb.
#1229444
Bog'liq
iqt sy


O‘z Ўз Руc En Kz Tj
Xususiy tarmoq rivojida raqamli texnologiyalarning oʻrni qanday?
Xalqaro hamkorlik
11 May 2022
484
Matn: Баҳор Хидирова
Poytaxtimizda “Oʻzbekistonda xususiy sektorning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida raqamli savodxonlikni rivojlantirish” mavzusida boʻlib oʻtgan yigʻilishda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar, hamkorlik loyihalari xususida soʻz bordi.
Yigʻilishni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori Laziz Kudratov ochib raqamli rivojlanish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalarga toʻxtalib oʻtdi. Taʼkidlanganidek, bu borada 2030-yilgacha tasdiqlangan rivojlanish strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu strategiyada ustuvor yoʻnalishlar qatoriga koʻrsatilgan xizmatlar hajmini 2,5 barobarga oshirish orqali elektron hukumat, aholiga davlat xizmatlari, taʼlim, sogʻliqni saqlash, tibbiyotni rivojlantirish kabi muhim vazifalar ham kiritilgan.

Bu yoʻnalishda yil oxirigacha olis aholi punktlarini internetga ulaydigan 6,5 mingta mobil stansiyalar oʻrnatiladi va qamrov ulushi 60 foizni tashkil etadi. Shuningdek, Toshkent viloyatida maʼlumotlar markazlari ishga tushiriladi. Shu bilan birga, ushbu loyiha doirasida xususiy sektorning savodxonligi va raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha institutsional islohotlar davom ettiriladi.


Oʻzbekiston hukumati bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish va kengaytirish maqsadida soʻnggi yillarda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) bilan birgalikda mamlakatning xususiy sektorini raqamlashtirish loyihasi ustida ish olib bormoqda.


Aytish kerakki, iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi - bu samaradorlikni oshirish, harajatlarni kamaytirish hamda tovarlar va xizmatlar sifatini yaxshilash, biznesga texnologiyalarni joriy etish orqali raqobatbardoshligini oshirishga doir jarayondir. Oʻz navbatida, bu davlatga tadbirkorlik subyektlarining kundalik faoliyatini soddalashtirish va iqtisodiyotni qonuniylashtirishni ragʻbatlantirish orqali ishbilarmonlik muhitini yaxshilash imkoniyatini beradi.


Yigʻilishda Markaziy Osiyo mamlakatlarida pandemiyadan keyingi iqtisodiy tiklanish istiqbollari haqidagi hisobot ham taqdim etildi. Bundan tashqari, uchrashuvda ishtirok etgan Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian mazkur loyihani amalga oshirishda qaysi jabhalarga eʼtibor berish kerakligi haqida soʻz yuritdi.


— Endilikda biz pandemiya salbiy taʼsir koʻrsatgan kichik va oʻrta korxonalarga alohida eʼtibor qaratishimiz kerak, — dedi Sh.Adrian oʻz soʻzida. — Anʼanaviy taʼminot zanjirlari buzilganligi sababli kichik va oʻrta korxonalar uzoq yillik sheriklari bilan aloqa qilishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Dunyoda pandemiya kamaymayotgani sababli biz raqamli koʻnikmalarga, raqamli biznesga, raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan yangi ish joylariga koʻproq eʼtibor berishimiz kerak. 2020-yilda Oʻzbekistonda mazkur dastur ishga tushirildi. Umid qilamizki, raqamlashtirish loyihasidagi ishtirokimiz Oʻzbekiston taraqqiyotiga yordam beradi.


Bahor XIDIROVA,




“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri
Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling