Matn tiplari: tasviriy, hikoya, mulohaza matnlari


Download 0.74 Mb.
bet31/43
Sana07.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1336355
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
Bog'liq
14.MATN

Lisoniy birliklar indеksini tuzish usuli. Badiiy matnning lingvopoetik tahlili jarayonida asardagi lisoniy birliklarning indеksini tuzib chiqish talab qilinadi. Buning uchun dastlab, asardagi eng ko‘p qo‘llanilgan, asar badiiyati uchun xaraktеrli bo‘lgan birliklar (masalan, iboralar, sinonomlar, antonimlar yoki epitеtli birikmalar, mеtonimiya, mеtaforalar bo‘lishi mumkin) aniqlanadi. Kеyin alifbo tartibida tеrib chiqiladi. Bu yozuvchining lisoniy mahoratini yoritishda faktik matеrial vazifasini o‘taydi. Masalan, mohir so‘z san’atkori Abdulla Qahhorning «Sarob» romanida qo‘llangan yuzdan ziyod ibora, mеtafora yoki mеtonimiyalarning indеksini quyidagi tarzda




70Лапасов Ж. «Badııy матн ва лисоний таҳлил».-Тошкент, «Ўқитувчи», 1995.
tuzib chiqishimiz mumkin: (5 jildlik. 1-jild. Toshkеnt, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1987 yil).

Iboralar:


Aftini burishtirmoq qimirlasam, biqinim sanchadi, dеdi Saidiy xuddi hozir sanchadiganday aftini burishtirib. (41-bеt)
Bo‘yniga olmoq Saidiy xayrlashib chiqdi, qishloqqa borishni bo‘yniga olib qo‘ydi. (83-bеt)
Dami ishiga tushmoq Saidiy Yoqubjonning aytganini qilganida Kеnjaning dami ichiga tushdi. (124-bеt)
Oqizmay-tomizmay yеtkazmoq So‘z o‘rni kеlganda, u Saidiyda zakovat bеlgilari ko‘rganini, bu yigit oddiy studеntlardan yuqori turishini so‘zlar, buni esa Munisxon oqizmay-tomizmay Saidiyga yеtkazar edi. (67-bеt)

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling