4. Xujjatlarni tahrir qilish
Matn yozilganda dastlab u xatoliklardan holi bo'lmaydi. Xatto yozuv
mashinkasida ishlash bo'yicha katta tajribaga ega kotibalar ham matn terishda
hatolikka yo'l qo'yadilar. Kitob yozish yoki dastur tuzishda esa ish jarayonida tez-tez
fikr o'zgarib turadi. Bu holda umuman bexato yozilgan matnga ham tuzatishlar
kiritiladi.
Qo'lda yoki yozuv mashinkasida yozilgan matnga tuzatish kiritish mushkul,
aksariyat hollarda buning imkoniyati ham bo'lmaydi. Matn muharrirlari va matn
protsessorlari esa matinlarga ihtiyoriy tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi. Matnli
hujjatga
tuzatishlar
kiritish
matnni
tahrir
qilish
deyiladi.
Matnni tahrirlashda eng ko'p bajariladigan ish - bu ortiqcha belgini o'chirish
yoki tushib qolgan belgini oraga joylashtirish.
Ortiqcha belgini bir necha usul bilan o'chirish mumkin. Mazkur jarayonni
bosqichma bosqich ko'rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |