Matn va uni tahlil etish tamoyillari
Download 48.92 Kb.
|
SAyora apam
Leksik ma'nodoshlikdan quyidagicha foydalaniladi:
1.Til birliklarining takrori natijasida yuzaga keladigan ifoda rangsizligidan qochish uchun: Ikkala o`rtoqning sharaq-sharaq gaplashgan, bir biriga sevinch bildirishgan quvnoq va baland ovozlari boshqa hamma unlarni bosib ketdi. 2.Tasvir ob'ektiga e'tiborni jalb etish uchun: Holbuki, musulmonlik kiyimda emas, qalbda, dilda. 3.Ijobiy belgining darajama-daraja ortib borishini aniq ifodalash uchun: Zebixon bilan kelgan boshqa qizlar ham bir-biridan quvnoq. 4.Salbiy belgining kuchayib borishini aniq ifodalash uchun: Xo`sh, ming-boshining o`zi odamlar aytganday juda xunuk va badbashara odammi? Kontekstual ma'nodoshlik. Mahoratli yozuvchilar tildagi tayyor sinonimlardangina foydalanib qolmay, badiiy tasvir ehtiyojiga ko`ra ma'nodosh bo`lmagan so`zlarni ham shunday qo`llaydilarki, bu so`zlar matnda xuddi ma'nodosh so`zlar kabi idrok etiladi: Kechagina, qarg`ab, so`kib, «o`ldirsam» deb yurgan kundoshini o`pib, quchoqlab, silab-siypab birpasda qalin do`st bo`lgan emish. Frazeologik ma'nodoshlik. Voqealikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko`z o`ngida aniq va to`la gavdalantirishda iboralarning ma'nodoshligidan keng foydalaniladi: Uenggan, yutgan. Oshig`i olchi kelgan, deganini bo`ldirgan kundosh emasmidi? Jumla tarkibida kelgan ma'nodosh iboralar qahramon bilan aloqador biror sifatni, xususiyatni ikir-chikirigacha tasvirlashgaqaratilgan bo’ladi.. Leksik-frazeologik ma'nodoshlik. Lug`aviy birlik sifatida so`zlar iboralar bilan sinaktik munosabatda bo`lishi mumkin. Matnda bunday holatni bo`rttirib, atroflicha tasvirlashda foydalaniladi: Qurvonbibi so`zga qancha epchil bo`lsa, Razzoq so`fi shu qadar kamgap indamas, damini ichiga solgan, ziqna odam edi. 3. Tovush tomoni bir xil bo`lib, turli ma'nolarni ifodalovchi so`zlar omonimlar deyiladi. Omoleksemalar-shakliy, ham talaffuz jihatidan bir xil so`zlar: qovoq-qovoq Omograflar-shakli bir xil, talaffuzi har xil so`zlar-tom-tom, atlas-atlas. Omofonlar-talaffuzi bir xil: yod-yot, sutxo’r-sudxo`r. Shakldoshlik iboralarda ham uchraydi: boshiga ko`tarmoq (e'zozlamoq)-boshga ko`tarmoq (to`polon qilmoq) qo`l ko`tarmoq. 1.Zid ma'noli so`zlar badiiy nutqda ta'sirchanlikni ta'minlashda qulay vositadir. Sharq adabiyotida qadimdan bu ifoda imkoniyatidan keng foydalaniladi. Uning asosida tazod, antiteza va zid ma'noli so`zlarni yonma-yon qo`llash orqali tushunchalar, belgilar, holatlar, obrazlar zidlanadi. Lisoniy va kontekstual antonimlar farqlanadi. Zid ma'nolilik iboralarda ham uchraydi: ko`kka ko`tardi-erga urdi, ko`ngli oq-ichi qora, yuzi yorug`-yuzi qora. 2.Yozuvchining mahoratini belgilashda ko`p ma'noli so`zlarni o`r o`rnida, muayyan estetik maqsad bilan qo`llay olishi ham muhim omildir. Ko`p ma'noli so`zlar nutqning ifoda imkoniyatlarini keng-shga ko`maklashuvchi vosita hisoblanadi. Masalan, «yuk» so`zi O`TIL da 4 ta ma'nosi ko`rsatiladi: og`irlik, tashvish, homila, diniy e't. Ko`ra yuz bergan kasallik. Iboralarda ham ko`pma'nolilik kuzatiladi: yuragi qinidan chiqdi: Shunaqa paytda odamning yuragi qinidan chiqib ketadi. 6.Ikki yoki undan ortiq so`zlarning o`zaro munosabatidan tG`t, nutq jarayonisha tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat tarzida mavjud bo`luvchi til birliklari barqaror birliklar deyiladi. Ularga iboralar, maqol-matallar, hikmatli so`zlar kiradi. . 2.3.Matnning sintaktik tahlili Badiiy matnning morfologik xususiyatlari haqida gap ketganda, morfologik birliklarning ishlatilishi bilan bog`liq holatlar nazarda tutiladi. Morfologik birliklarning estetik vazifasi deyilganda mahsus so`z shakllari vositasida, shuningdek, ma'lum bir grammatik ma'no va funktsiyaga ega bo`lgan so`z shakllarini mahsus qo`llash orqali ekspressivlik – emotsionallik ifodalanishi tushiniladi. Ekspressivlik ijobiy va salbiy ma'no ottenkasiga ega bo`lgan so`zlarda aniq ko`rinib turadi. Badiiy matn lisoniy tahlil qilinganda ana shunday birliklarni ajratish, qaysi turkumga oidligi, kimning nutqida, nima maqsadda qo`llanilganligi, kimga nisbatan, qanday vaziyatda ishlatilganligi e'tiborga olinishi zarur. Odatda, erkalash, suyish, hurmat, ulug`lash kabi ma'nolar ijobiy, jirkanish, mensimaslik, kibr, masxara, nafrat, g`azab, kinoya kabi munosabatlarni bildiruvchi so`zlar salbiy ma'no ottenkasiga ega bo`lgan so`zlar kiradi. Tahlil jarayonida matnda qo`llanilgan barcha morfologik birliklar emas, estetik maqsad aniq ko`rinib turgan, yozuvchining badiiy niyati ifodalangan morfologik o`zgachaliklar haqida so`z yuritiladi. Masalan: takror, morfologik parallelizm. Atoqli otlar: G`oyibnazar Pinxonov, Oldi Sottiev, Tijoratxon, Dehqonqul. Badiiy matnning ta'sirchanligini ta'minlashda sintaktik usuldan keng foydalaniladi. Badiiy adabiyotda ifodali nutq vositasi sifatida muhim rol o`ynaydigan, mazmunan stabillashgan nutq oborotlari sintaktik-stilistik figuralar deyiladi. Sintaktik figuralar nutq ta'sirchanligini oshirish, tasviriylikni kuchaytirishga yordam beruvchi maxsus sintaktik qurilish, nutq ko`rinishlaridir. Troplar so`zlar bilan ish ko`rsa, figuralar gap tuzilishi va gapdan anglashilgan umumiy ma'noga asoslanadi. Figuralar nutqni ohangdor, ta'sirchan va jozibador qilishi va shu yo`l bilan tinglovchi tomonidan osonlik bilan qabul qilinishida muhim uslubiy vositadir. Shuning uchun ham ularni ma'lum darajada nutq muzikasi deyish mumkin. Matnni sintaktik jihatdan tahlil etishda sohaga oid barcha adabiyotlarda quyidagi uslubiy vositalarga e’tibor berish qayd etiladi:3 1.Sintaktik parallelizm. 2. Emotsional gaplar. 3. Ritorik so’roq gap. 4. Inversiya. 5. Ellipsis. 6. Sukut. 7. Gradatsiya. 8.Antiteza. 9. Farqlash.10. O’xshatish. Badiiy matnda sintaktik jihatdan bir xil shakllangan gaplar ko’p qo’llaniladi. Tilshunoslikda bunday atamalar parellelizm (yun. parallelos-yonma-yon boruvchi) atamasi ostida o’rganiladi. Parallelizm – ikki hodisani yonma-yon qo`yib tasvirlash orqali ularni bir-biriga qiyoslash usuli bo`lib, undan tasvir etilayotgan ob'ektga tinglovchini diqqatini qayta tortish maqsadida foydalaniladi. Parallelizmning asosiy vazifasi fikrga izoh berish, unga tinglovchini to`la ishontira olishdan iborat. Parallelizm usuli his-hayajon, ko`tarinki ruh bilan aytilgan nutq ko`rinishlari uchun xarakterli bo`lib, tinglovchida turli emotsiyalarni uyg`otuvchi ifoda shakli hisoblanadi. Parallelizm natijasida davomiylik, ko`tarinkilik, qat'iylik kabi ifodalanishiga erishiladi.Ular til uslubiy vositalarining boyish manbalaridan biri bo’lib, poetik nutqda ko’p qo’llanadigan, eng mahsuldor va ta’sirchan sintaktik birlik hisoblanadi. Bir xil shakllangan gaplar badiiy nutq ta’sirchanligini oshirish bilan birga ma’noni kuchaytirishga va fikrningbatafsil – atroflicha ifodalanishiga, tasvir obyekti bilan bog’liq malumotlar fondining kengayib borishiga xizmat qiladi. Quyidagi vazifalarni bajaradi: 1.Nutqninggo`zal va jozibador bo`lishini ta'minlaydi. Tinglovchining diqqati asosiy ob'ektga jalb etiladi, u orqali fikr tez anglashiladi. 2.U orqali fikrni lo`nda, aniq, o`tkir, jonli va kuchli ifodalash imkoniyati tug`iladi. 3.Parallelizm vositasida fikrning tub mohiyati ochib beriladi, fikr predmetining asosiy sifatlari yoritiladi. 4.Mantiqiy jihatdan ajratib ko`rsatish orqali fikr ob'ekti haqida keng ma'lumot beradi. Umr degan bir keladi, yoshlik ham bir keladi. Emotsional gaplar. So’zlovchining o’ta xursandlik yoki o’ta xafalik holatlarini yoki qahramonning his-hayajonini,voqea-hodisaga emotsional munosabatini ifodalovchi gaplar emotsional gaplar hisoblanadi.Emotsional gaplar tarkibida maxsus ijobiy va salbiy bo’yoqdor so’zlar ( chehra, o’ktam, tabassum , turq,qo’pol, tirjaymoq kabi ) mavjud bo’ladi. O’sha so’zlar orqali qahramon ruhiyatida kechayotgan sevinch, qo’rquv, g’azab kabi psixologik jarayonlarni hamda yozuvchining tasvir obyektiga nisbatan subyektiv munosabatini bilib olamiz. Emotsional gaplar tarkibida ijobiy yoki salbiy bo’yoqdor so’z va iboralar,his-tuyg’u ifodalovchi undovlar ( oh, voy, eh attang, voy sho’rim, bay-bay-bay kabi), munosabat ifodalovchi undalmalar qatnashadi va ular nutqning ekspressivligini ta’minlashga xizmat qiladi. Inversiya- gap bo`laklarining o`rin almashinishi yoki gap bo`laklarining joylashish tartibini ma'lum maqsad bilan o`zgarishi hodisasiga aytiladi. Inversiya og`zaki nutqqa xos xususiyat. Badiiy asarda qahramonlar nutqini jonli nutqqa yaqinlashtirish, qahramon nutqini individuallashtirish uchun inversiyadan foydalaniladi. She'riyatda ifodalilik ohangdorlik, ta'sirdorlikni oshirishga xizmat qiladi. Masaln: Bozprga o’xshaydi asli bu dunyo, Bozorga o’xshaydi bunda ham ma’ni. Ikkisi ichra ham ko’rmadim aslo, Molim yomon degan biror kimsani.( A. Oripov ) Antiteza( antithesis – qarama-qarshi qo’yish, zidlash) deb mantiqiy jihatdan qiyoslanuvchi fikr, tushuncha, sezgi va timsollarni qarama-qarshi qo`yish, zidlash hodisasiga aytiladi. Voqea-hodisalar mohiyatidagi ziddiyatni ochish uchun zid ma'noli qo`shimchalar, so`zlar, iboralar, zidlovchi bog`lovchilardan foydalaniladi. Zidlashda voqea-hodisa, belgilarni o`zaro zid qo`yilib, shulardan birining ma'nosi alohida ta'kidlanadi. Zidlanishda ikki qism mavjud: zidlovchi qism va zidlash asosi ta'kidlangan qism. Masalan: 1.Noningni yo`qotsang yo`qot, nomingni yo`qotma!( O’.Hoshimov) 2.Ilmu she'rda shohu sulton, Lek taqdiriga qul. O`z elida chekdi g`urbat, Zoru nolon o`zbegim.( E.Vohidov) Gradatsiya( lot. Gradation – zinapoya, bosqichma-bosqichkuchaytirish).Nutq parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini kuchaytirib borishdan iborat uslubiy jarayon.Badiiy adabiyotdaholatlarni, tuyg’u va kechinmalarni qiyoslash, obraz, epitet, metafora va boshqa tasviriy vositalarning ketma-ket kuchayib yoki pasayib borishidan yuzaga chiquvchi uslubiy vositaga aytiladi. Adabiyotlarda gradatsiya xususiyatlariga ko’ra turlicha tasnif etiladi: 1. Klimaks (ko`tarilish)2. Antiklimaks (pasayish) Ifoda usuliga ko`ra: 1. Mantiqiy – mantiqiy gradatsiya tarkibiy qismlari o`rtasidagi ifodalangan tushunchalar va fikrlar nuqtai nazaridan qaralganda ko`zga tashlanuvchi nisbiy belgilar orqali yuzaga chiqadi. 2.Emotsional gradatsiyada his-tuyg`u ifodalovchi tushunchalar bosqichma-bosqich joylashib, kuchayib boradi. 3.Miqdoriy gradatsiyada o`zaro mos tushunchalar hajmi, miqdorining o`sib yoki kamayib borishi:Bir yil o`tdi, uch yil, besh yil. Download 48.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling