Matn lingvistikasi


Sun’iy intellekt yaratish nazariyasi


Download 1.36 Mb.
bet88/113
Sana10.11.2021
Hajmi1.36 Mb.
#173327
TuriУчебное пособие
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   113
Bog'liq
MATNLINGVISTIKASI

3. Sun’iy intellekt yaratish nazariyasi. Bu nazariya asoslari informatika fanidan olingan bo‘lib, unda sun’iy intellekt va inson ongi, tili o‘rtasidagi bog‘liqliklar o‘rganiladi.

4. Kognitiv semantika yo‘nalishi. Kognitiv semantikani yana “tildagi konseptualizatsiya va kategorizatsiya nazariyasi” deb ham atashadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra til birligining ma’nosi boshqa kognitiv strukturalar kontekstida aniqlanishi zarur, chunki ushbu bilimlar bloki mazkur ma’nolar ortida turadi va ularni tushunishni ta’minlaydi”.194 Kognitiv strukturalar kognitiv sferalar, kognitiv kontekstlar (R.Lenker), mental makonlar (J.Fakone, Dj.Lakoff) yoki freymlar (Ch.Filmor) deb ham ataladi. Kognitiv strukturalar “til analiziga til hamda tilga aloqasi bo‘lmagan (ensiklopedik) bilimlarni jalb qilgan holda semantik nazariyaga ko‘p darajali xarakterni bahsh etishni” taqazo qiladi.195 U yoki bu kognitiv strukturalarda aniqlanayotgan til birliklari ma’nolari u yoki bu konseptlar asosida shakllanadi. N.N.Boldirevning ta’kidashicha, konseptlar til kategoriyalari shakllanishining asosida yotadi. SHunga ko‘ra til birliklari va til kategoriyalari ma’nolarini kognitiv semantika doirasida tadqiq qilish konseptual analiz metodi asosida amalga oshiriladi. Konseptual analiz til birliklari va shakllarida ifodalangan dunyoni anglash, tushunish, fikrlash, bilish usullarini o‘rganishni taqazo qiladi. Bunda ma’nolar so‘zlar, so‘z birikmalari, jumlalar va, umuman, matnlar bilan ifodalanishi mumkin. Konseptual analiz konseptlar mazmunini va bu bilan bir qatorda yashirin, assotsiativ va b. konseptual xarakteristikalarni aniqlaydi.


Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling