Nisbiy ergash gapga yuqorida keltirilgan ta’rifga ko’ra quyidagicha misol keltirish mumkin : Est-ce que tu a revu le garçon qui t’a fait danser hier ? Bu yerda qui t’a fait danser hier ergash gapi bosh gapdagi le garçon otini to’ldirib kelmoqda.
Nisbiy ergash gaplarni ikkiga bo’lish mumkin :
Aniqlovchili nisbiy ergash gap (la proposition relative déterminative) :
Nous avons tous peur de camion qui s’approche.
Izohlovchili nisbiy ergash gap (la proposition relative explicative) :
Le stylo, qui est rouge, est sur la table.
Izohlovchili nisbiy ergash gaplar izohlanayotgan ot va ergash gapning vergul bilan ajratilishi orqali aniqlovchili nisbiy ergash gaplardan farq qiladi. Chunki aniqlovchili nisbiy ergash gaplarda aniqlanayotgan ot va ergash gap o’rtasida hech qanday vergul qo’yilmaydi.
Bog’lovchili ergash gap ham o’z navbatida ikkiga bo’linadi : to’ldiruvchili ergashgan qo’shma gap (la proposition subordonnée complétive) va hol ergashgan qo’shma gap (la proposition subordonnée circonctentielle). Ular gapda faqat fe’lni to’ldirib kelishi mumkin.
To’ldiruvchi ergashgan qo’shma gaplar (la proposition subordonnée complétive) bosh gapdagi kesimning ma’nosini to’ldirib keladi. Ko’pincha ular quyidagi fe’l yoki iboralar va ulardan so’ng albatta que bog’lovchisi ishtirokida yasaladi :
Do'stlaringiz bilan baham: |