Matn tarixi uchun ma’lumotlar bevosita va bilvosita yo‘l


Download 18.52 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi18.52 Kb.
#190464
Bog'liq
Matn tarixi uchun ma’lumotlar bevosita va bilvosita yo‘l


Matn tarixi uchun ma’lumotlar bevosita va bilvosita yo‘l

bilan hosil qilinidi. Bunday ma’lumotlarni tadqiqotimizga

iloji boricha ko‘proq jalb etishimiz kerak.

107


Bevosita ma’lumotlar—to‘g‘ridan-to‘g‘ri asarning

o‘zidan olinadigan ma’lumotlardir. Asar matni o‘rganilar ekan

uni, imkoni boricha har xil turlarga mansub matnlari tadqiqot

uchun jalb qilinadi. Uning variantlari qatlam baqatlam

o‘rganilib borilmog‘i kerak. Qo‘lyozmadagi sana (tarix), imzo,

qo‘lyozmaning o‘zidagi muallif yoki kotibning o‘zi yoki o‘z davri

voqea va hodisalari haqidagi qaydlari va hokazolar bevosita

(asosiy) ma’lumotlar hisoblanadi. Bunday ma’lumotlarni

qidirib topa bilish kerak. Matnning o‘zida bunday

ma’lumotlar bo‘lmagani holda qo‘shimcha manbalardan

ma’lumotlar qidiriladi.

Bilvosita ma’lumotlar—asar haqida boshqa turli

manbalarda keltirilgan ma’lumotlar bo‘lib, ularni topish

birmuncha murakkabdir. Har bir asar o‘sha muallifning boshqa

asarlari bilan bog‘liq holda (bayozlarda, to‘plamlarda, vaqtli

nashrlarda, arxiv tarkibida), yozilgan davrda yuzaga kelgan

boshqa asarlar bilan aloqadorlikda o‘rganilmog‘i kerak. Asar

atrofidagi bu «doira» qanchalar kengayib borsa, matn tarixini

tiklash uchun asoslar shunchalik ko‘payadi.

Ba’zan asarlar mavzu jihatidan bir turli yoki unga

kamroq aloqador mazmundagi boshqa asarlar bilan qo‘shib

ko‘chirilgan bo‘ladi. Bunda to‘plamning tarkibi biz o‘rganayotgan

asarning janri, uning mazmuni tuzuvchi tomonidan qanday

tushunilganligini yoritib berilishi mumkin. Bu holda

to‘plamga kirgan asarlardagi tuzuvchi yoki kotib kiritgan

tuzatishlar to‘plamga boshdan oyoq aloqador bo‘lib, unda joy

olgan boshqa asarlardagi tuzutishlar tadqiq qilinayotgan

asarlarda ham o‘z aksini topgan bo‘ladi.

YOzma yodgorliklarimizning yagona nusxada saqlanib

qolganlari ham talaygina bor. (Xo‘jandiyning «Latofatnoma»,

Sayid Ahmadning «Taashshuqnoma» asarlari yagona nusxada

Londondagi britaniya muzeyida saqlanmoqda; Qutbning «Xusrav

va SHirin» dostonining yagona nusxasi Parijdagi milliy

kutubxonada 312 qayd raqami ostida saqlanmoqda; Sayfi

Saroyi «Suhayl va Guldursun» dostoni O‘z FA Adabiyot muzeyi

fondida, Durbekning «YUsuf va Zulayxo» dostoni, Turdi

Farog‘iyning she’rlar devoni O‘z FA SHI fondida

saqlanmoqda).

Asar matnini tiklash va nashr etish ishlari matnning

yagona yoki ko‘p nusxada saqlanib qolganidan qat’i nazar,

barqarorlashgan umumiy prinsiplar asosida olib boriladi.

Ammo matnshunoslik amaliyoti bu prinsiplarning qotib qolgan

qoidalar yig‘indisi emasligini, ularga yopishib olmaslik

kerakligini ko‘rsatadi. Ko‘pincha, ma’lum bir qo‘lyozma ustida

ish boshlar ekanmiz, bu prinsiplarga nisbatan istisnoli

o‘rinlar chiqa boshlaydi. SHu bois har bir holat va qo‘lyozma uchun

xususiy bo‘lgan jihatlarni hisobga olgan holda, umumiy

prinsiplarga qo‘shimcha ravishda, faqat shu qo‘lyozmagagina xos

bo‘lgan xususiy prinsiplar ishlab chiqiladi va bunday holatlar,

odatda, nashrning arxeografik kirish (matn tanqidi) qismida

zikr etiladi.

100


Matn ustida ishlash, avvalo, uni o‘qib chiqishdan

boshlanadi. Matnni o‘qish ikki bosqichda kechadi. Birinchi

bosqich paleografik o‘qish tarzida borgani ma’qul. YA’ni,

matnni yozuv xarakteriga qarab, harflari aniqlanib, so‘zlar

chegarasi belgilab olinadi. YOzuv o‘chgan, o‘chirilgan joylarini

e’tiborga olib (qayd etib) o‘qib chiqiladi. O‘qilishining iloji

yo‘q o‘rinlar (dog‘, o‘chgan, o‘chirilgan, qayta tuzatilgan va h.k.lar)

fotoanaliz qilinishi mumkin. Buning uchun rivojlangan

mamlakatlarda hozir lyuminissent fotografiyasi,

radiografiyasi, rentgenoskopiya kabi usullar qo‘llaniladi.

Ammo hozirgi paytda bu zamonaviy usullarni qo‘llash uchun

texnik vositalar qo‘lyozma fondlarimizda mavjud emas.

Murakkab hollarda ayrim xos harflarning yozilishiga

jadval tuzib olgan ma’qul. Bu muayyan harfning boshqa

o‘rinlarda uchraydigan qiyin holatlardagi ko‘rinishini

aniqlashni osonlashtiradi. Bu bosqichda matnning shakli

tiklanadi. Bu—matnni matnshunoslik nuqtai nazaridan

tushunishning birinchi bosqichi.

Matnning turini aniqlash; asarning yuzaga kelish va

matnning yozilish davrini aniqlash; kelib chiqish o‘rnini

aniqlash kabi tashqi belgilar ham yagona nusxadagi matn

tarixini o‘rganishning dastlabki bosqichida amalga

oshiriladigan ishlardandir. Bu ishlarning natijasi oxir

oqibatda asar matnini to‘g‘ri tushunishga xizmat qiladi.

Ikkinchi bosqich tekstologik o‘qish tarzida boradi.

YA’ni, matn sintaksisiga kirib boriladi va uning mazmuni

tiklanadi.

Matnni to‘g‘ri o‘qiy olishning asosiy sharti—davr tilini

yaxsha bilishdir. Buning uchun davrning fonetik, morfologik va

sintaktik mezonlaridan xabardor bo‘lishimiz kerak bo‘ladi.

O‘qish jarayonida davr adabiy uslubi, tarixiy atamalari va

h.k.larga ehtiyoj seziladi.

Murakkab matnlar albatta ko‘chirib yozib olinishi kerak.

Bunda uning tinish belgilari o‘rni, personaj nutqi, ko‘chirma

va o‘zlashtirma gaplar va h.k.lar yaqqol ko‘rinib qoladi. Bunda

matndagi xatolar, takrorlar ko‘zga tashlanishi oson bo‘ladi. Bu

101

bosqichda matn tarixini o‘rganish sari chuqurlashib boriladi.



YA’ni: matn xatolari, atayin yoki beixtiyor kiritilgan

o‘zgarishlar, ularning yuzaga kelishi sabablari aniqlanadi.

Bunday nusxalarning matnini tiklashda, o‘qilishi qiyin,

tushunarsiz joylarini aniqlashda matnshunos ko‘p jihatdan

bir nusxa doirasida chegaralangani sababli, kontekstga suyangan

holda hissiy idrokni ishga solishiga to‘g‘ri keladi. O‘qilishi

qiyin, buzilgan joylarni asarning umumiy mazmunidan kelib

chiqib, o‘z mulohazalarigagina asoslanib tuzatish

matnshunoslikda kon’ektura deyiladi.

Nihoyat, matn tarixi uchun yig‘ilgan barcha ma’lumotlarga

asoslanib, matnni bir boshdan tiklashga kirishiladi. Tayyor

bo‘lgan matn ilmiy yoki ommabop tarzda chop etiladi. Matn

tarixi haqidagi ma’lumotlardan esa matn tanqidi (matn

haqidagi tadqiqot, matnshunoslik tahlili) yuzaga keladi.

Asar ko‘p nusxalarda saqlanib qolgan bo‘lsa, matnshunos

ulardan foydalanib, eng ishonchli matnni yuzaga keltirishi

kerak bo‘ladi. Buning uchun mavjud nusxalarning barchasi

tadqiq nazaridan o‘tkazilishi va xillanishi lozim.

Ko‘p nusxali matnlarni tadqiq etishda nusxalarni xillash

jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

—Nusxalarni topish

—o‘zaro aloqadorlik darajasini aniqlash

—ko‘chirilgan nusxalar (kopiya)ni aniqlash

—davrini, o‘rnini aniqlash

Aytaylik, turli nusxalarda matnni yig‘ib oldingiz.

Avvalo, ularning o‘zaro aloqadorlik darajasi aniqladingiz.

Keyin ularni xillashga o‘tasiz:

—nuqsonsiz

—nuqsonli

—to‘la


—to‘la bo‘lmagan

—o‘zgartirib ko‘chirilgan

—o‘zgartirmay ko‘chirilgan va hokazolar.

SHundan keyin bir nusxani tayanch nusxa qilib belgilab

olinadi va keyingi barcha ishlar shu nusxa atrofida olib

boriladi. Tayanch nusxa uchun, odatda, qadimiy, benuqson va to‘la

saqlangan qo‘lyozma mo‘‘tabar sanaladi. Ammo hayotda hamma vaqt

mavjud qo‘lyozmalarning orasida qadimiysi yaxshi saqlangan va

benuqson bo‘lavermaydi. SHuning uchun bu tanlovda birmuncha

keyinroq yuzaga kelgan qo‘lyozmaga kelib to‘xtashimiz ham

mumkin. (Nashr uchun, barcha qo‘lyozmalar qiyosiy o‘rganib

chiqilib, tadqiqot natijalariga qarab, boshqa tayanch nusxa

tanlanishi ham mumkin.) Ammo boshqa nusxalar bilan umumiy

jihatlari ko‘proq nusxani tayanch nusxa sifatida tanlagan

ma’qul. SHunda o‘qilishdagi farqlar soni ko‘payib ketmaydi.

103


Bundan keyingi ishlar quyidagilardan iborat bo‘ladi:

—nusxalarni taqqoslash

—o‘qilishdagi farqlarni aniqlash va ularni tayanch

nusxaga yig‘ish

—o‘qilishdagi farqlarni tahlil qilish

—qistirilgan va tushib qolgan o‘rnilarini aniqlash.

Matn ustida ishlash.

D.S.Lixachev tayanch nusxa matniga matniy tafovutlarni

yig‘ishning quyidagi usulini tavsiya qiladi.

Qog‘oz nusxalar soniga qarab ustunlarga ajratiladi.

A B V G

tayanch nusxa

matni

yordamchi nusxa yordamchi nusxa yordamchi



nusxa

CHap ustunga tayanch nusxa matni yoziladi.

Matniy tafovutlar ko‘p bo‘lsa, tayanch nusxa matni bir

qatorga bittadan so‘z tarzida yoziladi.

Keyingi har bir ustun bittadan yordamchi nusxaning

matniy tafovutiga ajratiladi. Ustun tepasiga o‘sha nusxaning

shartli belgisi yozib qo‘yiladi. Nusxalarga alifbo tartibi,

nusxa topilgan yoki saqlanadigan joyning bosh harfi shaklida

shartli belgilar beriladi va bu ishning tadqiqot qismida

ko‘rsatib o‘tiladi.

Barcha matniy tafovutlar kiritib bo‘lingach, ularning

tahliliga o‘tiladi.

Matniy farqlar faqat kotibning xatosi tufayligina

yuzaga kelib qolmasdan, balki ongli ravishda qilingan bo‘lishi



ham mumkin.
Download 18.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling