Matn va uni tahlil etish tamoyillari
Download 48.92 Kb.
|
SAyora apam
Ifoda materialiga ko`ra:
1. Leksik gradatsiyada uni tashkil qilgan komponentlarning sintaktik jixati emas, leksik-semantik jixati ahamiyatliroq bo`ladi. Shunday holda ham gradatsiya komponentlari sintaktik aloqaga kirishgan bo`ladi. 2 .Sintaktik gradatsiyada bir konteks doirasidagi bir necha gap ifodalagan mazmun asos bo`ladi. Bir qo`shma gap doirasida sodda gaplar va bir yoyiq kontekstda yonma-yon holda joylashgan nisbiy mustaqil gaplar ifodalagan fikrlarning bosqichma-bosqich kuchayib yoki pasayib boruvchi nutqiy hodisa sintaktik gradatsiya deyiladi. Yana bir ko`rinishi yonma-yon joylashgan, bir-biriga tobe bo`lmagan nisbiy mustaqillikka ega gaplardir.Ritorik so`roq – ko`tarinki, kuchli emotsiya bilan aytiluvchi, ekspressiv vazifa bajarish uchun xizmat qiluvchi uslubiy vosita. Vazifasiga ko`ra: 1.Tinglovchiga qandaydir ta'sir ko`rsatishga mo`ljallanadi. 2.Faqat ekspressivlik ifodalaydi, sof emotsional ta'sir ko`rsatadi. Ellipsis(yun.tushish,tushirilish) deb nutqiy aloqa jarayonida gap bo`laklarining ma'lum maqsad bilan tushib qolish hodisasiga aytiladi. Bunday tushirilish tildagi lingvistik iqtisod – lisoniy tejamkorlik tamoyili asosida amalga oshiriladi. Bu jonli nutq uchun tabiiy hol bo’lib, badiiy matnga ham xuddi shu – jonli nutqqa xos tabiiylikni ta’minlash maqsadi biln olib kirilgan. Badiiy matndagi ellipsis tekshrilganda, qaysi gap bo’lagi ellipsisga uchraganligi va bundan qanday maqsad kuzatilganligi izohlanadi. Ellipsisni maqollarda ko’p uchratamiz.So’zlarni tushirish orqali maqollarning tabiatiga xos ixchamlik va ifodalilik yuzaga keladi. Masalan: Ayrilganni ayiq er, bo`linganni bo`ri er. Sukut ( yoki jim qolish ) deb, “ so’z yoki so’zlar guruhining gap oxirida tushirib qoldirishga” aytiladi. Bu hodisa adabiyotlarda ellipsisning bir ko`rinishi sifatida talqin qilinadi. Odatda, qahramonning sukuti (jim qolishi) ko’p nuqta bilan belgilanadi. Lekin shuni unitmaslik kerakki, ko’p nuqta bilan tugallangan hamma gaplar ham sukutga misol bo’lavermaydi.So`zlovchi nutq jarayonida nutqning tinglovchi uchun ma'lum qismini ataylab aytmaydi. Shunga qaramay, so`zlovchining maqsadi aniq bo`ladi. Ritorik so’roq gaplar ham badiiy matnning emotsional-ekspressivligini ta’minlovchi uslubiy vositalardan biri hisoblanadi.Tasdiq va inkor mazmuniga ega bo’lgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gaplar ritorik so’roq gap deyiladi. Ko’pincha ritorik so’roq gaplar tarkibida nahotki, axir kabi ta’kidni kuchaytiruvchi so’zlar qo’llanadi. Ular nutqqa ko’tarinki ruh bag’ishlaydi va tasdiqning kuchli emotsiya bilan ta’kidlanishi uchun xizmat qiladi.Bunday gap shakllari qahramonning hayratlanishi, quvonchi, ajablanishi, shubha va gumonsirashini, g’azab va nafratini ifodalashida juda qo’l keladi.Bunday gaplar ichki va tashqi nutqda, monoligik va dialogik nutqlarda keng qo’llaniladi. Shuningdek, undalmalar ham gap tarkibida so’zlovchi va tinglovchining o’zaro munosabatini ifodalaydi. Undalma gap bo’laklaridan farqli ravishda maxsus intonatsiya bilan aytiladi. Undalmalar ijobiy yoki salbiy baho munosabatini ifodalab keladi.Salbiy baho munosabati ifodalovchi undalmalar badiiy asarlarda qahramonlar tasvirida, ruhiy holatni ko’rsatib berishda, qahramon nutqini individuallashtirishda kuchli uslubiy vosita bo’lib xizmat qiladi.Masalan: 1.- Ov! - dedi bo’ynini xo’rozdek cho’zib. – Raisman, deb o’zingdan ketma! Hasan Dumani endi ko’ryapsanmi, ahmoq! ( O’.Hoshimov). 2. – Shuni ayting, oyimposhsha! Birov bilan qochib ketmabdi.( O’.Hoshimov).4
Farqlashnatijasi yozuvchining badiiy niyatini aniqlashga olib keladi. Xo’sh, yozuvchi nima maqsadda bunday taqqosni keltiradi? Bu kabisavollar asosida farqlashning beshinchi unsuriga javib izlanadi.Badiiy asardagi bunday holatlarni tahlil qilish orqali yozuvchining murakkabkonstruksiyali farqlash, qiyoslash, chog’ishtirish mantig’ini tasavvur etishimiz mumkin bo’ladi. O’xshatish – bu “ ikki narsa yoki voqea-hodisa o’rtasidagi o’xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to’laroq, konkretroq, bo’rttitibroq ifodalsh” dir. O’xshatishlar eng qadimiy tasviriy vositalardan biri sifatida nutqimizni, ayniqsa, badiiy adabiyot tilini bezashda, tasvirning aniqligi va obrazliligini ta’minlashda foydalaniladi. Adabiyotlarda har qanday o’xshatish munosabati tilde ifodalanar ekan, albatta, to’r unsur nazarda tutiladi, ya’ni : 1) o’xshatish subyekti; 2) o’xshatish etaloni; 3) o’xshatish asosi; 4) o’xshatishning shakily ko’rsatkichlari. O’xshatish etaloni o’xshatish konstruksiyasining poetic qimmatini, estetik salmog’ini belgilaydi. O’xshatish etaloni qanchalik original bo’lsa, o’xshatishli qurilma ham shu darajada ohorli bo’ladi. Bunday matndagi o’xshatishli qurilmalar tekshirilgandaularni an’anaviy va xususiy-muallif o’xshatishlari sifatida tasniflash mumkin. An’anaviy o’xshatishlar og’zaki nutqda ko’p ishlatiladigan, shu sababdan ta’sirchanligini yo’qotgan o’xshatishlardir. Aslida ko’p takrorlanishi tufayli “ siyqasi chiqqan” deb baholanadigan bunday qurilmalarni tasviriylik, obrazlilik maqsadiga xizmat qildirish yozuvchining mahoraiga bog’liq. Xususiy-muallif o’xshatishlari yozuvchining o’z nigohi, kuzatuvchanligi, badiiy taxayyuli, anologiya quvvati asosida xalq tilidan foydalangan holda yaratgan o’xshatishlardir. Bunday o’xshatishlarda originallik, obrazlilik va ekspressivlik hamisha yorqin ifodalangan bo’ladi. Har qanday o’xshatishdan maqsad tasavvur qilinishi qiyin bo’lgan tushunchalarni konkretlashtirish, mabhum tushunchalarni aniqlashtirsh, narsa-hodisa, harakat-holatlarning eng nozik jihatlarini kitobxon ko’zi o’ngida go’zal bo’yoqlarda gavdalantirishdan iborat bo’lmog’I lozim. Matn tarkibida murakkab sintaktik tuzilma bo’lgan matn tarkibiy qismlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanish deyktik birliklarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.Deyktik birliklar ishora birliklar bo’lib, matn semantic qurisishida o’ziga xos o’rin tutadi. Bu birliklar har qanday matnning obyektiv mazmunida voqelik yuz bergan makon, zamon va voqelik ishtirokchilariga ishora mavjud bo’ladi. Mazkur deyktik birliklar matn tarkibiy qismlarini mazmunan bog’lash bilan birga, matn tuzilishidagi izchillikni ta’minlash, matnda aks etgan axborotga tinglovchi diqqatini jalb qilish maqsadlarini yuzaga chiqaradi.5 Ta’kidlash joizki, yozuvchi tasviridagi holat, qahramon ruhiyati uchun favqulodda muvofiq o’xshatish etaloni tanlagan, ya’ni qahramon – ruhoniy, sham –masjidniki, qahramon – g’arib, dardmand, sham – jaydari, arzonbaho, qahramon tuganmas dard bilan adoyi tamom bo’lib bormoqda, sham – yonib tugashning ham ramziy ifodachisi. Sap-sariq sifati bilan ifodalangan o’xshatish asosidagi belgi benihoya quyuqlashib kata bir dard shaklini olgan.Masalan: O’tgan yigirmanchi astda biz uchun ikkita tarihiy voqea ro’y berdi. Biri – inson qadamining Oyga yetishi, biri – O’zbekistonning Mustaqillikka erishishi. Ikkalasi ham qanchadan-qancha avlodlarning armoni edi. ( O’. Hoshimov). QO’LLANILGAN ADABIYOT: 1. Mamajonov A. Tekst lingvistikasi. - T.: 1989. Matyoqubova D. Undalmalarning badiiy nutqdagi o’rni. // Nutq madaniyati va ozbek tilshunosligining dolzarb muammolari. Respub. Ilmiy-amaliy anjumani mater. Andijon, 2016. Muhamedоva D. Matn va uning turlari / Istiqlоl va til. 3-qism. -Tоshkent, 2007. Qurbonova M. Yo’ldoshev M. Matn tilshunosligi. –T.: Universitet, 2014. Rasulov I. Murakkab sintaktik butunlik. //O’zbek tili va adabiyoti, 1983, 1-son. Shahоbiddinоva Sh., Isоqоv Z. Matn va uni bоg’lоvchi vоsitalardan biri // O’zbek tili va adabiyoti, 2004, N6. To’xsonov M. Mikromatn va uning kommunikativ yahlitligi // O’zbek tili va adabiyoti, 1990, 5 – son. Turniyazоva Sh. Hоzirgi o’zbek tilida matn shakllanishining derivatsiоn хususiyatlari. Filоl.fan.nоmz...dis.-Tоshkent, 2010. Turniyozоv N. Matn lingvistikasi (ma’ruzalar matni). -Samarqand, 2004. Download 48.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling