Semantik maydon nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, zid ma’noli so‘zlarning funksional-semantik xususiyatlari bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlarga duch kelamiz.
Semantik maydon uzvlari o‘rtasidagi zidlanishlar ko‘lami antonimlar doirasiga qaraganda keng va ko‘p qirralidir.
Shu ma’noda antonimlarga maydon uzvlari o‘rtasidagi zidlanishning bir ko‘rinishi sifatida qarash mumkin. Semantik maydonda leksemalararo zidlanishdan tashqari guruhlar, mikromaydonlar, hatto yirik qurilmalararo ziddiyatlarning ham mavjudligi kuzatiladi (Sobirov A. O‘zbek tilining leksik sathini sistemalar sistemasi tamoyili asosida tadqiq etish.- Toshkent: Ma’naviyat, 2004, 152-b.).
Parcha uch abzatsdan iborat, ammo bitta supersintaktik birlik mavjud. Buni har uch abzatsdagi gaplarning bir-biriga ham mazmuniy-sintaktik, ham mantiqiy bog‘lanishini ta’minlagan mushtarak so‘zlar va bog‘lovchi vositalar hamda fikriy tugallanganlik ko‘rsatib turibdi.
Rasmiy matnlarda, masalan, qonun hujjatlarida bir supersintaktik birlikkina emas, hatto ayrim gap ham bir necha abzatslarga bo‘lingan holda berilishi mumkin. Bu ham, albatta, tegishli ta’kid, fikr bo‘laklarini ajratib ko‘rsatish maqsadi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |