Matnli ma`lumotlarni qayta ishlash malakalarini shakllantirish
Download 75.33 Kb.
|
Matnli ma`lumotlarni qayta ishlash malakalarini shakllantirish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish
- Word matn muharriri haqida tushunchalar
- Word programmasini ishga tushurish va uning oynasi.
Matnli ma`lumotlarni qayta ishlash malakalarini shakllantirishReja:1.Kirish. 2.Word matn muharriri xaqida tushuncha. 3.Word matn muharririni ishga tushirish va uning oynasi. 4.Oddiy matnlar ustida ishlash tyexnologiyasi. 5.Jadvallar ustida ishlash tyexnologiyasi. 6.Rasm-fayllarni chaqirib qo‘yish va ular ustida operatsiyalar bajarish. 7.Maxsus buyruqlar. Ob’yekt programmalari. 8.Nazorat savollari. KirishShaxsiy komp’yuterda har bir foydalanuvchi turli hujjat va matnlarni tayyorlash zarurati tug‘iladi. Bunda matnlarni tayyorlashda foydalanuvchi uchun ko‘pgina qulaylik yaratiladi va hujjatlar sifati oshadi. Bunday qulayliklarni yaratib beruvchi programmalarga matn muharirlari deb ataladi. Matn muharirlari matnlarni kiritish, o‘zgartirish, ko‘chirish va bosmaga chiqarish kabi bir qancha imkoniyatlarga ega. Bunday matn muharirlariga Lyeksikon, WD, PE2, Word va boshqalarni misol keltirish mumkin. Hozirgi kunda eng ko‘p ishlatiladigani bu Word sistemasi bo‘lib unda juda katta imkoniyatlar mavjud va u Windows muhitida ishlaydi. Word matn muharriri haqida tushunchalarWord matn muharriri Windows sistemasi muhitida ishlaydigan matn muharriri bo‘lib, oddiy va murakkab strukturali matnli hujjatlarni tashkil qilish va chop etish uchun xizmat qiladi. Word matn muharriri yordamida har qanday hujjatni tez va bosmaxona talabiga javob beradigan darajada tayyorlash mumkin. Word matn muharriri matnlar ustida bajariladigan hamma opyeratsiyalarni keraklicha bajarish imkoniyatlariga ega bo‘lib, zamonaviy komp’yuter texnologiyasining hamma talabini o‘z ichiga oladi. Word programmasini ishga tushurish va uning oynasi.Word matn muharriri ekranda «Microsoft office» da «W» belgisi bilan ko‘rsatilgan bo‘ladi. Uni ishga tushirish sichqoncha ko‘rsatkichini «W» belgisiga keltirib, sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosish bilan bajariladi. So‘ng Word matn muharriri komp’yutyer xotirasiga yuklanadi va oddiy strukturali matnlarni kiritish uchun «Документ 1» nomli yangi fayl hosil qiladi. Agar siz murakkab strukturali hujjat (masalan xat, faks orqali jo‘natiladigan xat, hisobotlar va hakozo) tayyorlamoqchi bo‘lsangiz u holda «Файл» menyusidan «Создать» menyu ostini ishlatasiz. U yerda bir necha murakkab strukturali hujjatlar shabloni berilgan. Siz ulardan o‘zingizga kerak bo‘lgan strukturali hujjat shablonini tanlab, o‘zingizni hujjatingizni tez va yuqori darajada tayyorlaysiz. Tayyor bo‘lgan hujjat «Файл» menyusining «Сохранить» yoki «Сохранить как» komandalaridan biri yordamida saqlanadi. Word sizning hamma fayllarinigizga «.doc» nomli kengaytma nom qo‘shib saqlaydi. Ishni tamomlash uchun saqlab qo‘yilgan hujjat «Файл» menyusining «Закрыть» komandasi bilan yopiladi va «Выход» komandasi bosiladi. Download 75.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling