Matn hosil qiluvchi vositalar. Vaqt: 2 soat
Abzats (nemischa : ich tomon , orqa tomon surmoq ) yozma nutq matndagi yangi yo’l ( qator)dan bir oz joy qoldirib boshlash
Download 74.82 Kb.
|
Matn hosil qiluvchi vositalar. Vaqt 2 soat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abzats matnda tugal ma’noni ifodalagan bir xat boshidan ikkinchi xat boshigacha bo’lgan yaxlit mantiqiy nutq birligidir .
Abzats (nemischa : ich tomon , orqa tomon surmoq ) yozma nutq matndagi yangi yo’l ( qator)dan bir oz joy qoldirib boshlash.
Abzats kompazitsion uslubiy ajratish xarakteridagi nutq birligi bo‘lib, kitobxonning diqqatini yangi fikrga, yangi tasvirga jalb qilish vazifasini bajaradi . Abzats matnda tugal ma’noni ifodalagan bir xat boshidan ikkinchi xat boshigacha bo’lgan yaxlit mantiqiy nutq birligidir . Abzats bir sodda gapdan yoki qo’shma gapdan tashkil topishi mumkin .Abzats biror nutqiy alohida shaklga ega bo’lgan maxsus birligi emas, balki yozma nutqning har xil sintaktik butunliklardan tashkil topgan qismidir. Monologik nutq o‘z xarakteriga ko’ra cho‘ziq bir necha gapdan iborat bo’lishi mumkin. Diologik nutq ham cho’ziq ba’zan birgina so’zdan tashkil topishi va yangi abzatsni tashkil qilishi mumkin. Do’ppifurush Qori ishkambaning bu gapiga kularkan, mendan: Sizga nima kerak? –deb so’radi. Do’ppi ! (S.Ayniy ) Bo’lim …Ilmiy yoki badiiy matnning ma’lum bir masalaga bag’ishlangan mazmuniy yaxlitlikka ega bo’lgan alohida bir qismi, masalan: E.Qilichovning “ Sadriddin Ayniy asarida arxaizm va istorizmlar” nomli nomzodlik disertatsiyasining arxaizmlar bobi to’rt bo’limdan iborat. Fonetik arxaizmlar. Leksik arxaizmlar. Firazeologik arxaizmlar. Grammatik arxaizmlar. G’.G’ulomning “Ko’kan “ poemasi ikki bo’limdan iborat 1.Ko’kan-batrak: 2. Ko’kan-kolxozchi kabi. Bob .Biror asar yoki maqolaning ayrim qismi fasli. Boblar ma’lum bir qismlardan tashkil topishi yoki bir butun holatda bo’lishi mumkin. Har bir bob o’z mustaqil kompozitsion tuzilishiga ega bo’ladi. Masalan: 1992 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 26bobdan iborat. Badiiy matn boblari bir-biri bilan uzviy bog’langan umumiy kompozision tuzilishiga ega bo’lsa, ilmiy va rasmiy matnlarda har bir bob o’z mustaqilligini saqlash mumkin. Maktab amaliyotida matnning tasvir rivoya va muhokama kabi boyon usullaridan ko’proq foydalaniladi. Bu usullar o’rtasida garchand aniq chegara bo’lmasada, ammo ularning har qaysisi o’ziga xos xususiyatlarga ega bayonning bu usullari ham mazmuni, ham tuzilishi, ham tilning ifoda vositalaridan foydalanish jihatidan bir-biridan farq qiladi. Tasviriy matnda voqeada ishtirok etadigan shaxslar bo’lmaydi. Unda, asosan, tabiat manzarasi, alohida narsalar (buyumlar), voqia va hodisalar, ish jarayonlari tasvirlanadi. Matnning bu turida tasvirlanayotgan narsa, voqia-hodisa kabilarning o’ziga xos tashqi belgilariga alohida e’tibor beriladi. Tasvirlash kuzatuvchanlik bilan bog‘liq. Shuning uchun ona tili mashg’ulatlarida bolalarni kuzatuvchanlikka o’rgatish, narsa, voqia, hodisalardagi eng muhim belgi va xususiyatlarni ko’ra bilishga odatlantirish juda katta ahamiyatga ega. Bayon usulining ikkinchi tiri rivoyadir. Rioya matni tasviriy matndan, voqianing izchillikda berilganligi, unda ishtirok etuvchi shaxslarning borligi, dialogic nutqdan foydalanish kabilar bilan ajralib turadi. Bunday matnlarda voqia hodisa bir mazmuniy yaxlitlikni tashkil etadi va o’quvchi bayonida bu yaxlitlik saqlanishi shart. Matnning bu turida dalillar va ularning tafsilotida alohida o’rin ajratiladi; voqialar hikoyo tarzida boyon qilinadi. Rioya matnida tasvir unsurlaridan ham foydalaniladi. Ona tili mashg’ulotlarida bunday matnlardan juda ko’p foydalanishga to’g’ri keladi. Bizning oila “Yoz kunlarning birida” kabi mavzularda yaratiladigan matnlar shular jumlasidandir. Ona tili mashg’ulotlarida keng qo’llaniladigan bayon usulining yana bir turi muhokamadir. Muhokama matnining o’ziga xos xususiyati shundaki so’zlovchi (o’quvchi) bayon qilinayotgan voqia-hodisaga o’z munosabatini bildiradi. O’z fikrini isbotlash uchun dalillar izlaydi va uni asoslashga intiladi. U kuzatish taqqoslash, natijalariga tayanib, ma’lum bir fikrni rad etadi va bu haqda o’z hukmini chiqaradi. Muhokama tarzidagi matnlar yaxshilik va yomonlik, mehnat sevarlik va ishyoqmaslik, halollik va tekin xo’rlik, to’g’rilik va egrilik, yaxshi so’z va yomon so’z, do’stlik va dushmanlik, botirlik va qo’qoqlik, odob va odobsizlik, qadr- qimmat va qadrsizlik, sabr-qanoat va sabrsizlik kabi mavzularda bo’lishi mumkin. Ayniqsa xalq maqollarini muhokama matnining mavzusi qilib tanlash maqsadga muvofiqdir. Masalan, “Betga aytganning zahri yo’q”, “Dili to’g’rining - yo’li to’g’ri”, “Sayoq yurgan-tayoq yer” kabi. Matnlar uslub jihatidan ham rang- barangdir. Ona tili mashg’ulotlarida badiiy, publisistik, ilmiy va rasmiy matnlardan foydalaniladi. Har bir uslub ma’lum bir til me’yorini talab etadi. Badiiy uslubda yozilgan matnlarning o’ziga xos xususiyatlari ularda tasviriylik va ta’sirchanlikning kuchliligidir. O’quvchi badiiy matn yaratishda tabiat va ishtimoiy borliqqa nisbatan erkin munosabatda bo’ladi: uning mohiyatini ochish uchun turli-tuman leksik birliklar (ko’p ma’noli so’zlar, ma’nodosh va qarama- qarshi ma’noli so’zlar), tasviriy ifoda va frazeologik birikmalar, adabiy tilning tasviriy vositalari:o’xshatish, mubolog’a, kichraytirish, jonlantirish kabilardan o’z imkonoyatiga qarab bemalol goydalana oladi. Badiiy matn o’quvchilarda badiiy didni shakllantirishning asosiy vositalaridir. O’quvchi bunday matnlar orqali go’zallik va nafosat olamiga kiradi, o’z quvonchi va tashvishlari bilan o’rtoqlashadi, sevimli qahramonlariga ergashadi. Badiiy matn tasviriy, obrazli va jozibali bo’ladi. U xalq tilining barcha imkonoyatlarini o’zida aks ettiradi. Bunda tilning fonetik, leksik-semantik, gramatik vositalari badiiy tasvir vositasi bo’lib xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, badiiy matn o’zaro aloqador bo’lgan fonetik,leksik va gramatik birliklarni mujassamlashtirgan eng yirik nutq birligi sifatida bir butun sistemani shakllantiradi. Shuningdek, badiiy matn bir vaqtning o’zida semantic hamda sitimistik sistemani o’z ichiga oladi. Demak, badiiy matn tilshunoslikning eng murakkab, ko’p qirrrali tekshiruv ob’ektidir. Chunki u bir necha leksik, gramatik va stimistik sistemalar yig’indisi “sistemalar sistemasi” dan iboratdir. Badiiy matn bilish va yaratish aks ettirish va ijodning dialektik birligi asosida vujudga keladi. Badiiy asar kishilarning estetik ma’naviy talablarini qondirish uchun xizmat qiladi. Badiiy matnning tuzilishi ilmiy matn singari ma’lum logic qonunlarga bo’sunmaydi. U individual bo’lib muallif tomonidan erkin yaratiladi. Badiiy matn avtori til erkinligiga, ya’ni so’z ishlatishda katta imkoniyatlargaega bo’ladi. Shunga qaramasdan, badiiy matn yaratishda umumiy prinsiplar ham mavjud. Bu prinsiplar haqida alohida fikr yuritiladi. Badiiy matnning ifodali ta’sirchan bo’lishida sintaktik stilistik figuralar ( mubolag’a, kichraytish, takror, antiteza) ham muhim rol’ o’ynaydi. Publisistik matn. Bu matn kundalik hayotning turli artual tomonlarini ommabop tarzda aks ettradi. Publisistik matn o’zining informative boyligi, konkretligi va ekipressivligi, tashviqot va targ’ibot xarakterdaligi bilan boshqa matnlardan farq qiladi. Bunday matnlarda siyosiy terminlar, neologizmlar, turli kasb-hunar so’zlari, hatto so’zlashuv nutqi elementlari ham uchraydi. Ona tili mashg’ulatlarida o’quvchilarni publisestik matnlar yaratishga o’rgatishi uchun avvala ularning bu usulning til xususiyatlari ustida ishlashga to’g’ri keladi. Publisistik matnning tili pishiq, aniq ifodali, ravon, ixcham, jonli bo’lib, u nutqning jangoborligi, ta’sirchanligi, o’qimishliligi va ommabobligini ta’minlaydi. Odatda, gazetalarning bosh maqollari, diplamatik nutqlari, matndagi nutqlar, mitingdagi nutqlar, ocherk, peportaj fel’emonlar publisistik matn sanaladi. Ilmiy matn. Bu tip matn adabiy til normalarini to’la saqlagan, faktik materiallarga boy, aniq, siqiq xabarlarni o’z ichiga oladi. Ilmiy matn monologik xarakterda bo’lib, unga ko’chma ma’noli so’zlar, hazil so’zlar ishlatilmaydi. Har bir fanga xos ilmiy terminlar va formulalar ilmiy matn asosini tashkil etadi. Ilmiy matnga tezis, maqola,doklad, annotasiya, taqriz konspekti, ma’ruza, monografiya, darslik va qo’llanmalar kiradi. Rasmiy matn. Ona tili o’qitish jarayonida ancha sarmoqli o’rin egallaydi. O’quvchilar hukumat qarorlari, buyruqlari, shartnomalari, rasmiy e’lonlari, ayniqsa, rasmiy ish qogo’lari: ariza, tarjimai hol, ishonch qog’ozi, tilxat, telegramma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, qaror, hisobot, xat, e’lon kabilar bilan ish ko’rish jarayonida nutqning bu ko’rinishini mukammal egallab boradilar. Matnning uslubiy qaysi so’z va tushunchalardan foydalanishini belgilaydi. Ona tili mashg’ulotlarida matnlar til hodisalarining mohiyatini anglashga, o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirishga xizmat qiladi. Matn ustida ishlashning oily ko’rinishi matn yaratishdir. Tabiyki, matn oldiga bunday maqsadni qo’yish shartlidir. Chunki og’zaki va yozma nutqni ustirishga qaratilgan matnlar ham, o’quvchilar yaratadigan matnlar ham til hodisalarining mohiyatini anglashga xizmat qiladi. Ammo ularning birinchi keyingilari uchun asos bo’lib xizmat qiladi: biri ikkinchisiga zamin hozirlaydi. Matn ustida ishlashning o’ziga xoz xususiyatlarini hisobga olib, ularning har biriga olohida –alohida to’talamiz: Til hodisalarining mohiyatini aniqlashga mo’ljallangan matnlar. Ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini rivojlantirishi, avvalo o’qitish usullarini bir muncha takomillashtirishini, uni deduktiv ( Umumiydan xususiyga) usuldan ko’proq induktiv ( xususiydan umumiyga ) usulga o’tishni taqozo etadi. Bu, shubhasiz o’quvchini ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradi. O’quvchi birilgan matnda til hodisalarini kuzatish, taqqoslash, guruhlarga ajratish, umumlashtirish asosida qoida, ta’rif hamda umumiy xossalarga keladi. Tahlil uchun tanlanadigan matnlar asosan amaliy yo’nalishda bo’lishi kerak. Tahlil uchun matnlarning bir qismi maktab ona tili darsliklarida berilgan bo’lsa asosiy qismini o’qituvchi tanlaydi ular badiiy asarlardan, ilmiy va ilmiy ommabob kitoblardan, matbuot materiallaridan tanlab olinishi mumkin. Bunday matnlar o’rganilayotgan til hodisasiga muvofiq kelishi bilan birga tarbiyaviy ahamiyatga molik bo’lishi lozim. 5.O’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishga muo’ljallangan matnlar. Og’zaki nutq yozma nutqning asosidir. Ammo, afsuski, ko’p hollarda ona tili mashg’ulotlarida asosiy etibor o’quvchilarning yozma nutqiga qaratilib, og’zaki nutq uning soyasiga qolib ketadi. Natijada maktabni bitirib chiqayotgan yoshlarning talaygina qismi til imkoniyatlaridan foydalinayotganda, fikrni og’zaki bayon qilishda qiynaladi. Ona tili mashg’ulotlarida matnning mazmunini saqlagan holda shaklni o’zgartirib bayon qilish she’riy asarlar mazmunini nasriy yo’l bilan qilish, matnni qisqartirib yoki kengaytirib baton qilish, saylab bayon qilish kabi turlaridan keng foydalaniladi. Matn mazmunini saqlagan holda shaklini o’zgartirib bayon qilib ancha samarali ish usullaridan biri sanaladi. O’quvchilar berilgan dialogic matnlar mazmunini ko’chirma gaplardan foydalangan holda bayon qilishlari, matnda berilgan soda gaplarni qo’shma gaplarga va aksincha qo’shma gaplarni soda gaplarga aylantirib bayon qilishlari hech qanday o’zgarishsiz badiiy til vositalarini saqlagan holda so’zlab berishlari mumkin. Masalan, “Ko’chirma va o’zlashtirma gap” mavzuni o’rganishi jarayonida o’quvchilarga quyidagi topshiriq bilan murojaat qilish mumkin. Matn mazmuni qisqartirib yoki kengaytirib bayon qilish ham o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirishga juda katta amaliy yordam ko’rsatadi. O’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirishda matnga ayrim o’zgarishlar kiritib so’zlash uslubidan ham foydalaniladi. Mustaqil ishning bu turi tarkibida ma’lum darajada ijodiylik borligi bilan ajralib turadi. Bunday ishlarga ma’lum bir shaxs nomidan berilgan matnni boshqa bir shaxs nomidan so’zlash, matn mazmunlarini to’ldirish voqeani sahnalashtirish kabilarini kiritsa bo’ladi. Matnda so’slovchi shaxsini o’zgartirib so’zlashda go’yo ijodiylik yo’qday bo’lib ko’rinadi ammo shaxsning o’zgartirishi gapining egasi va kesimi o’rtasida munosabatlarning o’zgarishiga, jumlaning matnda berilgan tartibini o’zgartirishiga olib keladi. 1. Matndan zarur o’rinlarni ko’chirib yozish. Bu usul nutq taraqqiyotida muhim o’rin egallaydi. Ko’chirib yozish jarayonida faqat o’quvchilarning yozish usuli makommillashib qolmasdan, shu bilan birga ularda badiiy asarni sinchikovlik bilan o’qishi malakalarni ham rivojlanib beradi. Ko’chirib yozish ayni vaqtda badiiy nutq vositaalarni mukammal egallashga yordam beradi. 2.Badiiy asar qahramonlarni nutqdan zarur o’rinlarni ko’chirish.Bu usul ham o’quvchilaarning yozma nutqini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Zarur o’rin, shubhasiz , o’rganilayotgan til hodisasining mohiyatini anglash uchun xizmat qiladigan o’rinlardir. 3.Matn mazmuning saqlagan holda shaklini o’zgartirish. Ona tili mashg’ulotlarida yozma nutqni rivojlantirishning bu samaraki usullardan keng foydalanishga to’g’ri keladi. 4.She’riy saralash asarlar mazmunini hikoyaga aylantirib yozish. Ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilarning yozma nutqini rivojlantirish choralaridan yana biri syujetli she’riy asarlar mazmunini hikoyaga aylantirib yozishdir. Ijodiy ishning bu turi o’quvchidan ma’lum darajada izlanishni talab etadi. 5. Matn mazmunini asosida reja tuzish.Mazmun asosida reja tuzish ham yozma nutqni rivojlantirish usullaridan biridir. Reja tuzish uchun o’quvchi matn mazmunini to’la o’zlashtirishi asosiy fikrni ajrata bilishi, uni mantiqiy izchillikda joylashtira olish lozim. 6. Savol va topshiriqlarga javob yozish. Ona tilidan o’quvchilarning yozma nutqni rivojlantirish maqsadida savol va topshiriqlarda javob yozish usulidan ham foydalanish tavsiya etiladi. O’quvchilardan tavsiya etilgan badiiy asar yoki berilgan matnni diqqat bilan o’qib, qo’yilgan savol va topshiriqlarga qisqa, ixcham , aniq va puxta javoblar qaytarish talab etiladi. 7.Matn mazmunini qisqartirib yozish. Shubhasiz, matn mazmunini qisqartirib tozish uchun tavsiya qilingan matnning hajmi kengroq bo’lishi kerak . Qisqartirib yozishi matnni diqqat bilan o’qib chiqishi yoki tinglash, muhim o’rinlarni belgilash, uning rejasini tuzib, shu asosida fikrlarni izchillik bilan bayon qilishni talab etadi. Demak, qisqartirib yozishda faqat asosiy fikrlar qamrab olinadi. Asosiy fikr esa matn mazminini to’la o‘zlashtirilgandan keyingina ma’lum bo’ladi. 8.Matn mazmunini kengaytirib yozish. Matn mazmunini kengaytirishda boshlanish qismi berilgan hikoyalar, soda yig’iq gaplardan iborat matnlar, xalq maqollari, hikmatli so’zlardan foydalanish o’rinlidir. Boshlanish qismi berilgan matnni davom ettirish, uni kengaytirish imkonini yaratadi. Shubhasuz matnning davom ettirilgan qismi talabaning ijodiy ishi sanaladi. Chunki boshlanish qismi berilgan voqeani davom ettirilishi uchun talaba izlanishiga, ijodiy faolyat ko’rsatishga majbur bo’ladi. 9.Ilmiy uslubga bergan matnlarni badiiy uslubga aylantirib yozish. Bu nutq o’stirishicha qaratilgan ijodiy yozmaishlarning murakkab va o‘ta zarur turlaridan biridir. Talaba ilmiy tasvirni badiiy tasvirga aylantirar ekan, ilmiy nutqga xos bo’lgan ifodalarni badiiy ifodalar bilan almashtiradi.Bu esa undan badiiy nutq me’yorlaridan unumli foydalanishni talab etadi. Download 74.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling