Matyoqubova ilmiraning
Download 165.63 Kb.
|
MATYOQUBOVA.1docx
Tarbiyaviy vazifalar. Bolalarda sport mashg‘ulotlariga muhabbatni,
sportchilarning yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim. Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy xususiyatlari (uyushqoqlik, intizomlilik, kamtarlik, ko‘ngilchanlik va hokazo) va axloqiy fazilatlar (halollik, haqqoniylik, o‘rtoqlik hissi, o‘zaro yordam), jamoada shug‘ullanish malakasi, fizkultura asboblarini ehtiyot qilish, topshiriqni mas'uliyat bilan bajarishlarini tarbiyalash, shuningdek, irodaviy fazilatlar (botirlik, qat'iylik, o‘z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yengishda sabotlilik, chidamlilik va boshqalar)ni namoyish qilish uchun juda qulay sharoit yaratiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda ularning yosh hususiyatlari hisobga olinadi.Jadal o‘sish va rivojlanish maktabgacha yoshdagi bola organizmining o‘ziga hos xususiyatidir. Lekin sistemalar va ular vazifalarining shakllanishi xali tugallanmagan bo‘ladi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bola juda nozik bo‘ladi. Shu munosabat bilan quyidagi sog‘lomlashtirish vazifalari birinchi o‘ringa qo‘yiladi: hayotni muhofaza qilish, kasallikka qarshi kurash olib borish, organizmning tashqi muhit ta'siriga qarshiligini oshirish; organizmning barcha sistemalarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida rivojlantirish, ularning funksional imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘ri qaddi - qomatni uyg‘un jismoniy rivojlantirish. Bolalar organizmining nomukammalligi, nozikligi bilan birga unga kudratli rivojlanishni ta'minlovchi hususiyatlar ham hosdir. Bu barcha to‘qimalarning juda egiluvchanligi, tezkorligi, moda almashinuvi jarayonlarining jadalligidir. Uning juda katta moslashish imkoniyatlari shuning natijasidir. Bola sharoitlarning o‘zgarishiga, jismoniy zo‘riqishga kattalarga nisbatan ancha tezroq va yaxshiroq moslashadi. U o‘ziga tushunarli bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga idroki baland bo‘ladi, bu esa bir qancha ta'limiy vazifalarni hal etish imkonini beradi: Jismoniy mashqlar bolalarning to‘laqonli aqliy, ahloqiy, estetik va mehnat tarbiyasiga yordam berib, ularning ma'naviy-irodaviy sifatlarini (jasurlik, halollik, qat'iyat va boshqalarni) rivojlantiradi. Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg’ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo‘ladigan muomalada ta’sir ko‘rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, goyaviy e’tiqodliligi, o‘z kasbini sevishi va bu kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqati bilan o‘qituvchi – tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajralib turadi. Pedagog – tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri shuki, u o‘z predmetini, uning metodikkasini chukur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Predmeti va uning nazariyasini chuqur bilishi, bolalarni bilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Bu pedagog – tarbiyachining obro‘sini oshiradi. Bolalarni sevish, ularning hayoti bilan qiziqish, har bir shaxsni xurmat qilish tarbiyachi kasbiga xos bo‘lgan muhim fazilatlardan, talablaridan hisoblanadi. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi pedagog bo’la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, tarbiyachilik kasbiga loqayd odam haqiqiy pedagog – tarbichi bo‘la olmaydi. Bolalarni sevish – pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. O‘qituvchi tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga xurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uyg’otadi, uqituvchiga bolalarga chinakam ma’naviy murabbiy bo‘lishga imkon beradi. Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining mavjudligiga ham bog’liqdir. Pedagogik qobiliyatlar - pedagogik mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyatlar tarkibiga: pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyat jarayonida, shuningdek, uni bu faoliyatga tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahorat –yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish san’atidir. Download 165.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling