Matritsali va vektorli protsessorlar bajardi: 310-21 guruh talabasi Quchkorov Umrbek
Katta - katta ilmiy dasturlarni bajarilishini tezlashtirishning ikki xil sxemasi mavjud
Download 1.06 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ILLIAC IV
Katta - katta ilmiy dasturlarni bajarilishini tezlashtirishning ikki xil sxemasi mavjud:
Matritsali protsessor (Array processor) deganda – bir vaqtda ko‘p sonli ma’lumotlar, ya’ni matritsaning elementlari ustida, bir-xil ketma- ketlikdan iborat buyruqlarni, ya’ni bir hil amalni bajaradigan ko‘p sonli protsessorlar tushuniladi. Ushbu g‘oya asosida qurilgan dastlabki kompyuter, 1972 yili AQSHning Illinoys universitetida qurilgan ILLIAC IV kompyuteri hisoblanadi.
ILLIAC IVRejaga asosan bu kompyuter protsessori, har birida 8x8 o‘lchamdagi matritsa shaklida joylashtirilgan 64-tadan protsessori bo‘lgan 4-ta kvadrantdan iborat bo‘lishi kerak edi. Jami 64x4 = 256-ta protsessor.
Har bir kvadrant alohida boshqarish blokiga ega bo‘lib, bu bloklar kvadrant tarkibidagi protsessorlarga bir xil buyruqlarni jo‘natib turgan. Kvadrant tarkibiga kirgan protsessorlarning har biri o‘ziga tegishli bo‘lgan xotiradan olingan ma’lumotlardan foydalangan. Bunday kvadrant yordamida bir sekundda suriluvchi nuqtali sonlar ustida 50 mln. amal bajrishga erishilgan. To‘rtta kvadrant bilan esa, sekundiga 1 mlrd. amal bajarish ko‘zda tutilgan. Biroq tarkibida to‘rtta kvadrantdan iborat bo‘lgan, jami 256-ta protsessorli matritsali protsessorni, ya’ni ko‘p yadroli protsessorni qurish anchagina mablag‘ talab qilganligi sababli, ILLIAC IV kompyuteri protsessorining 64-ta protsessordan iborat bo‘lgan – bitta kvadrantli varianti ishlab chiqilgan halos.
Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling