Mato va trikotajni bo‘yash uchun mo‘ljallangan zamonaviy laboratoriya uskunalari Ishning maqsadi


Laboratoriya mashg’ulotiga kerak bo’ladigan jixozlar


Download 0.81 Mb.
bet12/20
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#253393
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
2 5463146835134646340

Laboratoriya mashg’ulotiga kerak bo’ladigan jixozlar:

Ushbu laboratoriya mashs’ulotini bajarishda to’qimayoki trikotaj matoni pardozlash korxonasida ishlab turgan Yassi to’r qolipli gul bosish uskunasi kerak bo’ladi.


Umumiy ma’lumotlar:

To’rli andaza yordamida gul bosish usuli Yaponiyada yaratilgan bo’lib (yusen usuli), Evropa mamlakatlariga ham kirib kelgan. Bu usulda matoga naqsh ko’p qavatli qog’ozdan kesib tayyorlangan trafaret orqali tushiriladi. Buning uchun bo’yoq daraxtdan yasalgan raklya (yoki cho’tka) yordamida trafaretga surtaladi. Keyinchalik bu usulni mukammalashtirilib trafaretni naqsh tushirilgan joylarini mustahkamlash maqsadida tabiiy ipak iplari tirtilgan ya’ni to’r hosil qilingan Bu usul «to’rli andaza bilan gul bosish» yoki «fotofilmpechat» usuli deb yuritiladi. Lekin bu usulni fotografiya usuliga aloqasi yo’q, bu nom andazani bo’yoq o’tishi lozim bo’lmagan joylarini lok plyonka bilan qoplanishi bilan bog’liq bo’lsa kerak.



3.29-rasm. Yassi andazali gul bosish mashinasining sxemasi

1-mato o’rami; 2-kirzaga kley surtish uskunasi; 3-andaza; 4-kirza; 5-gul bosilgan mato; 6-quritgich; 7-tezlik datchigi; 8-mato taxlagich.
Bu usulni amalga oshiruvchi gul bosish mashinasining bir-biridan to’rli andaza konstruksiyasi bilan farqlanuvchi ikki xil konstruksiyasi mavjud. Birinchisi yassi ko’rinishli andazali bo’lsa, ikkinchisi dumaloq andazali mashinadir. 29-rasmda yassi andazali gul bosish mashinasining sxemasi keltirilgan.

Gul bosilishi lozim bo’lgan mato 1 tekislangan holda kirza 4 ustiga kleylanadi, buning uchun kirza yuzasiga kley surtaladi. Kirza ustiga bir-biri ketin yassi andazalar 3 o’rnatilgan va ularni ichiga gul bosish bo’yog’i quyiladi. Har bir andazaga bir rangdagi bo’yoq quyiladi. Gul bosish sikli to’xtab turgan kirza ustiga andazalarni tushishidan boshlanadi. Andaza ichidagi raklya bo’yoqni naqshli to’rdan utkazish uchun bordi-keldi harakatni amalga oshiradi, shundan so’ng andaza ko’tariladi va kirza bir raport uzunligiga siljiydi. SHunday qilib birinchi andaza tagiga matoni yangi uchastkasi, ikkinchi andaza tagiga birinchi andazada gul bosilgan mato uchastkasi keladi va hokazo. Gul bosilgan mato quritgich 6 ga boradi va quritiladi. £urigan matoni aravachaga taxlagich 8 taxlaydi va bo’yovchi moddani fiksatsiyalash mashinasiga jo’natiladi.

Gul bosish mashinasining muhim ishchi organlaridan biri bu gul bosish andazasidir. Yassi andaza to’rtburchak ramadan va unga tortilgan to’rdan iborat. Ramani materiali sifatida oldinlari daraxtni qattiq turlaridan foydalanilgan bo’lsa hozirda mustahkam, engil matall va qotishmalar ishlatiladi. To’rni tayyorlash uchun asosan uch xil materialdan: tabiy ipakdan, fosforli bronzadan va poliamid tolasidan foydalaniladi. Tabiiy ipakdan tayyorlangan to’r elastik bo’lib deformatsiyalarga chidamli, ishlatish qoidalariga rioya qilinsa bunday to’r uzoq xizmat qilishi mumkin. Ammo ishqorli bo’yoq ishlatilganda tabiiy ipakni emirilish hovfi mavjud, shuning uchun uni ishlatib bo’lingandan so’ng yaxshilab yuvish va sirka kislotasi eritmasida ishlov berilishi lozim. Ekspluatatsiya davridagi extiyotsizliklar bunday to’rni yirtilishiga olib keladi.

Fosforli bronzadan (93% miss, 6,75% qalay va 0,25% fosfor) tayyorlangan to’r tabiiy ipakdan tayyorlangan to’rning yaxshi xossalariga ega, shu bilan birga bo’nday to’r ishlatiladigan ishqor va kislotalar ta’siriga chidamli. Ammo bunday to’r siqilish va urish ta’siriga chidamsiz, bu ularning kamchiligi.



Kimyoviy tola ishlab chiqarish rivoji to’r uchun yangi mustahkam material –poliamid tolasini taklif etdi. Tola yuzasini silliqligi undan tayyorlangan to’rdan bo’yoqni oson o’tishiga sabab bo’ladi, shu bilan birga u mustahkam va kimyoviy moddalar ta’siriga chidamli. Tolani yuqori elastikligi to’rni ba’zi kamchiliklariga (uni uzayishiga) sabab bo’lishi mumkin, lekin bu kamchilik tolaga maxsus ishlov berish yo’li bilan bartaraf etiladi. 3.30-rasmda metallar qotishmasidan tayyorlangan ramaga to’rni mahkamlash usuli keltirilgan.

3.30-rasm. Ramaga to’rni mahkamlash usuli

1-rama; 2-termoplastik qoplama; 3-to’r; 4-qizitish uskunasi.
To’rni ramaga mahkamlash uchun plastmassa qaplama qizdirilib, unga to’r siqiladi, plastmassa qoplama sovugandan so’ng to’r u bilan mahkam birikkan holda qoladi.

Matoga yuqori sifatli naqsh tushirishda mashina stolining konstruksiyasi muhim rol o’ynaydi. Unga qo’yiladigan asosiy talab bu uning yuzasini absolyut tekisligidir, chunki mato yuzasida naqshni aniq chiqishini omillaridan biri andaza to’rini mato yuzasiga yaxshi yotishidir, bunga faqat mashina stolining yuzasi bir tekis bo’lgandagina erishish mumkin. Mashina stoli metal konstruksiyaga ega bo’lib uni yuzasini ko’p qatlamli fanera tashkil qiladi. Uni ustidan elastik yuza hosil qilish uchun namat qatlam yotqiziladi. Stol ustida transportyor lentasi harakatlanadi va unga gul bosiladigan mato kleylanadi. Bu lentaga qo’yiladigan asosiy talab uni cho’zilmasligidir. Shuning uchun u o’zaro kauchuk bilan kleylangan ko’p qavatli matodan tayyorlanadi yoki metal karkasdan yoki miss to’rdan tayyorlanib yuzasi poliefir smola bilan qoplanadi. Statsionar yassi andazali gul bosish mashinasining o’rtacha tezligi 3-20 m/min. ni tashkil qiladi, dumaloq silindrli andazali mashinaning tezligi esa 20-70 m/min ni tishkil qiladi. Gul bosish jarayonining asosiy elementlaridan bir bu raklyadir. Raklyani vazifasi andaza to’ridan bo’yoqni mato yuzasiga o’tkazishdir. Gul bosish texnikasining ravoji raklya konstruksiyasini ham o’zgarishini talab qildi. Amalda raklya kimyoviy materiallar ta’siriga chidamli rezinadan tayyorlanadi. SHuning bilan birga metall raklyalar, uchi charxlangan yoki shar shaklidagi raklyalar ham qo’llaniladi. 3.31-rasmda raklyalarning har xil shakllari keltirilgan.



3.31-rasm. Turli andaza yordamida gul bosishda ishlatiladigan raklyalar

a) bir tomonlama raklya; b) ikki tomonlama raklya; v) roliksimon raklya.
Raklya uchun foydalanilgan rezinaning qattiqligi va raklya uchining shakli kata rol o’ynaydi. Umumiy holatda rezina qanchalik qattiq bo’lsa uni andaza to’riga yopishib turishi kamroq, natijada naqshdan bo’yoqni o’tish darajasi kam bo’ladi, ammo naqsh chegarasi aniq bo’ladi. Rezinaning qattiqligini kamayishi bilan naqsh chegarasining aniqligi ham kamayib boradi. Raklya uchini charxlanish darajasi ham naqsh ko’rinishiga xuddi shunday ta’sir o’tkazadi, ya’ni uni o’tkirligi oshishi bilan naqshdan o’tgan bo’yoq miqdori kamayadi, ammo naqsh chegarasining aniqligi oshadi.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling