Mavjud tabiiy resurslar toʻgʻrisida umumiy ma’lumot toʻplash va shu asosda
Download 12.59 Kb.
|
birinchi ish diplom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografik Axborot Tizimi
Bizning geografiya sohasidagi bilimlarimiz notanish shaharda kerakli ko’chani izlash yoki o’z ish joyigacha bo’lgan eng qisqa piyoda yo’lini hisoblab chiqish kabi har kungi masalalarni yechishda eng ko’p qo’llaniladi. Fazoviy axborot qishloq xo’jaligi mahsulotlarini va sanoat tovarlarini ishlab chiqarishda, issiqlik va elektr energiyasi olishda va shunga o’xshash ko’pgina ma’lumotlarni to’plashda muhim ahamiyatga ega. Tasavvur qiling, siz 1960-yillarda, hali kompyuter texnologiyalari rivojlanmagan davrda yashayapsiz. Siz ishlayotgan vazirlikka davlat tomonidan mavjud tabiiy resurslar toʻgʻrisida umumiy ma’lumot toʻplash va shu asosda tabiiy resurslarning bugungi va kelajakdagi zaxiralarini aniqlash vazifasi yuklatilgan boʻlsin. Albatta, bunday ulkan miqyosdagi ishni bajarish uchun, avvalambor, ishonchli ma’lumotlar, tajribali mutaxassislar, har xil texnologiyalar va ularni tasvirlash uchun juda koʻp miqdorda qogʻoz mahsulotlari talab etiladi. Bundan tashqari, bu ishni amalga oshirish uchun juda koʻp vaqt kerak boʻladi. Bu ishlarni bir tizimga solish va tahlil qilish uchun esa avtomatlashgan tizim zarur. Bunday tizimning kerakligini his qilgan davlatlardan birinchisi Kanada boʻlib, Kanada atrof-muhitni rivojlantirish vazirligi tomonidan oʻsha paytda geoaxborot tizimi tushunchasi kiritildi, keyinchalik esa kompyuter texnologiyalari takomillashuvi bilan chambarchas bogʻliq holda geoaxborot tizimini rivojlantirish davom ettirib kelinmoqda. Yuqorida keltirilgan ishni soddalashtirish, mutaxassislar ishtirokini kamaytirish, vaqtdan yutish va albatta kamxarajat sarf qilish uchun bizga zamonaviy kompyuter dasturlari va texnologiyalari yordamida avtomatlashgan tizim – Geografik Axborot Tizimi zarur boʻladi. Geoaxborot tizimining asosiy vazifalari – bu fazoviy ma’lumotlarni yigʻish va qayta ishlash orqali avtomatlashgan raqamli ma’lumotlar bazasini yaratish, uni kelgusida tahlil qilish va bosmaga chiqarish uchun saqlashdan iborat. Geoaxborot tizimining vazifasini faqatgina kompyuter orqali raqamli karta ishlab chiqarish deb tushunish toʻgʻri emas, chunki ushbu tizim orqali olingan ma’lumotlar tahlil etilib, muhim qarorlar qabul qilishda ham qoʻllaniladi. Bu tizim bizga an’anaviy usulda yaratiladigan jadval ma’lumotlardan farqli ravishda ma’lumotlar soʻrovi, turli qatlamlarni birlashtirish kabi operatsiyalarni bajarish imkonini beradi. O’tgan yuz yillikning so’nggi o’ttiz yilida insoniyat geografik axborot tizimlari deya atalgan instrumental vositalarni shiddat bilan rivojlantirdi, ular geografik bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishda yordam ko’rsatish uchun mo’ljallangan. GAT lar bizga fazoviy ma’lumotlarni to’plash va ulardan foydalanishda yordamlashadi. GAT larning ayrim komponentlari juda texnologikdir; ular fazoviy ma’lumotlarni zamonaviy saqlash joylarini, ilg`or telekommunikastion tarmoqlarni va takomil hisoblash texnikasini o’z ichiga oladi. So’nggi ellik yilda hayotimizning ko’pgina jihatlari singari, fazoviy ma’lumotlarni to’plash va ulardan foydalanish jarayoni mikroelektronikaning shiddatli rivojlanishi tufayli kuchli o’zgardi. GAT dasturiy ta’minoti va apparat platformasi – bu bosh texnologik natijadir, zero fazoviy ma’lumotlarni olish va ishlash o’tgan uch o’n yillik ichida ancha tezlashdi hamda tinmay rivojlanishda davom etmoqda. GATning barcha tushunchalari uchun hal qiluvchi so’zlar – “nima?” va “qayerda?”. GAT va fazoviy tadqiqotlar joy relefi xususiyatlarining xossalari va alomatlari barobarida bu o’ziga xos xususiyatlarni absolyut va nisbiy lokalizastiyalashga bevosita dahldordir. Odatda nafaqat muhim geografik ob’yektlar, masalan, daryolar va oqimlar lokalizastiyasi, balki ularning o’lchami, oqim tezligi, suvning sifati va unda topilgan baliq turi ham qayd etiladi. Geaxborot texnologiyalari kompyuterga joylangan shunchaki kartadan ko’ra birmuncha ko’proq narsani o’zida ifodalaydi. Shu bilan birga, “geografik axborot tizimi (geoaxborot tizimi, GAT)” tushunchasi odatdagi bosmadan chiqarilgan karta bilan uzviy bog`liq. Aslini olganda har qanday geografik karta yer yuzasining modelidir va undan foydalanuvchilarning tahlil qilish ob’yekti hisoblanadi. Mutaxassisga qandaydir hodisalar yoki ob’yektlarning kartada joylashuviga bir ongli nazar tashlash ularning vujudga kelishi va boshqa parametrlar bilan bog`liqligi qonuniyatlarini baholash uchun yetarlidir. Download 12.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling