Mato va trikotajni bo‘yash uchun mo‘ljallangan zamonaviy laboratoriya uskunalari Ishning maqsadi
LABORATORIYA MASHG’ULOTI – 19-20-21
Download 0.81 Mb.
|
2 5463146835134646340
LABORATORIYA MASHG’ULOTI – 19-20-21
Laboratoriya mashg’uloti mavzusi: To’qimachilik va trikotaj materiallarini quritish mashinalari Laboratoriya mashg’ulotida o’zlashtiriladigan masalalar: Quritish mashinalarining turlari ; Ularning umumiy sxemalari, tarkibi va ishlash prinsiplari. Laboratoriya mashg’ulotini bajarish sharoitlari va tartibi: Laboratoriya ishi rejaga asosan to’qimachilik materiallarini pardozlash korxonasi sharoitida amalga oshiriladi. Barcha ma’lumotlar bevosita ishlab turgan mavzuga oid jihoz bo’yicha to’planadi. Tolali materiallarga pardoz berishda quritish va bug’ muhitida, yuqori haroratli havo muhitida ishlov berish alohida o’rin tutadi. Chunki bunday ishlov jarayonida tola strukturasi shakllanadi, matoni bo’yashga tayyorlashda esa sellyuloza yo’ldoshlari eruvchanlik xususiyatiga ega bo’ladi, bo’yalgan va gul bosilgan matolar tolalari ichkarisiga bo’yovchi modda molekulalari kiradi va maxkamlanadi. Matoga oxirgi pardoz berishda esa uni yuzasida zarur xususiyatlar beruvchi polimer plyonkasi xosil bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, bunday jarayonlarda muhim va murakkab fiziko-kimyoviy, fiziko-mexanikaviy hodisalar kechadiki, tola va materiallar kerakli xususiyatlarga ega bo’ladilar. SHuning uchun bu jarayonlar bajariladigan asbob-uskunalar ham xilma-xil bo’lib, ularni to’g’ri tanlash va tuzilish-lari, ishlash prinsiplarini o’rganish o’ta muhimdir, chunki jarayonni to’g’ri bajarishga va jihozlarni konstruksiyasiga olinadigan mahsulot sifati bog’liqdir. Tola olishda va tolali materiallarga ishlov berishda suv asosiy erituvchi sifatida ishlatiladi. Har bir ishlovdan so’ng materiallar toza suvda yuviladi. Bunday ishlovdan so’ng suv materialda ozod va bog’langan holatda bo’ladi. Ozod holdagi suv siqish vallari, sentrifuga yoki vakuum-tortish yordamida materialdan chiqarilishi mumkin. Suvning material bilan bog’langan qismi esa faqat issiqlik yordamida bug’lantirilib, ya’ni quritish jarayoni yordamida chiqariladi. Sanoatda quritishni quyidagi usullari qo’llaniladi: 1.Kontaktli. 2.Konvektiv. 3.Infraqizil nurlar yordamida. 4.Yuqori chastotali elektr toki yordamida. 5.Yqorida keltirilgan usullar kombinatsiyalari yordamida. Shu usullardan 1, 2 va 5 lari ko’p tarqalgan bo’lib, bunda havo issiqlik va namlikni tashuvchi muhit vazifasini bajaradi. Ammo shuni alohida ta’kidlash zarurki, polimerlarni quritishda inert muhitdan keng foydalaniladi. SHu yo’l bilan ularni yuqori haroratda oksidlanishini va qo’shimcha reaksiyalar ketishi oldi olinadi, natijada material sifati saqlanadi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling