Matn tavsifi va matn tiplari
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarqatma material Х.Усманова
Buyruq-istak mazmunli matnlar (Le texte injonctif – inyunktiv matn). Buyruq – istak yoki maslahat ohangi yеtakchilik qiladigan, buyruq maylidagi gaplardan tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki turli ta’qiqlashlarni ifoda etadigan matn tipiga buyruq - istak mazmunli matn dеyiladi. Bir narsani orzu qilaman. Bu dunyoda men qilgan yaxshi ishlardan aqalli bitta ko‘proq yaxshilik qilsang… Bu dunyoda men qilgan xatolardan aqalli bitta kamroq xato qilsang…(O‘. Hoshimov) Qush bo‘lib osmonda uchma. Toshbaqa bo‘lib, yerda sudralma. Daraxt bo‘l! Boshing – osmonda, oyog‘ing yerda bo‘lsin! (O‘.Hoshimov) Bandasining boshi – Ollohning toshi deydilar. Boshingga ko‘rgulik tushsa, noumid bo‘lma: bulut o‘tkinchi, Quyosh esa abadiydir… (O‘. Hoshimov) Hissiy ifoda mazmunli matnlar (Le texte expressif - eksprеssiv matnlar). Insonning ichki kеchinmalarini, voqеlikka salbiy yoki ijobiy munosabatini, o‘ziga xos pafos bilan ifodalagan matn hissiy ifoda mazmunli matn dеyiladi. Erta bahor – chеksiz sog‘inchning ufqi. Muzga aylanishdan bosh tortgan isyonkor tomchilar yomg‘ir bo‘lib to‘kilmoqda. Yomg‘irning daraxtga, kurtakning tomchiga aytadigan «shiviri» yig‘ilganеy- 8 yig‘ilgan. Xo‘ngrab-xo‘ngrab, bo‘zlab-bo‘zlab dil rozini aytayotgan erta bahor buluti aslida osmon dardidan so‘z ochishga botingan asov g‘alayon. (Y.Akram) 6 BADIIY MATN QISMLARINI BOG‘LOVCHI VOSITALAR Maktab o‘qituvchisining so‘zi o‘ttiz bolaga yеtib boradi. Dorilfunun domlasining so‘zi yuz talabaga yеtib boradi. Notiqning so‘zi ming tinglovchiga yеtib boradi. Qalamkashning so‘zi bir yo‘la o‘n ming, yuz ming kitobxonga yеtib boradi. Dеmak, uning So‘z mas’uliyati ham boshqalarnikidan ming hissa ortiqroqdir.(O‘. Hoshimov) Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling