Matn lingvistikasi


Download 1.36 Mb.
bet72/113
Sana10.11.2021
Hajmi1.36 Mb.
#173327
TuriУчебное пособие
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113
Bog'liq
MATNLINGVISTIKASI

Chin sevish

Hind ixtilolchilari turmushidan oling‘an

5 pardali ishqiy-hissiy fojiadir

Kimsalar:

Nuriddinxon – faylasuf tabiatli, 35 yashar o‘qumish(li) bir yigit (Hindning o‘rtaholli kishilaridandir).

Ahmadxon – 25 yashar o‘qumish(li) bir yigit (Nuriddinning inisi).

Sarvarxon – o‘qumish(li) bir yigit (Nuriddinning o‘rtog‘i).

Zulayho – 16 yashar, o‘qumish(li) bir qiz. (…)

Voqea Hindistonning Dehli shahrida

Birinchi parda

Erta bilan Uchmox ko‘runishli bir bog‘cha. O‘rtada bir uzun masoning tegrasinda o‘rinduqlar qo‘yulg‘an. Og‘och taginda qo‘yilg‘on bir o‘rindig‘da Zulayho qizil ipakli bir ko‘ylak bilan o‘tiribdir. Qo‘linda kichkina bir bitik (Fitrat).

O‘tkir Hoshimov kichik hajmli «Bolalik – poshsholik» deb ataladigan qatralarida ham remarka usulidan foydalanganligini ko‘rish mumkin:



Yulduz.Uch yashar.

- Nima eysan, Yulduz, nokmi, shokoladmi?

- Nokolad!

Jahongir. Olti yashar.

-Ayajon. Nega dadajonning sochlari yo‘q?

-Dadajoning ko‘p o‘ylaydilar-da, o‘g‘lim. Dadajon aqllilar!

-Bo‘lmasa, nega sizning sochingiz ko‘p?

-O‘chir ovozingni, zumrasha!




Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling