Matn muharirlari bilan ishlash
F10 --> Tekst --> Saqlash --> "fayl nomi"
Download 272.2 Kb.
|
4.MATN MUHARRIRLARI
F10 --> Tekst --> Saqlash --> "fayl nomi"
Imkoniyatlari ko`proq bo`lgan matn muharrirlari kamroq imkoniyatli matn muharrirlari bajara oladigan barcha amallarni bajarish imkoniyatiga ega. Shu bois yuqori imkoniyatli matn muharririda ishlashni o`zlashtirib olsangiz boshqa matn muharrirlarida ishlash qiyinchilik tug`dirmaydi. 1. Xujjatlarni, hisobotlarni, maqollalarni, iqtisod va buxgal-teriyaga oid normativ xujjatlarni sifatli darajada tayyorlash uchun matn muharrirlari ishlatiladi. Matn muharrirlari bilan ishlash jarayonida pechat qilish mashin-kalaridan farqli o`laroq hamma kiritilgan xujjatlar kompyuterda uzoq muddat saqlanadi. Кiritilgan matnlarni qog`ozga joylash, harflar o`lchamini o`zgartirish, qator orasidagi masofalarni tanlash, saxifadagi qator va belgilar sonini belgilash avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Bundan tashqari maxsus lug`atlar yordamida avtomatik ravishda orfografik va gramatik xatolar ham to`g`irlanadi. Matn muharrirlari o`zida jadval, tasvir va grafiklar yaratish imkonini beradi. Xozirgi kunda eng ko`p ishlatiladigan matn muharrirlariga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin. Word.Deap(WD), Winword, Placat, TEX, Jurnalist. Word matn muharriri o`rganuvchilarga o`z ma`lumotlari va grafik tasvirlarini kompyuter xotirasiga kiritish, matn ustida ishlash va jadvallar bilan ishlashni ta`minlaydi. 2. Microsoft Word tahrirlagichida xujjatlar bilan ishlash. Microsoft Word tahrirlagichiga kirish Word tahrirlagichi Microsoft firmasining mahsulidir. Hozirgacha uning Word 6.0, Word 7.0, Word 97 va Word 2000 versiyalari yaratilgan. Word 6.0 versiyasi alohida paket qilib chiqarilgan. Word 7.0 versiyasi Microsoft Office 7.0 paketida, Word 97 versiyasi Microsoft Office 97 paketida va Word 2000 versiyasi Microsoft Office 2000 paketida chiqarilgan. Microsoft Office 7.0, Microsoft Office 97 va Microsoft Office 2000 paketlarida Word dan tashqari yana bir nechta dasturlar mavjud. Masalan, Microsoft Excel, Microsoft Access, Microsoft Binder, Microsoft Outlook, Microsoft Power Point. Microsoft Office 2000 paketida bulardan tashqari Microsoft Publisher 2000 va Microsoft FrontPage 2000 dasturlari ham bor. Microsoft Office 7.0, Microsoft Office 97 va Microsoft Office 2000 dagi dasturlar bilan ishlash deyarli bir xil qoidalarga ega. Faqat keyingilari oldingilaridan imkoniyatlari kengligi bilan farq qiladi. Word tahrirlagichlari ichida Word 6.0 versiyasi eng birinchi yaratilgani bo`lib, unda ishlashni o`rganish boshqalariga nisbatan osonroq. Faqat Word 6.0 ning imkoniyatlari keyingi versiyalardan kamroq. Bu erda boshlab o`rganuvchilar uchun Word 6.0 versiyasi haqida qisqaroq ma`lumotlar berilgan. Agar Word 6.0 versiyasini yaxshi o`rganib olsangiz Word ning boshqa versiyalarida ham ishlay olasiz. Word tahrirlagichiga kirish uchun “Pusk” tugmasi bosilib “Programmo`” menyusidan “Microsoft Word” ni ishga tushiramiz. Yoki maxsus yaratilgan yorliq orqali ham kirish mumkin. Word 7.0, Word 97 va Word 2000 ga kirish uchun mos ravishda Microsoft Office panelidan Word belgisi tugmasi orqali ham kirish mumkin. Microsoft Word darchasi Word tahrirlagichiga kirsak ekranda uning dastur darchasi hosil bo`ladi. Dastur darchasining ichida hujjat darchasi joylashgan bo`ladi. Word darchasining ko`rinishi quyidagicha Word tahrirlagichida dastur darchasi boshqa darchalar kabi sarlavha satriga va menyu satriga ega. Darchaning ayrim belgilari Windows dasturlarining barchasiga tegishli. Sarlavha satrining chap qismida tizimli darchani masalalar paneliga yig`adigan, darchani butun ekranga yoyadigan, (agar darcha butun ekranga yoyilgan bo`lsa, yoyiq darchani kichraytiradigan), darchani yopadigan uchta tugmacha joylashgan. Menyu satridan pastda xohlasak qo`yib, xohlasak olib tashlaydigan uskunalar paneli joylashgan. Dastur darchasining pastki qismida holat satri joylashgan. Unda odatda kursorning joriy holati, joriy vaqt va tahrirlash takrtibi haqidagi ma`lumotlar chiqadi. Hujjat darchasi ham sarlavha satriga ega. Sarlavha satrining pastida tizimli menyu va o`ng qismida darchani masalalar paneliga yig`adigan, darchani butun ekranga yoyadigan, (agar darcha butun ekranga yoyilgan bo`lsa, yoyiq darchani kichraytiradigan), darchani yopadigan uchta tugmacha joylashgan. Xujjat darchasining chap va yuqori qismlarida chizg`ichlar joylashgan. Bu chizg`ichlarni qo`yish yoki olib tashlash mumkin. Xujjat darchasining o`ng va pastki qismlarida o`tkazish yo`lakchalari mavjud. Ular yordamida xujjat darchasidagi ma`lumotning ko`rinmay qolgan qismlarini ko`rish mumkin. Word ishga tushganda faylga “DOKUMENT 1” nomi beriladi. Bir necha xujjat bilan ishlaganda nomning raqami o`zgaradi, ya`ni masalan, “DOKUMENT 2” va xakazo. Bu nom xujjatning nomi o`zgartirilgandan so`ng o`zgaradi. Download 272.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling