Matn lingvistikasi


Download 1.36 Mb.
bet32/113
Sana10.11.2021
Hajmi1.36 Mb.
#173327
TuriУчебное пособие
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   113
Bog'liq
MATNLINGVISTIKASI

Turmush tashvishlari,

Turmush tashvishlari,

Biz sendan balandroq tura olsaydik,

Biz sendek balandroq yura olsaydik,

Balki o‘ng‘ayardi dunyo ishlari,



Turmush tashvishlari,

Turmush tashvishlari. (A.Oripov)

Takrorning bir necha ko‘rinishlari bor, ular ham matn tashakkulida uslubiy vazifa bajaradi: Alliteratsiya, assonans, anafora, epifora kabilar. Alliteratsiya deb undosh tovushlarning uslubiy maqsadlarda takrorlanishiga aytiladi. Assonans esa unli tovushlarning takrorlanishidir. Anafora deganda so‘z yoki so‘z birikmalarining she’riy misralar boshida takrorlanishi tushuniladi. Epiforada esa misralar oxiridagi so‘z yoki qo‘shimchalarning takrorlanishi nazarda tutiladi. Bularning bari matnning kompozitsion butunligi uchun xizmat qiladi.

Takrorlar qo‘llanish o‘rniga ko‘ra gorizontal va vertikal takrorlarga bo‘linadi. Bunday takrorlar ayniqsa, she’riy matnlarda o‘ziga xos ohangdorlikni yuzaga keltiradi. Takrorlanuvchi birlikning qaysi turkumga mansubligiga ko‘ra ot takrori, sifat takrori, olmosh takrori, fe’l takrori kabilarga bo‘linadi. Sintaktik tabiatiga ko‘ra so‘z birikmasi takrori va jumla takrori ham farqlanadi. Mazkur birliklarning joylashish tartibiga ko‘ra ham tasnif qilish mumkin: simmetrik takror va asimmetrik takror. Shuningdek, o‘rtadagi masofasiga ko‘ra ham guruhlashtirish mumkin: yaqin o‘rinli takror, uzoq o‘rinli takror. Badiiy asarlarda ma’lum bir fikrning turli shakllarda takrorlanishiga qarab mazmuniy takror turini ham kuzatishimiz mumkin.


Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling